15/05/2023
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Toshkent shahar Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 200- sonli IDUMning 6-"A" sinfida adabiyot fanidan " Fanlararo aloqa: adabiyot, tasviriy san'at va tabiiy fanlar" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Darsda o'quvchilar guruhlarga bo'lingan holda o'tirishdi.
Har bir guruhdan saylangan rassomlar o'zlari tanlagan parranda, qush va hayvon rasmlarini dars davomida chizib ko'rsatishdi.
Har bir guruh o'zlari tanlagan jonzotlar haqida slayd taqdimot namoyish etishdi.
G'olib guruh va darsda faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantirildi va baholandi.
Dars qiziqarli va mazmunli o'tdi.
Fan o'qituvchisi: Ismoilova M.