08/05/2023
💫 Hurmatli faxriylar hamda aziz yurtdoshlar! Barchangizni 9-may — “Xotira va Qadrlash” kuni bilan samimiy muborakbod etamiz
🔆 Inson bor ekan, xotira — muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, tinchlikni qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlarni yodida saqlaydi.
🫡 Tarixni bilish, ota-bobolarimizni bizning yorqin kelajagimiz uchun koʻrsatgan jasoratini eʼzozlash har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
🔥 Jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sogʻ-omon yurgan faxriylarimizga taʼzim qilamiz.
☝️ Fursatdan foydalanib, sizlarni bugungi sana bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz! Yurtimiz tinch, hayotimiz quvonchli onlarga toʻla, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, aziz vatandoshlar!