18/12/2025
❄️ Toshkent davlat transport universitetida qish tarovati
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from tstu_officialpage, Education, 77GJ+VRV, Tashkent.
18/12/2025
❄️ Toshkent davlat transport universitetida qish tarovati
07/12/2025
✈️ 7-dekabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni!
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni munosabati bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida xizmat qilayotgan barcha mutaxassislarni samimiy qutlaymiz.
Parvoz jarayonining har bir bosqichida yuqori masʼuliyat bilan ishlayotgan uchuvchilar, bortkuzatuvchilar, aviadispetcherlar, texnik mutaxassislar va aviatsiya infratuzilmasida xizmat ko‘rsatayotgan barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Transport universiteti barcha fuqaro aviatsiyasi xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etadi!
27/10/2025
Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasida “Rektor talabalar turar joyida – bir kun” tadbiri boʻlib oʻtdi
Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/1843
14/10/2025
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tadi
31/08/2025
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, talabalar, transport sohasi vakillari va aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman!
1991-yilning tarixiy voqeasi – Mustaqillik bizga Vatan taqdirini o‘z qo‘limizga olish, ilm-fan va texnologiyalar orqali yurtimizni taraqqiyot sari yetaklash imkoniyatini berdi. Ayniqsa, bugungi O‘zbekistonning transport tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqish, yuksak muhandislik salohiyatiga ega kadrlarni yetishtirish yo‘lida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent davlat transport universiteti jamoasi sifatida biz yurtimizda transport sohasining innovatsion taraqqiyoti, barqaror infratuzilmasi va xalqaro raqobatbardosh kadrlar tayyorlash orqali mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdamiz.
Mustaqillik bayrami barchamiz uchun faxr va iftixor manbai bo‘lib, kelajak oldidagi mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Shu fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik-osoyishtalik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yutuqlar, oilaviy farovonlik tilayman.
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
A.A.Gulamov
22/08/2025
O‘zbekistonda ilk marotaba Butunjahon kasb-hunar kollejlari ko‘nikmalar tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekistonda ilk marotaba Toshkent davlat transport universitetida “2025-yil Butunjahon kasb-hunar kollejlari ko‘nikmalar tanlovi – Markaziy Osiyo mintaqasi (O‘zbekiston bosqichi)” tashkil etildi.
Musobaqa logistika va ta’minot zanjiri, sun’iy intellekt hamda ilg‘or texnologiyalar yo‘nalishlarida o‘tkazilib, yoshlarimizga o‘z kasbiy salohiyatini namoyon etish imkonini berdi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xitoy Ta’lim vazirligi hamda yirik xalqaro kompaniyalar hamkorligida tashkil etildi.
Amaliy bosqichda 10 universitetdan 20 jamoa ishtirok etdi. Ular logistika, IT, sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
✅ Yakuniy natijalar:
Logistika va ta’minot zanjiri yo‘nalishida:
🥇 1-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti 1-jamoasi
🥈 2-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti 3-jamoasi
Sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar yo‘nalishida:
🥇 1-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti 1-jamoasi
🥈 2-o‘rin — Oxus University
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti 2-jamoasi
Tanlov yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston ta’lim tizimini jahon miqyosida targ‘ib qilishga xizmat qildi.
21/08/2025
🎉Toshkent davlat transport universitetining Instagram sahifasi obunachilari 15 mingdan oshdi!
Bir jamoaga aylanib, bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz, aziz obunachilar! Endi oldimizda yangi marralar turibdi — yanada ko‘proq harakat qilib, yanada katta raqamli cho‘qqilarni zabt etish niyatidamiz. Bu yo‘lda biz bilan yelkadosh bo‘lib borishingizdan mamnunmiz.
17/07/2025
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratildi
Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang hamda Changan universiteti rahbariyati universitetga tashrif buyurgan.
Bugungi k***a mazkur tashrif va uzoq yillik muzokaralar o‘zining amaliy natijasini berdi. Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Ma’lumot uchun:
Changan universiteti — Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan, transport, muhandislik, qurilish, avtomobilsozlik va yo‘l infratuzilmasi sohalarida ixtisoslashgan yetakchi texnik oliy ta’lim muassasasi. Universitet QS World University Rankings 2026 reytingida 801–1000 o‘rinlar oralig‘ida qayd etilgan.
Bugungi k***a bu universitetda 36 mingdan ortiq talaba, jumladan, ko‘plab xorijlik yoshlar tahsil olmoqda.
17/05/2025
Dublyaj, tarjima va raqamli media yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha “Frame” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Talabalar uchun kompaniya tomonidan “Ochiq osmon” kinoteatri tashkil etiladi.
Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/1588
07/04/2025
2025-2026-o‘quv yili uchun “Uzbekistan Airports” AJ stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi
Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/1478
04/04/2025
Toshkent davlat transport universitetida Navroʻz sayli boʻlib oʻtdi
21/03/2025
Ezgulik, yangilanish, bahor bayrami Navro'z ayyomi muborak bo'lsin!
__
Поздравляю с праздником Навруз - символом весны и обновления!