Школа цифровых технологий School 21

Школа цифровых технологий School 21 Supported by the Ministry of Digital Technologies, School 21 is a free, peer-to-peer Digital Engineering School in Uzbekistan.

We empower individuals to master in-demand programming and soft skills 24/7, driving the nation's digital transformation.

🚪 School 21 da Ochiq eshiklar kuni: IT hamjamiyati hayotiga yaqindan nazar soling!Maktab ichki muhiti qanday ekanligiga ...
23/09/2026

🚪 School 21 da Ochiq eshiklar kuni: IT hamjamiyati hayotiga yaqindan nazar soling!
Maktab ichki muhiti qanday ekanligiga qiziqib, uni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni xohlaganmidingiz? Buni amalga oshirishning ayni vaqti!
24-sentabr, soat 15:00 dan 18:00 gacha Toshkent va Samarqanddagi kampuslarimiz eshiklari barcha uchun ochiq.

Tadbirga kelish nega muhim:
▪️ Maktab muhitini his etish: klasterlar, dam olish zonalarini ko‘rish va o‘qituvchilarsiz hamda ma’ruzalarsiz 24/7 ta’lim tizimi qanday ishlashini bilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
▪️ Metodologiya bilan yaqindan tanishish: ishtirokchilar va maktab jamoasidan «tengdosh tengdoshga» (peer-to-peer) tizimi, platforma va kirish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot olasiz.
▪️ Hujjat topshirish: agar o‘qishni boshlashga tayyor bo‘lsangiz, mutaxassislarimiz barcha hujjatlarni shu yerning o‘zida rasmiylashtirishga yordam berishadi.
▪️ Barcha savollarga javob olish: o‘qishni ish yoki oliy ta’lim bilan birga olib borish, intensiv («hovuz») va yo‘nalishlarni tanlash bo‘yicha savollaringizga javob olasiz.

🗓 Qachon: 24-sentabr, 15:00–18:00
📍 Toshkent: Ziyolilar k., 13
📍 Samarqand: Ibn Sino k., 17A
👉 15:00 dan 18:00 gacha o‘zingizga qulay vaqtda keling! Bot orqali ro‘yxatdan o‘ting:

⚡️90 daqiqada o‘zingizni IT sohasida sinab ko‘ring: amaliy vorkshopIT mutaxassisligini egallay olishingizga shubha qilya...
22/09/2026

⚡️90 daqiqada o‘zingizni IT sohasida sinab ko‘ring: amaliy vorkshop
IT mutaxassisligini egallay olishingizga shubha qilyapsizmi? Bu o‘ta murakkab deb qo‘rqyapsizmi yoki o‘rganishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Keling va o‘zingizni amaliyotda sinab ko‘ring!

Dasturlash, tahlil, sinovdan o‘tkazish yoki DevOps — asosiy vazifalar tushunarli tilda va murakkab nazariyalarsiz tahlil qilinadi.

Dastur davomida:
▪️Amaliyot: kod yozish, tahlil qilish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha oddiy mini-topshiriqlar.
▪️Yo‘nalishlar tahlili: mutaxassislar aslida nima bilan shug‘ullanishi va aynan qay biri sizga mos kelishi.
▪️Tengdoshlar suhbati: School 21 ishtirokchilari (pirlar) o‘rganishni noldan qanday boshlaganliklari haqida gapirib berishadi.

🗓 25-sentabr, 14:00
📍 School 21, Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A
👉 Format: Interaktiv + Q&A
Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali:

Tadbirda qatnashing va haligacha ikkilanayotgan do‘stlaringizni ham taklif eting. Barcha savollarga javob olib, qat’iy reja bilan qaytishingiz aniq!
__________________
⚡️ Попробуй IT за 90 минут: практический воркшоп
Сомневаешься, подходит ли тебе IT? Боишься, что это слишком сложно, или не знаешь, с чего начать? Приходи и протестируй себя на практике!

Разработка, аналитика, тестирование или DevOps — разберём ключевые роли без мифов и сложной теории.

Что будет:
▪️ Практика: простые мини-задания по кодингу, анализу и тестированию.
▪️ Разбор направлений: чем реально занимаются специалисты и что подойдёт именно тебе.
▪️ Разговор на равных: участники (пиры) School 21 расскажут, как сами начинали с нуля.

🗓 25 сентября, 14:00
📍 School 21, Самарканд, ул. Ибн Сино, 17А
👉 Формат: Интерактив + Q&A
Регистрация в боте:

Приходи сам и приводи друзей, которые тоже всё ещё сомневаются. Уйдёте с ответам и чётким планом!

