04/07/2022
😎 Dangasalikni yengamiz
😴 Keling bugun oddiy bo’lmagan muammo ya’ni dangasalik haqida gaplashamiz. Tan olaylik, ba’zida biz kattalarda ham dangasalik bo’lib turadi. Bolalarda dangasalik tabiiy, chunki ular nima uchun o’qish, uyga vazifalarni bajarish kerak ekanligini unchalik ham tushunmaydilar.
🤓 Dangasalik bilan kurashishda kattalarda motivatsiya va maqsadlar bo’lsa, kichkinalarda esa bunday maqasadlar deyarli mavjud emas. Shuning uchun qanday qilib dangasalikni yengish yo’llarini o’rganamiz.
🎳 Demak, birinchi usul o’yinlar.
O’yinlar orqali grammatikani o’rgatish bolalarni zeriktirmaydi, tushunish oson bo’ladi. Bu usul orqali bolalarni eslab qolishi ham yengil bo’ladi.
😇 Raqobat. Hamma bolalarda g’olib bo’lish istagi bo’ladi. Agar bolalar o’rtasida musobaqalar orqali dars o’tilsa, bola qiziqib vazifalarni tez va to’g’ri bajarishga harakat qiladi.
📚 Tushuntirish. Bolaga nima uchun o’qish kerak ekanligini, kelajakda qanday muvaqqiyatlarga erishishi mumkinligini tushuntirish darkor.
✅ Shuni unutmaslik kerakki, har bir bolada bo’sh vaqti bo’lishi kerak. Bola bu vaqtni o’ynashga, o’zining qiziqishlariga sarflashga ruxsat berish kerak.
Manzil: Qorasuv-6
📍 Compass 1, 275-maktab, 3-qavat
+998909479766
Instagram | Telegram | Facebook