🇺🇿Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Indoneziya davlatida KOMODO xalqaro olimpiadasining final roundida qatnashmoqda!
🏆11 nafar oʻzbekistonlik oʻquvchi ayni vaqtda xalqaro KOMODO MATH COMPETITION FINAL bosqichida ishtirok etish uchun Indoneziyaning Bali oroliga tashrif buyurishgan.
🎥Ushbu tashrif doirasidagi jonli videolavhalarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
➡️ https://t.me/khiso/5467?comment=236327
📌Navbatdagi olimpiadalar orqali yurtdoshlarimiz Avstraliyaning Sidney shahriga FINAL olimpiadasida ishtirok etish uchun borishlari mumkin! Keyingi xalqaro olimpiadalar haqida batafsil:
➡️ https://t.me/khiso/5487
KHISO maktabi
🏆Chempionlardan o'rganing, chempion bo'ling!
🧠 Respublika bo‘ylab 1000 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar bilimlar jangida qatnashdi. 🔥
🎓 25-yanvar kuni Respublika bo‘ylab 1–11-sinflar o‘rtasida oflayn tarzda 9-KHISO olimpiadasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. O‘quvchilar xalqaro YOZGI MAKTAB yo‘llanmasi uchun muhim reyting ballarini qo‘lga kiritishdi. Shu kuni 11-yanvar kuni o‘tkazilgan Copernicus xalqaro olimpiadasi hamda 8-KHISO olimpiadasi g‘oliblari ham taqdirlandilar.
📘 Navbatdagi reyting ballarini taqdim qiluvchi va FINAL bosqichi Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkaziladigan IMEC (matematika) hamda SEO & JEO (Senior/Junior English Olympiads) olimpiadalarining saralash bosqichlari Respublikamiz bo‘ylab 8-fevral kuni oflayn tarzda o‘tkaziladi.
🏆 Oʻquvchilar ikkala olimpiadada qatnashish orqali xalqaro YOZGI MAKTAB yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ballarini to‘plab, Sidney shahrida o‘tkaziladigan FINAL bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlari mumkin
📍Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish: offline.khiso.uz sayti orqali boʻladi.
23/01/2026
Taqdirlash marosimi
🏆Taqdirlash marosimi va iqtidorli oʻquvchilar bilan ochiq suhbat!🌟
⚡️ 17-yanvar kuni Xorazmda bir nechta olimpiadalar, xususan 11-yanvar kuni o‘tkazilgan COPERNICUS va KHISO olimpiadalarining taqdirlash marosimlari o‘tkazildi.
🥇 Taqdirlash marosimida fizika-matematika fanlari doktori, ko‘plab olimpiadachilarning ustozi Karim Raximov, siyosatshunos olim Hamid Sodiq va KHISO olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev oʻquvchilarning muvaffaqiyatida olimpiadalarning oʻrni va foydasi, yangi yil uchun kelgusi rejalar haqida ochiq muloqot tashkil qildi.
⚡️ Navbatdagi olimpiada 25-yanvar kuni o‘tkaziladi, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://t.me/khiso/5440
🏆 Boshqa hududlarda taqdirlash marosimi aynan olimpiada o‘tkaziladigan k***a bo‘lib o‘tadi!
📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring: https://t.me/khiso/5440
21/01/2026
🎉 1 k***a 2 ta olimpiada va xalqaro olimpiadaning taqdirlash marosimi!
📌 11-yanvar kuni ketma-ket oʻtkazilgan 8-KHISO olimpiadasi va Copernicus xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qilgan Toshkent shahrida joylashgan Turin Politexnika Universitetiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
🎓 Olimpiadalarda Respublika bo‘ylab 1300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi va ularning ba’zilari Nyu-York hamda Dubayda bo‘lib o‘tadigan Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🏅 Shu kuni 21-dekabrda o‘tkazilgan KOMODO xalqaro olimpiadasining ham taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📊 Reyting ballarini taqdim qiluvchi mavsumning 9-KHISO olimpiadasi 25-yanvar kuni Respublikamiz bo‘ylab 1–11-sinflar o‘rtasida oflayn tarzda o‘tkaziladi.
📍Murojaat uchun admin:
⚡️ Ikki haftalik tanaffusdan keyin siz kutgan olimpiada!
📆 Navbatdagi olimpiadamiz 25-yanvar (yakshanba) kuni soat 9:00 da bir vaqtda Respublikamizning barcha hududlarida (Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) o‘tkaziladi!
📌 Olimpiadada 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar bir vaqtda o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
❓ O‘quvchilarga bu safar 20 ta matematika (80 ball) va 10 ta ingliz tili (20 ball) savollar beriladi.
⏳ Shoshiling, barcha olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish 24-yanvar kuni soat 18:00 da yakunlanadi!
