09/01/2022
Antalyadan SALOM !
Do’stlar, bugun shaxsiy brend qurishning ayni vaqti…
Qaysi biznes va soha egasi bo’lishingizdan qat’iy nazar, o’z shaxsiy brendingiz ustida ishlashni boshlashingiz kerak.
Ko’p tadbirkorlardan keladigan savollardan biriga javobni yoritib beraman.
👉 Savol: Men mashxur bo’lishni, odamlar meni tanishini xohlamayman…
Sababi, ko’cha kuyda oilam bilan yurganimda odamlarning e’tiborini jalb qilgim kelmaydi.
Oilamga ham nazar qaratishlarini xohlamayman…
☝️Javob: Shaxsiy brend qurish degani bu yulduzga aylanish, artistlarday omma e’tiborida bo’lish degani emas!
Sizni faqat mijozlaringiz ( maqsadli auditoriyangiz )tanisa va raqobatchilaringizdan ajrata olsa bo’ldi. Bu sizga bir boshga raqiblaringizdan ustunlik va katta ishonch beradi.
Qurilayotgan shaxsiy brendingiz mahsulotingizga nisbatan mijozlar ko’zida hurmat va ishonch beradi.
Xozir eng mukammal “ Shaxsiy brend qurish “ dasturi ustida ishlayapman…
1 oylik dastur + praktikum !
O’zimning bilimim va tajribam bilan yordam beraman.
Siz shaxsiy brendingizni qurib, biznesingiz va sohangizda o’zgarish qilishga tayyormisiz ?
Kommentariyada javobingizni qoldiring , raxmat.