08/01/2022
SMM mutaxassisi kursiga start e'lon qilamiz, shu munosabat bilan sizni ochiq darsga taklif qilamiz!
⠀
Bepul ochiq dars sizda SMM sohasiga bo'lgan muhabbatni uyg'otadi❤️.
⠀
Kurs tanlayotganingizda, quyidagi savollar sizda paydo bo'lishi mumkin: "SMM qanday vazifalarni bajaradi?", "SMM menga daromad topishda yordam beradimi?", "Kursni tamomlab ishlay olamanmi?"👩💻
⠀
Barcha shubhalardan xalos bo'lishingiz va yangi sohada faoliyat yuritishga ilhomlanishingiz uchun sizga "SMM mutaxassisi" kursining BEPUL DARSI bo'lib o'tishini e'lon qilamiz, unda siz:
⠀
✅ SMM sohasi nima ekanligini tushunib olasiz
✅ Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy prinsplari va boshqa qiziqarli mavzularda ma'lumotga ega bo'lasiz.
⠀
Darsga yozilish uchun sharxlarda "➕" qoldiring va biz siz bilan bog'lanamiz.
29/04/2021
SMM SOHASIDA QANCHA DAROMAD OLISH MUMKIN?🤔
🔻Frilansdagi SMM mutaxassis qancha pul topishi mumkin?
Bu yerda boshqa kasblarda bo'lgani kabi hammasi malakaga bog'liq. Ammo SMM-menejer, agar o'zi yolg'iz ishlasa, har bir loyiha uchun o'rtacha 150 $ dan oladi. Agar u o'z jamoasi bilan (dizayner, kopirayter, fotosuratchi) kelgan bo'lsa, unda narx bir loyiha uchun 400 $ dan boshlanadi, bu ham ish sifati va malakaga bog'liq. Bitta mustaqil SMM mutaxassisi 5 ga yaqin loyihani sifatli tarzda yurita oladi. Demak, u oyiga 1000 $ dan 2000 $ gacha pul ishlashi mumkin. Ammo bu yerda o'zingizga ortiqcha baho bermaganingiz ma'qul: agar siz endigina bu sohada faoliyat yuritishni boshlagan bo'lsangiz, avval tajriba to'plab, mahoratingizni oshirishingiz va ish boshlashingiz bilan portfolioda bitta ham loyihangiz bo'lmasdan turib katta miqdordagi pulni talab qilmasligingiz kerak.
+ Frilansda ishlashning afzalliklari: kompaniyadagidan ko'ra ko'proq pul topish, erkin grafik, o'ziga o'zi xo'jayin (ya'ni rahbaringiz bo'lmaydi).
- Frilansda ishlashning salbiy jihatlari: barqarorlikning yo'qligi (bugun sizda 5 ta loyiha bor, ertaga 1 ta), yangi mijozlarni qidirish energiya talab qiladi, rasmiy ish joyi bo'lmaydi.
🔻Kompaniyada ishlaydigan SMM mutaxassis qancha pul topishi mumkin?
Marketing agentligining doimiy mutaxassisi sifatida yoki kompaniyaning marketing bo'limida ishlash jarayonida hamkasblaringiz va rahbariyatdan bebaho tajriba orttirish bilan birga siz juda yaxshi daromad topishingiz mumkin. Bunday doimiy mutaxassislarga talab juda katta, olx.uz, hh.uz, rabota.uz saytlariga kirib bunga o'zingiz ishonch hosil qilsangiz bo'ladi. O'rtacha ish haqi oyiga 3.000.000 so'mdan boshlanadi va nomzodga qo'yiladigan talablarga (ish staji, tillarni bilishi, oliy ma'lumoti va hk) qarab 8.000.000 so'mgacha yetadi.
+ Shtatda ishlashning afzalliklari: barqaror ish haqi, karyera tomonlama o'sish imkoniyati, rasmiy ish bilan ta'minlanasiz, hamkasblar yordami va ko'magi.
- Shtatda ishlashning salbiy jihatlari: erkin grafik emas, kimningdir xodimi sifatida ishlash, ish haqi frilansga nisbatan biroz kamroq
29/04/2021
SMM mutaxassisi bo'lishni istaysizmi? Unda sizni ushbu 1,5 oylik "SMM Mutaxassisi" kursiga taklif qilamiz.
💡Kursimizda Siz:
- SMM asoslari;
- Internet marketing;
- Maqsadli auditoriya tanlash;
- Ijitimoiy tarmoqlar bilan ishlash (Instagram, Facebook, Telegram, TikTok);
- Target ( Reklama sozlamalari);
- SMM post dizayn asoslari;
- Kontent tuzish;
- Mijozlarga internet tarmoqlarida to'g'ri javob berishni o'rgatamiz;
- Statistika ma'lumotlari bilan ishlash;
- Copyrighting asoslari;
- Video roliklarni tahrirlashni o'rgatamiz;
- Bir necha foydali servislar bilan ishlashni o'rgatamiz.
✔️Bu kurs kimlar uchun foydali?
📎Frilansda ish boshlashni istaganlarga.
📎Kasbingizni o'zgartirishni istasangiz.
📎Kichik biznes egasi bo'lsangiz.
💸SMM mutaxasissiga aylaning va oyiga 100$ dan 1000$ gacha daromadli kasb egasi bo'ling.
O'quv kursimiz yakunida muvaffaqiyatli imtihondan o'tgan o'quvchilarga Sertifikat beriladi, iqtidorli o'quvchilarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashamiz.
O'quv kurs davomiyligi 1,5 oy, haftada 3 kun, 1.5 soattan.
Daromadli kasb egasiga aylanishga shoshiling!
Kursda ishtirok etish uchun bizga murojaat qiling:
☎️ +998911360023
📞 +998976022919