14/01/2018
Qatnashgan talabalarni barchasiga raxmat. Hammani bayram bilan tabriklaymiz
Bugun universitetimizning 150dan ortiq faol yoshlari va hashtaglarini Twitter ijtimoiy tarmog'ida global trendlar qatoriga qo'sha olishdi.
Bu to'g'risidagi qisqacha hisobotni e'tiboringizga taqdim etamiz!
12/01/2018
4kurs talabalariga imtixon davom etmoqda. Imtixonlar shaffofligi va talabalarning olgan xaqiqiy bilimlarini baxolash uchun Imtixonlarga yangicha yondashuv amalga oshirilmoqda. Imtixon uchun har bir talabaga alohida loyixa berildi. Talabalar berilgan loyhani qurilma qismini yaratishi va unga dasturiy taminot yozishi lozim. Bu talim sifatini oshirish maqsadida qilingan yana bir qadamdir. Bu yangicha uslubdagi birinchi imtixon edi. Sinov sifatida fakultetning 426-14 guruhi tanlandi.
01/01/2018
Yangi yil keldi yangi muvofaqiyatlar sari chorlovchi bu yil, shunisi bilan ajoyibki, bu yil hali yangi unda qanchadan qancha yangiliklar yaratish imkoni mavjud. Shunday ekan 2018 yil marrani katta qo'ying va albatta uni zabt eting. 2018-yil muborak bo'lsin azizlar...
28/12/2017
Ta'til boshlangani sababli Dekanat oldida jug'urlashib turadigan talabalar ham ko'rinmay qoldi. Hech kim qayta topshirish qog'ozini yoki o'z muammolarini aytib oldingga kelmaydi ham. Odamga alam qilarkan kuniga yuzlab yo'qlovchi insonlar birdaniga ko'rinmay qolsa. Huddiki hamma yoq huvillab qolganday. Universitet ham talabalar bilan fayzli ekan. Ta'tilni yaxshi o'tkazingizlar hurmatli talabalar.
09/11/2017
Mana o'z ustida ishlash uchun davat. Ko'proq o'qi, izlan va yetuk kadr bo'l. Mashaqqat va qiyinchilik ortida doim porloq kelajak yotadi
03/10/2017
27-sentabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Telekommunikatsiya Texnologiyalari fakulteti guruxlari o'rtasida Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi. Unda faxrli 3 o'rinni GrandPri 2 o'rinni Elite va munosib ravishta 1 o'rinni Beruniy jamolari egallashdi. va keyingi bosqichga chiqishdi.
02/10/2017
2017 yil 24 sentabr sanasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Telekommunikatsiya Texnologiyalari fakulteti faol talabalari boshqa fakultetlar singari xalq hasharida ishtirok etdi.