🔥 Startup Fridays qaytmoqda!Ertaga, 18-sentabrdan LL21 Hub loyihasi doirasida o‘tkaziladigan muntazam uchrashuvlar yana ...
17/09/2026

🔥 Startup Fridays qaytmoqda!

Ertaga, 18-sentabrdan LL21 Hub loyihasi doirasida o‘tkaziladigan muntazam uchrashuvlar yana boshlanadi.

Dasturimizni Shaxzod Ismatov (Aloqa Ventures) bilan birga davom ettiramiz.
Uchrashuv mavzusi:
🔹 Planning an MVP — minimal ishchi mahsulotni rejalashtirishga qanday to‘g‘ri yondashish kerak
🔹 Launching — mahsulotni ishga tushirish jarayoni va bozordagi ilk qadamlarda nimalarga e’tibor qaratish lozim.

🗓 Ertaga, 18-sentabr, 18:00
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali:
📍 Joy: Toshkent, School 21, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy, Konferensiyalar zalidan keyingi o‘quv xona.

Keling, loyihangizni rivojlantiring va startap-vaybdan zavqlaning. Tadbirda ko‘rishguncha!
________________
🔥 Startup Fridays возвращаются!
Уже завтра, 18 сентября, возобновляем регулярные встречи в LL21 Hub.

Продолжаем нашу программу вместе с Шахзодом Исматовым (Aloqa Ventures).
Тема встречи:
🔹 Planning an MVP — как правильно подходить к планированию минимально жизнеспособного продукта
🔹 Launching — на что обратить внимание при запуске и первых шагах на рынке
🗓 Завтра, 18 сентября, 18:00
👉 Регистрация в боте:
📍 Место: Ташкент, School 21, ул. Зиёлилар, 13, учебная комната за конференц-залом

Приходи прокачивать свой проект и заряжаться стартап-вайбом. До встречи!


🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn

⭐️ AI Incubator 2026 o‘z yakuniga yetdi: Demo Day natijalari va g‘oliblari!Dasturchilar, mahsulot menejerlari va biznes ...
13/09/2026

⭐️ AI Incubator 2026 o‘z yakuniga yetdi: Demo Day natijalari va g‘oliblari!

Dasturchilar, mahsulot menejerlari va biznes yetakchilarini sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulotlar yaratish maqsadi yo‘lida birlashtirgan AI Incubator 2026 dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. Bir necha oy davomida jamoalar g‘oyadan tayyor yechimlar va dastlabki mijozlargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdilar. Yakuniy Demo Day tadbirida ishtirokchilar o‘zlarining AI-startaplarini venchur investorlar va ekspertlarga taqdim etdilar.

🏆 Demo Day g‘oliblari:
1️⃣ Tilim AI
Loyiha haqida: 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tekshirishga mo‘ljallangan ko‘p tilli SI-skrining.
2️⃣ The Exhibition Mind
Loyiha haqida: Muzeylar va ko‘rgazma maydonlari uchun maxsus tahliliy tizim bo‘lib, auditoriyani tahlil qilishda kompyuter ko‘rish texnologiyasini kassa va chiptalar ma’lumotlari bilan birlashtiradi.
3️⃣ Tale Talk
Loyiha haqida: Storytelling (hikoya qilish) orqali inglizcha so‘zlashuvni o‘zlashtirishga qaratilgan interaktiv AI-platforma.

🤝 Hamkorlar:
Dastur AQSh Davlat departamentining Alumni Engagement Innovation Fund loyihasi ko‘magida, AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan amalga oshirildi.
Loyihalar va dastur haqida batafsil ma’lumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: ai-incubator.org

Jamoalarni g‘alaba bilan tabriklaymiz va yanada yuksak marralar tilab qolamiz!

🎁 SI prompt qilinadi, mahsulotlar yaratiladi, sovrinlar esa o‘z egasini kutadi: Vaybkoding bo‘yicha turnirda nima uchun ...
11/09/2026

🎁 SI prompt qilinadi, mahsulotlar yaratiladi, sovrinlar esa o‘z egasini kutadi: Vaybkoding bo‘yicha turnirda nima uchun kurashamiz?

