09/09/2022
Surah Yunus 11
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo'lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo'lishdan umidi yo'qlarni tug'yonlarida tashlab qo'yamiz, adashib uloqib yuraveradilar. (Alloh taolo bandalariga yaxshilikni doim, tez, so'rasa-so'ramasa berib keladi. Bu hayotda ko'rilayotgan haqiqat. Ammo yomonlikni so'ragan zahoti bermaydi. Chunki yomonlikni ham tezda bersa, hammalari halok bo'lib ketadilar. Alloh bandalarini buning uchun yaratmagan. Shu bois ham Payg'ambarimiz (s.a.v.) bir hadislarida nasihat qilib, kishilarni o'zlariga qarshi, mollari va bolalariga qarshi duo etishdan qaytarganlar.)