TIMSS tadqiqoti javoblarini baholash jarayoniga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston ilk marotaba oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 ishtirok etmoqda.
Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazida TIMSS tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida oʻquvchilarning strukturalangan savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) jarayonlarini tashkil etish yuzasidan treninglar o‘tkazilmoqda.
Ushbu videoda matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan trening jarayonlari aks etgan.
Tadbirda soʻzga chiqqan Milliy markaz direktori Abduvali Ismailov TIMSS 2023 savollariga berilgan javoblarni baholash jarayonlari juda muhim bosqich ekanligini taʼkidlar ekan, bu borada xalqaro standartlarga qatʼiy amal qilinishi maʼlum qildi:
"Oldimizda muhim jarayonlar turibdi. Ushbu tadqiqotlar qat'iy va murakkab standartlarga asoslangan. Shuning uchun biz bir qancha bosqichlardan o'tishimiz zarur. Asosiy sinov jarayoni ortda qoldi degani tadqiqot yakunlandi degani emas. Aslida, hozir O'zbekiston haqiqatan TIMSS'da qatnashdi degan maqomga ega bo'lishi uchun mutaxassislar ishtirokida yana taxminan 1 yil faoliyat olib borishimiz lozim. Biz 2024-yilning dekabr oyida TIMSS jarayonining hisobotlari IEA tomonidan e'lon qilinganida O'zbekiston ham ushbu ro'yhatga kirishiga erishganimizda xotirjam bo'lishimiz mumkin.
Tadqiqotning texnik talablari shunday yaxshi tuzilganki, xolis bo‘lishga majbur qiladi.
Kimningdir tajribasi kamroq, kimningdir bilimi ko'proq bo'lsa, kimningdir yondashuvi boshqacharoq bo'lsa, kimdir oliy ta'limda, kimdir akademik litseyda, kimdir maktabda dars bergan bo'lsa, shunday yondashuvni bir xillikka olib kelish uchun Milliy markaz tomonidan tayyorlangan qo'llanma yordam beradi."
Milliy markaz
Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining rasmiy ka
TIMSS tadqiqoti javoblarini baholash jarayoniga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston ilk marotaba oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 ishtirok etmoqda.
Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazida TIMSS tadqiqotining maktab direktorlari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokidagi bosqichi yakunlangan boʻlib, navbatdagi – oʻquvchilarining topshiriqlarga bergan javoblarini baholash jarayoniga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
03/06/2023
Tabiiy fanlari yoʻnalishi boʻyicha TIMSS 2023 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida oʻquvchilarning strukturalangan savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) jarayonlarini tashkil etish yuzasidan treninglar boshlandi.
Dastlab ishtirokchilar “Inson tomonidan baholanadigan strukturalangan javobli savollar (TIMSS 2023 asosiy sinovi)” taqdimoti bilan tanishtirildi.
Uch kun davomida trening ishtirokchilari 4-sinf baholash yoʻriqnomasi bilan tanishish va baholash (kodlashtirish) boʻyicha amaliy mashgʻulotni bajarishadi.
31/05/2023
⚡️ Oʻzbekiston vakili IEA Bosh Assambleya vakilligiga nomzod sifatida taklif etildi
Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) ijrochi direktori Doktor Dirk Xastedt Oʻzbekistonga IEA Bosh Assambleyasiga (BA) aʼzo boʻlish taklif xatida 2023-yil sentyabr oyida Fransiyaning Versal shahrida boʻlib oʻtadigan IEA Bosh Assambleyasining 64-yillik yigʻilishida Oʻzbekiston vakili sifatida Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi direktori Abduvali Ismailov koʻrishdan mamnun boʻlishini taʼkidlar ekan, shunday degan:
“Mamlakatingiz YUNESKO va IEA qoʻshma tadqiqoti, “Reponses to Educational Disruption Survey” (REDS)da ishtirokidan soʻng Oʻzbekistondagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar milliy markazi 2021-yil global pandemiya davrida IEAning Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash (PIRLS) xalqaro tadqiqotini muvaffaqiyatli va qahramonona tashkil etdi, shuningdek, 2023-yilgi Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha tendensiyalar xalqaro (TIMSS) tadqiqotiga qoʻshildi.
