Tashkent State university of economics

Tashkent State university of economics Tashkent state university of economics | Official page

QS⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
(1)

22/09/2026

“Huquq maktabi” – Huquqiy bilimlar endi mobil ilovada!

Zamonaviy va interaktiv “Huquq maktabi” mobil ilovasi orqali huquqiy bilimlarni o‘rganish yanada qulay va samarali bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘i asosida hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquq maktabi” mobil ilovasi — Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy huquqiy ta’lim platformasidir.

Platforma keng auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, huquqiy savodxonlikni oshirish, bilimlarni mustahkamlash hamda amaliy maslahat olish imkonini yaratadi.

Ilovaning asosiy imkoniyatlari:

- 53 ta kurs, 179 ta fan, 122 ta bo‘lim, 458 ta dars
- “Bolalar uchun”, “Abituriyentlar uchun”, “Keng aholi qatlami uchun”, “O‘qituvchilar uchun” maxsus kurslar
- Turli kasb egalari uchun 43 ta, abituriyentlar uchun 107 ta huquqiy mavzuda kontent
- Yuridik atamalar lug‘ati – sodda va tushunarli izohlar bilan
- “Huquqiy maslahat” – tezkor va aniq yuridik yordam
- “Huquqiy yangiliklar” – qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar
- “Viktorinalar” – testlar va interaktiv o‘yinlar
- “Yuridik kutubxona” – qonunlar, kodekslar va normativ hujjatlar to‘plami
- “Yuridik soha” – huquqshunoslik tarixi va rivojlanishi
- Huquqiy podkastlar – dolzarb savollar va amaliy javoblar

“Huquq maktabi” ilovalari:

Veb Sayt: Havola (https://huquqmaktabi.uz/)
Android: Havola (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi)
IOS: Havola (https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269)
Telegram kanali: Havola (https://t.me/huquq_maktabi)
Ro’yxatdan o‘tish yo’riqnomasi: Havola (https://www.canva.com/design/DAHAWGlL_VY/Gai7ug5Dd8AmwzQBvfqypA/watch?utm_content=DAHAWGlL_VY&utm_campaign=designshare&utm_medium=link2&utm_source=uniquelinks&utlId=hdbaa5ecc84)

   TDIU rektori tarixiy natijaga erishgan talaba-murabbiyni tabrikladiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, ...
22/09/2026



TDIU rektori tarixiy natijaga erishgan talaba-murabbiyni tabrikladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich 3-shaxmat paralimpiadasida O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasini tarixiy natijaga olib kelgan, universitet talabasi, terma jamoa bosh murabbiyi va sardori Shermuhammadov Samandar Nurilla o‘g‘lini mazkur yutuq bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda talabaning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati universitet jamoasi uchun ham faxrli ekani ta’kidlanib, unga kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilandi.

  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy daraja izlanuvchilarining 2026-yil III chorakdagi ilmiy faoliyati mon...
22/09/2026



Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy daraja izlanuvchilarining 2026-yil III chorakdagi ilmiy faoliyati monitoringi o‘tkazildi

Monitoring universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G. Abduraxmanova rahbarligida ishchi komissiya a’zolari, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, kafedralarning ilmiy ishlar bo‘yicha mas’ullari hamda izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari ishtirokida tashkil etildi.

Batafsil saytda (https://tsue.uz/oz/news/toshkent-davlat-iqtisodiyot-universitetida-ilmiy-daraja-izlanuvchilarining-2026-yil-iii-chorakdagi-ilmiy-faoliyati-monitoringi-otkazildi)

21/09/2026



TDIU tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda xalqaro turizm festivali o‘tkaziladi!

25-26-sentabr kunlari Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” IV xalqaro festivali o‘tkaziladi (https://t.me/tsueuzofficial/28494).

Anjuman Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkillashtirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Ikki kunlik tadbir davomida hududning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro treninglari, Tuproq qal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert hamda “Ichan qal’a” tarixiy majmuasi bo‘ylab ekskursiya o‘tkaziladi.

‘iston

18/09/2026

Prezident Nukusda yoshlar ijrosini tingladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahriga tashrifi davomida kortej koʻchada toʻxtab, Prezident koʻchada sayr qildi. Jonli ijroda “Mendirman oʻsha” qoʻshigʻini kuylayotgan nukuslik yoshlar Davlatimiz rahbari eʼtiborini tortdi.

 Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandiHukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bos...
18/09/2026



Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-8491380) bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlash tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) ishlar, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari hamda amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Nizomga ko‘ra:

▪️ magistratura bosqichida kadrlar ishlab chiqarish dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil muddatda tayyorlanadi;

▪️ ta’lim jarayoni magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarida tashkil etiladi;

▪️ magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbar xulosasi, plagiatga yo‘l qo‘yilmaganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (sertifikat) taqdim etiladi hamda dissertatsiya “Yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi;

▪️ amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik g