24/04/2020
MASOFAVIY TA`LIMDAN MINNATDORMAN
Dilorom Mamadjanova
TDPU 1-bosqich magistri
Butun dunyoni sarosimaga solgan xavf, ofat afsuski, mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Toj(corona) virusini nechog‘lik inson va jamiyatga salbiy ta`sir ko‘rasatayotganligi hammamizga ma`lum, bu haqida to‘xtalib o‘tishga hojat yo‘q.
O‘zimizni, yaqinlarimizni qo‘yingki, jamiyatni bu balodan forig‘ qilish uchun bizdan talab etilayotgani uyda qolishimizdir. Men ham oila a`zolarimni sog‘ligini o‘ylab o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga qat`iy rioya qilmoqdaman.
Yer yuzi bo‘ylab shunday sinov ro‘y berayotgan bir davrda, shukrlar bo‘lsinki, rahbarlarimiz tomonidan ta`lim jarayonimizning yechimi to‘g‘ri, zamonaviy tizim shaklini o‘rnata oldi. Bu o‘rinda bizni ilm egallashimizda mehnatlarini ayamay qisqa vaqt ichida onlayn ta`limni tashkillashtirishda jonbozlik ko‘rsatgan universitetimiz rahbariyati boshchiligidagi jamoaga jumladan, magistratura bo‘limiga, axborot texnologiyalari markaziga va barcha ustozlarimizga alohida tashakkur izhor qilaman.
Hozirda Nizomoiy nomidagi TDPU “Boshlang‘ich talim ” mutaxassisligi 1-bosqich talabasiman. Universitetimiz karantin paytida birinchilardan bo‘lib talabalarga masofaviy ta`lim berishni boshlab berdi.
Bugungi k***a talaba.tdpu.uz web-tizim orqali o‘quv jarayoniga batcha qulayliklarga ega ta`lim platformasida biz bemalol, uy sharoitida darslarni o‘zlashtirmoqdamiz. Shuningdek, universitetimiz o‘quv platformasi dunyoda e’tirof etilgan “ZOOM” platformasi bilan hamohang ishlashi yo‘lga qo‘yilgani esa professor-o‘qituvchilarning ma`ruzalarini jonli tarzda tinglab, seminar mashg‘ulotlarida o‘zaro savol-javoblar o‘tkazishga amaliy yechim bo‘lganligini alohida ta`kidlash joiz.
Masofaviy ta`lim hozirgi sharoitdagi eng maqbul yo‘l bo‘lib, talabalarga foydasi bisyor. Masalan, vaqtdan yutmoqdamiz, bilim olishimizda uzilish bo‘lmayapti, guruhdoshlarimiz bilan onlayn ta`lim olar ekanmiz, masofa muammosi yo‘qolib, yaqinlik, samimiylik hissi i