Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatida chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi hamda futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaydi.
Olg‘a, OQ BO‘RILAR, Olg‘a O‘zbekiston!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Toshkent kimyo-texnologiya institutining rasmiy sahifasi
11/06/2026
Biotexnologiya kafedrasidan 7- maqola!!!
Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan 8- maqola!!!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekani Anvar Normatov, "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari Gulnoza Djaxangirova, Madina Xamidova, kafedraning tayanch doktoranti Mohira Xamidova hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi
«CELLULAR SENESCENCE: MOLECULAR MECHANISMS AND SENOLYTIC AND SENOMORPHIC STRATEGIES» nomli maqolasi
FUNPEC-RP (Fundação de Pesquisas Científicas de Ribeirão Preto, Brazil) nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan, Scimago bo'yicha Q4 toifasidagi Genetics and Molecular Research (GMR) jurnalida nashr etildi.
Maqolani o'qish:
https://geneticsmr.com/index.php/gmr/article/view/1121
Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni ga yuborishingiz mumkin.
11/06/2026
Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib “O‘zkimyosanoat kubogi” sohibiga aylandi
III Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining “O‘zkimyosanoat kubogi” tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tgan turnirda ishtirokchilar o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin va “O‘zkimyosanoat kubogi” sohibi — Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Astrofel” jamoasi;
2-o‘rin — Maxam-Chirchiq AJning “Born to Win” jamoasi;
3-o‘rin — Yangi O‘zbekiston universitetining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi.
Mazkur intellektual bellashuv yosh mutaxassislar va talabalarning bilim salohiyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ular o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
G‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari forumning yakuniy taqdirlash marosimida qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
11/06/2026
III Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining "O'zkimyosanoat kubogi" tashkil etildi.
Bellashuvda Navoiyazot AJning “Navoiyazot AJ 1” va “Navoiyazot AJ 2”, Maxam-Chirchiq AJning “Born to Win” hamda “Alfa”, Ammofos-Maxam AJning “Olmaliqliklar” va “Ammofoschilar”, Farg‘onaazotning “Farg‘onaazot”, Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Astrofel” va “Kimyogar”, Yangi O‘zbekiston universitetining “Yangi O‘zbekiston”, shuningdek, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent filialining 1- va 2-jamoalari ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnir davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
“Zakovat” intellektual o‘yini yosh mutaxassislar va talabalar o‘rtasida bilim almashish, do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.
11/06/2026
HALOL MEHNAT — MUVAFFAQIYAT KALITI!
Halollik va mas'uliyat - jamiyat rivojining eng muhim omillari!
11/06/2026
Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari innovatsion g‘oyalarini himoyaga tayyorlamoqda
III Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi doirasida tashkil etilgan “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” xakaton tanlovining navbatdagi kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun sermahsul va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.
Tanlovda ishtirok etayotgan talabalar jamoalari o‘z innovatsion g‘oyalari ustida faol ish olib borib, ularni amaliy yechimlarga aylantirish yo‘lida muhim bosqichlarni yakunladilar. Kun davomida loyihalarning texnik va iqtisodiy jihatlari takomillashtirilib, taqdimot materiallari ishlab chiqildi hamda g‘oyalarning amaliy ahamiyatini namoyon etuvchi maketlar, prototiplar, 3D modellar va raqamli platformalar tayyorlandi.
Talabalar tomonidan ilgari surilgan innovatsion yechimlar kimyo sanoati, ishlab chiqarish jarayonlari, ekologiya, energiya tejamkorligi va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuvlarni taklif etmoqda. Jamoalar o‘z loyihalarini yanada mukammallashtirish maqsadida mentorlar va mutaxassislar tavsiyalaridan samarali foydalandilar.
Ertaga xakaton tanlovining yakuniy bosqichi — loyihalar himoyasi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari ekspertlar hay’ati oldida o‘z innovatsion g‘oyalarini taqdim etib, eng yaxshi loyiha nominatsiyasi uchun bahs olib boradilar.
Yoshlarning bilim, kreativ fikrlash va innovatsion salohiyatini namoyon etishga xizmat qilayotgan ushbu tanlov forumning eng muhim va qiziqarli yo‘nalishlaridan biri sifatida davom etmoqda.
11/06/2026
O‘zbekiston 24 radiosining “Radiomuloqot” dasturida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir Boborajabov hamda Registrator ofisi direktori Ulug‘bek Qodirov ishtirokida “Yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlari qanday ketmoqda?” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.
11/06/2026
Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi davom etmoqda
Chirchiq kimyo-industrial texnoparki hududida joylashgan “Ilg‘or muhandislik maktabi”ning “Organik sintez texnologiyasi” kafedrasida bitiruv malakaviy ishlari bo‘yicha Davlat attestatsiya komissiyasi faoliyati davom etmoqda.
Himoya jarayonlarida 60710100 – “Kimyoviy texnologiya (asosiy organik sintez texnologiyasi)” hamda 60720600 – “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (organik moddalar, kimyo va neft-gaz kimyo sanoati)” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari o‘z ilmiy-amaliy ishlarini muvaffaqiyatli taqdim etib kelmoqdalar.
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha baholanmoqda. Himoya ishlari yuqori saviyada va qizg‘in ilmiy muhokamalar ruhida o‘tmoqda.
Bitiruvchi talabalarga himoyaning keyingi bosqichlarida ham muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
11/06/2026
Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi davom etmoqda
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti “Menejment” kafedrasining 60712500 – “Marketing” (kimyo va oziq-ovqat sanoati) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boshlandi.
Himoya jarayonida talabalar marketing faoliyatini rivojlantirish, bozor tahlili, iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganish hamda kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlari bilan ishtirok etmoqdalar.
Bitiruv malakaviy ishlari Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda. Mazkur jarayon talabalar tomonidan ta’lim davomida egallangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni namoyon etishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Bitiruvchi talabalarga himoya jarayonida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
11/06/2026
Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi boshlandi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasining 60710100 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishlari himoyasi “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida boshlandi.
Himoya jarayonida komissiya raisi professor A.S.To‘g‘asharov, rais o‘rinbosari dotsent I.A.Xolov, komissiya a’zolari Sh.S.Babasadikov, M.O.Jumanova, K.S.Arifdjanova hamda korxona vakillari A.Asilov, R.Ablanova, N.To‘rayeva va N.Mursayevalar ishtirok etmoqdalar.
Mazkur himoyada F.Berdibayeva, Y.Rajitboyeva, A.Jumamuratova, R.Olimova, N.Saidmaxmudova, M.Lutfullayeva va J.Orziyev o‘z bitiruv malakaviy ishlarini taqdim etmoqdalar.
Bitiruvchilarimizga himoya jarayonida omad va yuqori natijalar tilaymiz!
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Navoiy Street 32
Tashkent
100011
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 17:00 |
| Tuesday | 09:00 - 17:00 |
| Wednesday | 09:00 - 17:00 |
| Thursday | 09:00 - 17:00 |
| Friday | 09:00 - 17:00 |
| Saturday | 09:00 - 17:00 |