Turnir boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi, eng kuchli jamoalar va yakka vaybkoderlarga atalgan sovg‘alar allaqachon o‘z egalarini kutmoqda!
13-sentabr kuni hech kim qo‘lda kilometrlab kod yozmaydi. Barchasini fikrlash tezligingiz, SI-yordamchilar bilan ishlash mahoratingiz va atigi 60 daqiqada yaratiladigan ishchi MVP hal qiladi. 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun sovrinlar tayyor. Shunday ekan, neyrotarmoqlarning bor imkoniyatini ishga solish uchun motivatsiya juda kuchli! 🔥

Turnirda qanday ishtirok etish mumkin:
4 kishidan iborat jamoa to‘plang (yoki yakka holda qatnashing, yo o‘sha yerning o‘zida sheriklar toping).
SI-vositalaringizni shay holga keltiring.
Joylar tugab qolmasidan, hoziroq bot orqali ro‘yxatdan o‘ting!

🗓 13-sentabr, 15:00
📍 School 21 ning Toshkent kampusi (Ziyolilar ko‘chasi, 13)
📍 Samarqand kampusi (Ibn Sino ko‘chasi, 17A)
👉 Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring:

Keling va o‘z shijoatingizni namoyon etib, munosib sovrinni qo‘lga kiriting!
______________
🎁 AI промптится, продукты строятся, призы ждут: за что будем бороться на Турнире по Вайбкодингу?

До старта турнира остались считанные дни, а мы уже запаковали подарки для лучших команд и соло-вайбкодеров!
13 сентября никто не будет вручную писать километры кода. Всё решит твоя скорость мысли, точность работы с AI-ассистентами и работающий MVP, который ты поднимешь всего за 60 минут. Призы за 1-е, 2-е и 3-е места уже готовы, так что мотивация выжать максимум из нейросетей — железобетонная! 🔥

Как ворваться в турнир:
Собирай команду до 4 человек (или приходи соло или найди соратников на месте).
Заряжай свои AI-инструменты.
Регистрируйся в боте прямо сейчас, пока есть места!

🗓 13 сентября, 15:00
📍 Кампусы School 21 в Ташкенте (ул. Зиёлилар, 13)
📍 Самарканде (ул. Ибн Сино, 17А)
👉 Успей зарегистрироваться:

Приходи доказать свой вайб и забрать заслуженный приз! ⚡️

🧭 IT-Navigator: Texnologiyalar sohasida o‘z yo‘lingizni toping va kelajagingizni bugundan belgilang!*ТЕКСТ НА РУССКОМ ЯЗ...
11/09/2026

🧭 IT-Navigator: Texnologiyalar sohasida o‘z yo‘lingizni toping va kelajagingizni bugundan belgilang!
*ТЕКСТ НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ В КОММЕНТАРИЯХ*

IT sohasida qaysi yo‘nalishni tanlashni va ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Mutaxassisning haqiqiy vazifasi nazariyadan qanday farq qilishi va qayerda sifatli ta’lim olish mumkinligini tushunishni istaysizmi?

Joriy yilning 14-sentabr kuni Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va School 21 raqamli texnologiyalar maktabi tomonidan kasbga yo‘naltirishga qaratilgan “IT-Navigator” tadbiri tashkil etiladi!
Unda siz bir vaqtning o‘zida dasturchilarning amaliy tajribasi hamda oliy ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Tadbir davomida:
▪️ Asosiy IT yo‘nalishlari tahlili: School 21ning amaliyotchi mutaxassislari va ishtirokchilari o‘z sohalaridagi aniq vazifalar, zarur ko‘nikmalar va karyera haqida so‘zlab beradi.
▪️ Texno-blits: ekspertlarning oְz kasb yo‘llari, undagi muvaffaqiyatsizliklar va yutuqlar haqidagi ma’ruzalari.
▪️ Speed Mentoring: Mentorlar bilan 60 daqiqalik individual maslahatlar! Mutaxassislarga istalgan savolingizni berib, kerakli tavsiyalarni olishingiz mumkin.
▪️ Ta’lim navigatori: Rossotrudnichestvo vakolatxonasi vakillari tomonidan Rossiya Hukumati kvotasi asosida mamlakatning yetakchi OTMlariga IT hamda muhandislik-texnika yo‘nalishlariga o‘qishga kirish shartlari, zarur hujjatlar va saralashdan qanday o‘tish haqida to‘liq ma’lumot beriladi.

O‘zingiz uchun aniq yo‘nalishni yarating: “kasb ➡️ yo‘nalish ➡️ ta’lim ➡️ karyera”!

