😇Universitetimiz bo‘ylab kichik video sayohat.
Innovatsion va Ijtimoiy-Iqtisodiyot universiteti
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Innovatsion va Ijtimoiy-Iqtisodiyot universiteti, Education, Tashkent.
📣Bugun Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti faollari Toshkent shahrining bir nechta maktablarida bo‘lib, bitiruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishdi.
🔻Uchrashuvlar davomida Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti faoliyati, taʼlim yo‘nalishlari, hamda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida aks etgan taʼlimga oid o‘zgarishlar va "Nodavlat oliy taʼlim muassasalari"ga hukumat tomonidan borgan sari katta eʼtibor va imkoniyatlar berilayotgani haqida tushuntirish berishdi.
🔻Maktablardagi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
🎥 "Iqtisodiyot va moliya" fakulteti dekani, dotsent Xasanov Toxir Abdurashidovich "Iqtisodiyot va moliya" fakultetida yaratilgan imkoniyatlar, ta'im shakllari haqidagi sizni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
07/05/2023
❗️Sirtqi taʼlim shaklida tahsil oluvchi talabalar diqqatiga.
Yuqorida ilova qilingan suratda 2-semestr dars jadvali bilan tanishing
Hurmatli talabalar dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida yetib kelishingiz hamda sababsiz dars qoldirmasliklaringizni so‘raymiz.
———–––––
05/05/2023
🇺🇿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida, Universitetimizda sport tadbirlari va intellektual o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
Bugun 5 may kuni sportning shaxmat, shashka va voleybol turlari bo‘yicha "Boshlang‘ich taʼlim" yo‘nalishi talabalari o‘rtasida, universitet ichki chempionati g‘oliblari aniqlandi.
🏐 Voleybol bo‘yicha ushbu taʼlim yo‘nalishi doirasida 3/22-guruh talabalari jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Shaxmat-shashka bo‘yicha g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha👇:
Shashka:
🥇Toshpo‘latova Damira
🥈Ro‘ziyev Erkin
🥉Yakubova Sevara
Shaxmat:
🥇Abduvoxidov Mirzabek
🥈Karimova Nodira
🥉Axmedova Bonu
🎉 Barcha g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi.
🎥 Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari doktori, Qodirov Kamoliddin Batirovich universitetimizda mavjud boshlang‘ich va maktabgacha taʼlim yo'nalishlari, ularning o‘qitish tartibi haqida qisqa intervyu berdilar.
🎥 Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Turdiyev Abdulla Sagdullayevich universitetimizda mavjud zamonaviy yo‘nalishlar va ularning o‘qitish tartibi haqida qisqa intervyu berdilar.
01/05/2023
❗️Ko’plab abituriyentlardan to‘lov-shartnoma narxlari haqida savollar kelmoqda. Yuqoridagi rasmda to‘lov-shartnoma narxlari bilan tanishishingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun:
+998 55 506-12-77 | +998 97 009-79-75
📍Manzil: Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasi 116-uy
———–––––
01/05/2023
🇺🇿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida, Universitetimizda sport tadbirlari va intellektual o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
28 aprel kuni 1-2 kurs ingliz filologiyasi talabalari o‘rtasida "Shekspir hayoti va ijodi"ga bag‘ishlangan intellektual musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu intellektual musobaqada talabalar «Venus», «Rainbov» hamda "The best" guruhlariga bo‘linib to‘rt shart bo‘yicha bellashdilar.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
❗️RASMAN
2023/2024-o‘quv yili uchun Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universitetiga QABUL BOSHLANDI!
🗓 Hujjatlar onlayn qabul-iiiu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Hozirda kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllari bo'yicha quyidagi yo'nalishlarga hujjat qabul qilinmoqda:
• Psixologiya (amaliy psixologiya)
• Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
• Boshlang‘ich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
• Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Ta'lim yo‘nalishlari haqidagi batafsil ma'lumotni bu yerdan👉🏻https://t.me/iii_universiteti/430 olishingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun:
+998 55 506-12-77 | +998 97 009-79-75
📍Manzil: Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasi 116-uy
29/04/2023
📜
"Yaxshi ko‘rgan kitobni o‘qish qayg‘u zahariga qarshi doridir".
©️Muso al-Xorazmiy
29/04/2023
🇺🇿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida, Universitetimizda sport tadbirlari va intellektual o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
Kecha 28 aprel kuni Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universitetining "Boshlang‘ich taʼlim" yo‘nalishi talabalari o‘rtasida, shaxmat va shashka o‘yinlarining saralash bosqichi o'tkazildi. O‘yinlar bir muncha shiddatli va keskin raboqat ruhida bo‘lib o‘tdi.
❗️Final bosqich o‘yinlari kelgusi hafta o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Website
Address
Tashkent