27/10/2021
🤨Ingliz tili kurslariga qatnab, biroz vaqtdan keyin mashg'ulotlarni tashlab qo'yganlar sirasiga kirasizmi?
Demak, ushbu maqola siz uchun👇
🤷♀️ Har qanday sohada ham, ko'p vaqt va kuch sarflamasdan, yaxshi natijaga erishish istagi tabiiy hol. Afsuski, bunaqasi faqat ertaklarda bo'ladi va yaxshi natijaga erishish uchun tirishqoqlik va sabr bilan mehnat qilish kerak. Ingliz tili ham bundan mustasno emas 🇬🇧
😎Ustozlar maslahati:
📌 "2 oy ichida inglizcha gapiraman" emas, "2 oy ichida zamonlarning 2 turini, olmoshlar shakllarini o'zlashtiraman va o'zim haqimda bir nechta jumla aytib bera olaman" degan aniq va real maqsadlarni qo'ying.
📌 Til o'rganishga qancha vaqt va kuch sarflay olishingizni o'ylab ko'ring. Sizning natijangiz unga ajratilgan vaqtingizga bog'liq. Uy vazifasi va topshiriqni bajarmaslik ham natijani kechiktiradi.
📌 Tilni o'rganishni o'zingiz uchun qiziqarli va kerakli narsa sifatida qabul qiling. Xato qilishdan yoki biror narsani so'rashdan uyalmang!
📌 Shu bilan birga, o'qituvchi sizni dars qilishga maktabdagi kabi majburlashini kutmang. Axir tilni o'rganish o'zingizga kerak, unga emas.
INGLIZ TILI sizga qanday imkoniyatlarni berishini tasavvur qilib, o'zingizga motivatsiya bering 💪
ZIYOTA'LIM - muvaffaqiyatingiz poydevorini birga barpo etamiz 👌