Toshkent temir yo'l texnikumi

Toshkent temir yo'l texnikumi

Share

Toshkent transport texnikumi rasmiy sahifasi

12/03/2026
11/03/2026

Toshkent transport texnikumida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida muhim tashabbus ilgari surildi.

Mazkur tashabbus orqali o‘quvchilar turar joyi binosining ichki koridorlari, oshxona, hojatxona va yuvinish xonalari hamda fasad qismini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan.

Siz ham ushbu tashabbusni ovoz berish orqali qo‘llab-quvvatlang!

Mana shu link bilan ovoz berishga o'tiladi: TTT o'quvchilar turar joyini ta'mirlash (https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53/25df0f2a-ba11-4005-9caa-20a091b271e4)

19/08/2025

Toshkent transport texnikumi to'g'risida qisqa metrajli film

Photos from Toshkent temir yo'l texnikumi's post 15/07/2025

📘 “Dolzarb 90 kun” doirasida ingliz tili kurslari davom etmoqda!

📍 Toshkent Transport Texnikumida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etilgan ingliz tili kurslari qizg‘in tarzda davom etmoqda.

🗣 Kurslar yoshlarda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, hamda xalqaro imkoniyatlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

✅ Dars jarayonlari interaktiv, tushunarli va zamonaviy uslublar asosida olib borilmoqda. Qatnashchilar har bir mashg‘ulotda yangi so‘zlar, iboralar va amaliy topshiriqlar orqali bilimlarini mustahkamlashmoqda.

🎯 Maqsad – yoshlarni global fikrlashga, zamon bilan hamnafas bo‘lishga tayyorlash!

15/07/2025



ScotRail raqamli egizak texnologiyasini joriy qilish uchun Optimize AI bilan hamkorlikni kengaytiradi

ScotRail OptimiseAI energiya razvedkasi firmasi bilan hamkorlikda oʻz faoliyatida raqamli egizak texnologiyasidan foydalanishni kengaytirdi.

Ushbu tashabbus 25 ta stansiya va omborlarda energiya boshqaruvini optimallashtirish orqali barqaror faoliyatga erishishga qaratilgan.

Ko'pgina temir yo'l ob'ektlari ma'lumotlarga ega bo'lgani bilan ularni avtomatlashtirilgan, optimallashtirilgan energiyadan foydalanish uchun integratsiyalashda qiynalmoqda.

www.railway-technology.com

Photos from Toshkent temir yo'l texnikumi's post 15/07/2025

🧠 “Dolzarb 90 kun” doirasida psixologik kurslar davom etmoqda!

📍 Toshkent Transport Texnikumida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi asosida tashkil etilgan psixologik kurslar ayni paytda faol davom etmoqda.

🎯 Kurslar yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, o‘zini anglash, ijtimoiy bosimlarga qarshi turish va stressni yengish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

✅ Qatnashchilar kursda faol ishtirok etib, hayotiy muammolarga psixologik yondashuv, ijobiy fikrlash va o‘z-o‘zini boshqarish borasida amaliy bilim va maslahatlar olishmoqda.

💬 Kurslar doirasida:
– O‘ziga ishonchni shakllantirish
– Emotsiyalarni boshqarish
– Sog‘lom muloqot
– Salbiy odatlardan saqlanish kabi mavzular muhokama qilinmoqda.

Photos from Toshkent temir yo'l texnikumi's post 26/06/2025

📌 Toshkent transport texnikumi direktori oʻquvchilar turar joyida boʻlib, oʻquvchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

🔹 Texnikum direktori tomonidan oʻquvchilar turar joyida oʻquvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida oʻquvchilar oʻqish jarayoni, yashash sharoitlari va mavjud muammolar yuzasidan oʻz fikr va takliflarini bildirishdi.

🔸 Shuningdek, suhbatda oʻquv yili yakunlanishi, yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik hamda intizomiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📣 Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarning muammolarini bevosita esh*tish va ularni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Photos from Toshkent temir yo'l texnikumi's post 13/06/2025

Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing shahrida Birinchi Xitoy-O‘zbekiston xalqaro forumi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 10-15-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan forumda Toshkent transport texnikumi, Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi, 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Shayxontohur tumani politexnikumlari direktorlari ishtirok etmoqda.

Ushbu forumdan maqsad, ikki mamlakat kasbiy ta'lim tizimi faoliyatini chuqur o‘rganish, mos rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olish, o‘quv-me‘yoriy hujjatlarni o‘zaro ishlab chiqish hamda kasbiy ta'lim sohasining rivojlanish sifatini yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishdan iborat.

Forum davomida mos yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi Xitoy-O‘zbekiston kasbiy ta‘lim tashkilotlari direktorlari o'rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Photos from Toshkent temir yo'l texnikumi's post 13/06/2025

⚽️ Toshkent transport texnikumida 2025-yil 13-iyun kuni "Milliy Toshkent" loyihasi asosida, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida texnikum oʻquvchilar oʻrtasida ommaviy sportning shaxmat-shashka, darts, stol tennisi, basketbol, minni futbol turlari boʻyicha oʻrtoqlik oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Photos from Toshkent temir yo'l texnikumi's post 13/06/2025

Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing shahrida Birinchi Xitoy-O‘zbekiston xalqaro forumi o‘z ishini boshladi

2025-yil 10-15 iyun kunlari tashkil etilishi rejalashtirulgan forumga Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Kasbiy ta‘lim rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov, Toshkent transport texnikumi direktori Jamshid To‘ychiyev va boshqa kasbiy ta‘lim muassasalari direktorlari tashrif buyurishdi!

Ushbu forumdan maqsad, ikki mamlakat kasbiy ta‘lim tizimi faoliyatini chuqur o‘rganish, mos rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olish, o‘zaro pedagog va o‘quvchilarni almashishni yo‘lga qo‘yish, o‘quv-me‘yoriy hujjatlarni o‘zaro ishlab chiqish, xalqaro qo‘shma ta‘lim dasturlarini joriy etish kabi masalar bo‘yicha umumiy nuqtalarni aniqlash hamda ushbu sohaning rivojlanish sifatini yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishdan iborat.

Forum davomida mos yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi Xitoy-O‘zbekiston kasbiy ta‘lim tashkilotlari direktorlari o‘zaro uchrashuvlar tashkil etishdi va ertangi rasmiy marosim davomida tegishli hamkorlik memorandumlarini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldilar.

Jumladan, Toshkent transport texnikumi kelajakda xalqaro qo‘shma ta‘lim dasturlari asosida Chongqing muhandislik kasb-hunar kolleji, Chjezyan politsiya kasb-hunar kolleji va Anxoy kasb-hunar texnologiyalari va texnika kollejlari bilan qo‘shma ta‘lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olishdi.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Geydar Aliyev, 89-uy
Tashkent

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00
Saturday 08:00 - 16:00