IEA Bosh Assambleyasining yillik yigʻilishida faol ishtirok etish Oʻzbekistonga IEA strategiyalari va har qanday yangi tashabbuslar yoki olib boriladigan tadqiqotlarga taʼsir oʻtkazish, IEAni umumiy boshqarish va rivojlantirishda ishtirok etish hamda IEA direktorlar kengashi sifatida xizmat qiluvchi doimiy qoʻmitaga aʼzolikka saylanish huquqini beradi.
Sizni tez orada IEA aʼzosi sifatida koʻrishga va taʼlimni yaxshilash uchun oʻrganishni tadqiq qilishdek umumiy maqsad yoʻlida birgalikda ishlashga umid qilamiz".
Batafsil xabarga havola izohda
PISA 2025 dasturida O'zbekiston Avstriya bilan "Do'st" bo'ladi
PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun “Buddy” dasturi bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Unda MMTV huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi jamoasi ham ishtirok etdi
Uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning ekspertlari hamda Fransiya, Germaniya, Bruney, Avstriya, Chili, Liviya hamda O‘zbekiston mamlakatlarning milliy loyiha menejerlari qatnashdi.
“Buddy” ingliz tilidan tarjima qilganda “do‘st” so‘zini anglatadi. Dasturning maqsadi PISA da ishtirok etgan mamlakatning to‘plangan tajribalarini PISA 2025 da ilk bor ishtirok etayotgan mamlakat bilan o‘rtoqlashishi, bir so‘z bilan aytganda unga do‘st sifatida yordam berib borishini anglatadi. Bundan tashqari, mamlakatlar oʻrtasida tadqiqotga oid tushunchalar, amaliy gʻoyalar, oʻrganishlar, strategiyalar bo‘yicha tajribalar almashish hamda tadqiqotga tashkil etishga oid maslahatlar berib borishdan iborat.
Uchrashuvda har bir mamlakat uchun sherik mamlakatlar biriktirlib, O‘zbekiston uchun Avstriya jamoasi bilan PISA 2025 tadqiqotida “Buddy partner” sifatida hamkorlik qilish belgilandi.
, ,
PIRLS 2021 - Professor Ina Mallis va professor Matias fon Davier, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS ISC
TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi ijrochi direktorlari professor Ina Mullis va professor Mattias fon Davier xalqaro toʻrtinchi sinfda oʻqish natijalari boʻyicha PIRLS boʻyicha 20 yillik tendensiyalari haqida o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
, ,
PIRLS 2021 – Dirk Xastedt, IEA ijrochi direktoriI
EA vakili Dirk Xastedt xalqaro miqyosda toʻrtinchi sinfda oʻqish boʻyicha PIRLSning 20 yillik tendensiyalari haqida fikr yuritgan.
PIRLS 2021 tadqiqoti natijalari e’lon qilinadi
2021-yilda Oʻzbekiston ilk marotaba 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS tadqiqotlarida ishtirok etgan edi.
Ushbu tadqiqot Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan oʻtkazilgan edi.
Joriy yilning 16-may kuni Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan PIRLS 2021 tadqiqotining natijalari eʼlon qilinadi.
Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun izohlardagi havola orqali roʻyxatdan oʻtib qoʻyish lozim:
Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda.
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, ushbu tadqiqot Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan o'tkazilmoqda.
📊 Tadqiqotda maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etishmoqda.
📹 Ishtirokchilarning xalqaro tadqiqot haqida fikrlari bilan ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.
22/04/2023
Jizzax viloyatidagi 8 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda
Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Shu jumladan, Jizzax viloyatidan tanlab olingan 8 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.
22/04/2023
Toshkent viloyatidagi 12 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda
Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
(https://t.me/milliymarkaz/1526)Shu jumladan, Toshkent viloyatidan tanlab olingan 12 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.
22/04/2023
Sirdaryo viloyatidagi 8 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda
Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Shu jumladan, Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 8 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Telephone
Website
Address
Tashkent
100115