🗓 14-sentabr, 15:00
📍 A.I.Gersen nomidagi RDPUning Toshkent shahridagi filiali binosi
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali:

Tadbirda qatnashing va buni o‘z yo‘lini tanlayotgan do‘stlaringizga ham tavsiya eting!

💻 Yilning 256-kuni ham yaqinlashmoqda... Bu esa barcha muloqotlarni bir chetga surib, terminal qarshisida haqiqiy mahora...
10/09/2026

💻 Yilning 256-kuni ham yaqinlashmoqda... Bu esa barcha muloqotlarni bir chetga surib, terminal qarshisida haqiqiy mahoratni ko‘rsatish vaqti kelganini bildiradi! ⚡️
*ТЕКСТ НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ В КОММЕНТАРИЯХ*

13-sentabr kuni Toshkent va Samarqand kampusllarida vaybkoding bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi. Unda g‘alabani yozilgan kod hajmi emas, balki fikrlash tezligi, AI vositalari va samarali mahsulot hal qiladi.

Turnir mohiyati: Siz va jamoangizda School 21 startapchilari uchun lokal ijtimoiy tarmoq/platforma prototipini yaratish uchun atigi 60 daqiqa vaqt beriladi. Bu mahsulot orqali har bir ishtirokchi o‘z ko‘nikmalari va loyihalarini ko‘rsatish hamda jamoasi uchun hamfikrlar topish imkoniga ega bo‘lishi lozim.

Ishtirok etish shartlari:
▪️ Format: Yakka holda yoki 4 kishigacha bo‘lgan jamoa.
▪️ Vositalar: Har qanday AI-yordamchilar, kod generatorlari, no-code/low-code va IDE. Asosiysi — natija!
▪️ Final: Hakamlar oldida 3 daqiqalik taqdimot va loyihaning jonli namoyishi.
Qoida bitta: Avval ishlaydigan MVP, keyin bezak va qo‘shimcha funksiyalar!

🗓 13-sentabr, 15:00
📍 School 21 Toshkent (Ziyolilar k., 13) va Samarqand (Ibn Sino k., 17A) kampuslari
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali:

Jamoangizni yig‘ing, AI-yordamchilarni ishga soling va dasturlashda haqiqiy mahoratingizni namoyon eting! ⚡️

Obsidian va uning evolyutsiyasi: bilimlar, loyihalar va mahsulot jamoalarini boshqarish usullari Vazifalar va cheksiz ko...
09/09/2026

Obsidian va uning evolyutsiyasi: bilimlar, loyihalar va mahsulot jamoalarini boshqarish usullari

Vazifalar va cheksiz kodlar oqimida ma’lumotga tizimli yondashuv – bu shunchaki qulaylik emas, balki dasturchi va jamoa yetakchisi uchun zarur ish qurolidir.
10-sentabr kuni kampus mehmoni sifatida IT sohasida 10 yillik tajribaga ega, Uzum Bankda Team Lead Card Products Offline Roman Beskrovniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Obsidian, bilimlarni boshqarish hamda tartibga solingan g‘oyalar yirik texnologik mahsulotlarni yo‘lga qo‘yishga qay darajada yordam berishi haqida suhbatlashamiz.

Uchrashuvda muhokama mavzulari:
▪️ Obsidian evolyutsiyasi va bu raqamli dastur nega texnik mutaxassislar uchun asos sifatida xizmat qilmoqda;
▪️ Shaxsiy bilimlarni boshqarish tizimini yaratish va uni mahsulot vazifalariga bog‘lash yo‘llari;
▪️ 14 kishigacha bo‘lgan jamoalarni boshqarish tajribasi: UzumTech’da noldan kross-funksional jamoani tuzish va kartomatlarni tayyor holatga keltirish;
▪️ Kompaniyada ilk A/B-testlarni nima uchun va qanday joriy etish kerak;
▪️ Dunyo bo‘ylab taxminan 1600 ta kompaniya foydalanadigan Open Source yechimlarni qanday yaratish mumkin.

Keling va qanday qilib chigal vazifalarni tartiblangan tizimga aylantirish hamda kuchli mahsulotlar yaratish mumkinligini o‘rganing!