ℹ️ Oflayn olimpiadalarga offline.khiso.uz platformasida akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
📌 Respublika bo‘ylab oʻtkaziladigan manzillar: ➡️ https://khiso.taplink.ws
📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.
➗ G‘oliblar medallar va diplomlar taqdirlanadi.
📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2026" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉
07/01/2026
🎁BEPUL yoʻllanmani qoʻlga kiritsangiz,🗽Nyu-Yorkka borasizmi yoki Dubayga?
🗓11-yanvar kuni butun dunyo boʻylab, shu jumladan Respublikamiz boʻylab ham oflayn tarzda 1–11-sinflar oʻrtasida Copernicus xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi oʻtkaziladi.
🏆Ushbu saralash bosqichida oʻzining kategoriyasida 🌎dunyo boʻyicha eng yosh boʻlgan va eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar yozda Nyu-York yoki Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan 🌟Global Final bosqichida BEPUL ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritishlari mumkin.
📝Copernicus xalqaro olimpiadasiga hoziroq roʻyxatdan oʻting va🎯shu kuni oʻtkaziladigan 8-KHISO olimpiadasida BEPUL ishtirok eting! ➕ Ikkala olimpiada natijalari ham umumiy reyting ballariga qoʻshiladi.
❗️Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish:
🌐 offline.khiso.uz
31/12/2025
✨2026-yil chinakam xayrli va barakali yil bo‘lsin! ✨
⚡Kirib kelayotgan 2026-yil barchamiz uchun muvaffaqiyatli yil bo‘lsin. Yurtimizda tinchlik, xotirjamlik va farovonlik bardavom bo‘lsin.
🇺🇿Taʼlimda qilinayotgan islohotlar o‘z samarasini berib, 2⃣0⃣2⃣6⃣-yildan boshlab yurtimizda bilimli yoshlar yana ham ko‘paysin. Xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida ilmga bo‘lgan muhabbat yanada oshib, kelgusida al-Xorazmiy, al-Buxoriy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa buyuk ajdodlarimiz kabi dunyoni ilm bilan tebratadigan avlodlar yetishib chiqsin! Davlatimiz rahbari taʼkidlagan 3-Renessansni bizning yoshlar qurishiga ishonamiz!📚
💫Har bir xonadonda sihat-salomatlik, ertangi kunga ishonch, qilinayotgan ishlarda baraka bo‘lsin. 2026-yil yurt ravnaqi yo‘lida harakat qilayotgan barchaning mehnati o‘z natijasini bersin!
🏆O‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida ulkan natijalarga erishib, o‘zbek yoshlari nafaqat sportda, balki taʼlimda ham dunyoda yetakchi o‘rinlarda ekanini isbotlash nasib qilsin! 🌍
✨Yangi yil hammaga qutlug‘ kelsin! Hurmat bilan, KHISO olimpiada maktabi jamoasi!✨
🎯Copernicus xalqaro olimpiadasi saralash bosqichida kimlar ishtirok eta oladi?❓
📹Videoni oxirigacha ko‘rib chiqing! Ushbu saralash bosqichi haqida sizni qiziqtirgan ko‘plab savollarga aynan shu videoda javob topishingiz mumkin. 👀
🗓11-yanvar (yakshanba) kuni
🇺🇿O‘zbekiston bo‘ylab va 🌐 butun dunyoda 1–11-sinflar o‘rtasida Copernicus xalqaro olimpiadasining oflayn 2-saralash bosqichi o‘tkaziladi.
🏆Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar:
🇦🇪2026-yil iyun oyida — Dubayda,
🇺🇸iyul oyining oxirida — Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan 🌟 Global Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
📊Ushbu saralash bosqichi natijalari ham reyting ballariga qo‘shiladi.
🎁31-dekabrgacha bayram munosabati bilan 💸 arzonroq narxda onlayn ro‘yxatdan o‘ting va 🆓shu kuni o‘tkaziladigan 8-KHISO olimpiadasida BEPUL ishtirok eting!
❗️Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish:
🔣 https://offline.khiso.uz/
❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma (havola ustiga bosing!):
📲 https://t.me/khiso/5059
❗️Respublika bo‘ylab oʻtkaziladigan manzillar (khiso taplinkni ustiga bosing!):
📌 https://khiso.taplink.ws/
❗️ Savollar bo‘lsa, murojaat qiling:
❓ https://t.me/khiso_admin
📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring:➡️
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Toshkent Halqa Yo‘li, 7-uy
Tashkent
100001
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 19:00 |
| Tuesday | 09:00 - 19:00 |
| Wednesday | 09:00 - 19:00 |
| Thursday | 09:00 - 19:00 |
| Friday | 09:00 - 19:00 |
| Saturday | 09:00 - 19:00 |
| Sunday | 11:00 - 18:00 |