16/11/2020
๐จ USE it or LOSE it:
Yoxud ingliz tilini amalda qo'llamasangiz, uni o'rganishdan nima foyda?
Qo'rquv, ikkilanish va xavotirlarni yengib, ingliz tilida ravon va o'ziga bo'lgan ishonch bilan so'zlashish uchun nima qilish kerak?
1. ๐ช Xato qilishdan qo'rqmang!
Sizning maqsadingiz, ideal ravishda, grammatik xatolarsiz gapirish emas, balki fikringizni suhbatdoshingizga tushunarli qilib yetkazib berishdir. Unutmang, xatto "native speaker" lar ham xato qilishadi.
2. ๐ฃ Mashq, mashq va yana mashq qiling!
Takrorlash ta'limning onasidir. Har qanday holatda ham ingliz tilida so'zlashish imkoniyatini aslo o'tkazib yubormang.
3. ๐ง Esh*ting!
Qancha ko'p tinglasangiz, shuncha to'g'ri talaffuz qilasiz! Qolaversa, esh*tish jarayonida so'zlar va iboralarni qo'llanishi yaxshiroq yodingizda qoladi.
4. ๐ Muvaffaqiyatingizni nishonlang!
Har bir biror inson bilan ingliz tilidagi muloqotingiz - bu sizning yutug'ingiz. Qanchalar qisqa muddatli bo'lmasin, har bir qo'yilgan kichik qadam rivojlanish jarayoni uchun ahamiyatlidir.
5. ๐ฌ Ingliz tilida o'ylang!
Bu jarayon boshida qiyin bo'lishi tabiiy. Ammo vaqt o'tib, bizning super miyamiz bunga moslashadi va siz suhbat davomida fikrlaringizni avtomatik ravishda yetkazib berasiz.
6. ๐โโ O'z-o'zingizga gapiring!
Bir qarashda g'alati esh*tilishi mumkin. Lekin har kuni kamida 5 daqiqa oyna oldida o'zingizga ma'lum mavzuda ingliz tilida gapirish, o'z xatolaringizni aniqlash va bartaraf etish hamda so'zlarni o'rnida qo'llashga yordam beradi.
7. โก๏ธTez aytishlarga qiziqasizmi?
Ushbu turdagi iboralar sizga nutqingizdagi tezlikni oshirishga yordam beradi.
Qani bir sinab ko'ramiz:
โThe thirty-three thieves thought that they thrilled the throne throughout Thursday".
Xulosa shuki, qachon, qayerda va qanday holatda bo'lishingizdan qat'iy nazar,
SPEAK, SPEAK AND AGAIN SPEAK IN ENGLISH!
๐ LinGo Academy: Learn today to lead tomorrow!