🗓 10-sentabr, 17:00
📍 School 21ning Toshkent kampusi (Ziyolilar ko‘chasi, 13)
👉 Ushbu bot orqali ro‘yxatdan o‘ting:

Samarqandda AI bo‘yicha vorkshop: Sun’iy intellektdan bugun qanday foydalanish mumkin?Sun’iy intellekt allaqachon nazari...
09/09/2026

Samarqandda AI bo‘yicha vorkshop: Sun’iy intellektdan bugun qanday foydalanish mumkin?
Sun’iy intellekt allaqachon nazariyadan amaliyotga o‘tdi va ish jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Uning imkoniyatlaridan qanchalik samarali foydalanish mumkin va u amaldagi texnologiyalarga joriy qilinganmi?

🗣 Spiker: Temur Sokiyev
Texnika fanlari bo‘yicha PhD («Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt» ixtisosligi).
Terobyte Techno Service (TexnoUz) kompaniyasining bosh muhandis-dasturchisi.
Samarqand davlat universiteti dotsenti.
Ilmiy algoritmlardan haqiqiy obyektlardagi tizimlargacha kompyuter ko‘rishi, o‘rnatilgan tizimlar va IoT bo‘yicha amaliyotchi ekspert.

💡 Uchrashuvda nimalarni muhokama qilamiz:
AI turli sohalardagi ish uslubini qanday o‘zgartirayotgani.
Bugunoq qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy AI vositalari va keyslar.
Savol-javoblar bilan boyitilgan jonli vorkshop.

🗓 10-sentabr, 15:00
📍 School 21 kampusi, Samarqand sh. (Ibn Sino ko‘chasi, 17A)
👉 Joyingizni band qilishga ulguring:
____________
Воркшоп по ИИ в Самарканде: Как применять искусственный интеллект уже сегодня?

ИИ давно вышел за рамки теорий — он меняет рабочие процессы прямо сейчас. Как использовать его возможности по максимуму и встроен ли он в реальные технологии?

🗣 Спикер: Темур Сокиев
PhD по техническим наукам (специальность «Цифровые технологии и искусственный интеллект»).
Главный инженер-программист компании Terobyte Techno Service (TexnoUz).
Доцент Самаркандского государственного университета.
Практик в сфере компьютерного зрения, встраиваемых систем и IoT — от научных алгоритмов до систем на реальных объектах.

💡 На встрече вас ждёт:
Разбор того, как ИИ меняет формат работы в самых разных сферах.
Практические инструменты и кейсы по работе с ИИ, которые можно внедрить уже сегодня.
Живой воркшоп с ответами на ваши вопросы.

🗓 10 сентября, 15:00
📍 Кампус School 21, г. Самарканд (ул. Ибн Сино, 17А)
👉 Успей занять место:

💧 School 21da yangi «hovuz» 28-sentabrdan boshlanadiAgar anchadan beri IT sohasiga qiziqib yurgan, lekin buni doim ortga...
08/09/2026

💧 School 21da yangi «hovuz» 28-sentabrdan boshlanadi

Agar anchadan beri IT sohasiga qiziqib yurgan, lekin buni doim ortga surayotgan bo‘lsangiz — hozir boshlashning ayni vaqti.

Sentabr oyining 28-sanasidan School 21ning yangi 14 kunlik «hovuzi» boshlanadi. Bu maktabdagi yo‘lning ilk bosqichi bo‘lib, unda Peer-to-Peer formati bilan tanishish, haqiqiy vazifalar ustida ishlash va o‘z kuchingizni amalda sinab ko‘rish imkoni mavjud.

⏰ Hujjatlarni 24-sentabrgacha (shu kuni ham) topshirish mumkin.
📖 «Hovuz»ning boshlanishi: 28-sentabr
📍 School 21 — Toshkent va Samarqand
👉 Ro‘yxatdan o‘tish 21-school.uz saytida yoki orqali.

IT sohasini egallash imkonini keyinga qoldirmang. Ro‘yxatdan o‘ting va «hovuz» ishtirokchilari qatoriga qo‘shiling!
_________________—
💧 Новый «бассейн» в School 21 — старт 28 сентября

Если давно присматривался к IT, но всё откладывал — вот твой момент начать.
28 сентября стартует новый 14-дневный «бассейн» School 21. Это первый этап пути в школе, где ты познакомишься с форматом Peer-to-Peer, попробуешь решать реальные задачи и проверишь себя на практике.

⏰ Подать документы можно до 24 сентября включительно.
📖 Старт «бассейна»: 28 сентября
📍 School 21 — Ташкент и Самарканд
👉 Регистрируйся на 21-school.uz или в

Не откладывай знакомство с IT на потом. Проходи регистрацию и увидимся на «бассейне»!

Address

Ziyolilar 13
Tashkent
100170

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Школа цифровых технологий School 21 posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category