30/04/2021
💡Nega ko'pchilik "ikkichi"?
Yurtimiz bolalari nega 5-, 6-sinfgacha a'lochi, yuqori sinflarga o'tganlaridan so'ng bilim darajalari tushib ketish sababini topdik. Bu 'Ta'lim tizimi yoki O'tish yoshiga bog'liq emas, hammasiga 'aybdor ishonchsizlik (bid'at) 'ekan. NASA o'tqazgan Daholik tadqiqoti bergan ma'lumotlarga ko'ra 90-98% bolalar daho bo'lib, yoshlari kattalashgani sari bu 20 foizga tushib ketishini ko'rsatdi.
Nega aynan shu 14-15 yoshda bolalar ilmga qiziqishlari tushishining sababi ilmga ishonchsizlikdir. Ya'ni bola katta bo'lgan sari hayotni analiz qilishni boshlaydi. Qarasa dadasi katta domla yoki maktabda o'qituvchi yoki ilm, aql egalaridan bo'lishiga qaramay piyoda, bozorchilar oilasi esa 500 milliondan oshiq bo'lgan Tahoe, molyarchi yaqin do'stining dadasi Captivada yuradi. Najot ta'limda emas ekan degan tushuncha shakllangan bola idealini dadasidan qo'shni dadaga o'zgartiradi. Fojea shu lahzadan boshlanadi.
Bola hali Vatan, din, millatga fidoyilik, Jadid yoki mutafakkir so'zlarini tushunmaydi. U kimda zo'r uy, xashamatli mashina, so'nggi rusumdagi mobil telefonni va ularga bo'layotgan sun'iy momalalarni ko'rgan zaxoti ular to'g'ri ish qilishmoqda deb o'ylaydi! Axir biz emasmi puli ko'p, "ishbilarmon", 1xbet turkum bizneslarida obro' qozonganlarni to'rga olib chiqqan. TVda ularni kitoblarini tinimsiz aylantirib yotgan. Har xil qiliqlar ortidan millionlab obunachi yig'gan Tik-Tokchilarni "Kelajak yoshlari" deb atagan.
Endi bolalardan nolisak uyat bo'lmaydimi? Xatto Madhiya aytishga uyaladigan avlodni tarbiyalab, o'zimiz qadriyat, patriotlik nima ekanligini o'rgatmasdan, ularni o'zgarib, aql-farosatlari, maqsadlari yo'q bo'lib ketmoqda deyayotgan bizku!
Hozirgi trenddagi mavzular bo'lgan paypoq, yupka, soqol-mo'ylavga o'ralashib yurganimizda, Yevropa ilmda, samoni o'rganishda oldinlab ketayotganini ko'rib, zamon ko'tarmasa ham bor budlarini yoshlarning ta'limiga tikkan Jadidlarni, xususan Munavvarqori Abdurashidxonovni Alloh rahmat qilsin. Gapirsa gap ko'p, bularni tushunish uchun favqulodda aql yoki kuchli ilm emas, oddiygina farosat ila o'zimizga "O'zi nima qilyapmiz?" degan savol berish kifoya..🔴davomi telegramda🔴