29/12/2022
Qudratli SpaceX - bir vaqtning o’zida 143 ta sun’iy yo’ldosh koinotda?!
💫 Space Exploration Technologies Corp. (SpaceX) — kosmik texnika ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. Shtab kvartirasi AQShning Californiya shtatining Xotorn shahrida joylashgan.
📆 2002-yilda kosmosga uchish uchun ketayotgan xarajatlarni kamaytirish va Marsni egallashni tezlashtirish maqsadida Elon Mask tomonidan asos solingan.
📊 Shu vaqtga qadar, ushbu kompaniya juda ko’plab yutuq va natijalarga erishib kelmoqda. Albatta, mag’lubiyat ham «SpaceX» kompaniyasining afsonaviy tarixida uchrab turadi.
Bugun sizlar bilan eng esda qolar va hayratlanarli voqea bilan bo’lishamiz.
🚀 «SpaceX» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bu voqea fazogirlik tarixida bir vaqtning o’zida 143ta fazoviy qurilmaning orbitaga chiqarilishi bo’yicha rekord ko’rsatgich bo’lib hisoblanadi.
Amerikaning «SpaceX» kompaniyasi, bortida bir vaqtning o’zida 143 ta sun’iy yo’ldosh bo’lgan Falcon 9 raketasini fazoga uchirdi. «SpaceX» kompaniyasi ma’lum qilishicha, raketa Floridadagi Cape Canaveral kosmodromidan parvoz qilgan.
🤯 Raketa bortida 133ta savdo va davlat sun’iy yo’ldoshi, 10ta Starlink tarmog‘ining sun'iy yo‘ldoshi bo’lib, ja’mi 143ta sun'iy yo‘ldosh orbitaga chiqariladi.
Mazkur kompaniya bu - parvoz vaqtida orbitaga chiqarilgan eng ko‘p sondagi fazoviy qurilma hisoblanishini ma’lum qildi. «SpaceX» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bu voqea fazogirlik tarixida bir vaqtning o’zida 143ta fazoviy qurilmaning orbitaga chiqarilishi bo’yicha rekord ko’rsatgich bo’lib hisoblanadi.
‼️ «SpaceX» Starlink tarmog‘ining sun'iy yo‘ldoshlari bilan orbitada 12 mingta sun’iy yo’ldoshli tarmoqni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha 2027 yilda tamomlanishi ko’zda tutilgan.
Bizdan aslo uzoqlashmang! Eng kerakli va qiziqarli ma’lumotlarni biz bilan kuzatib boring!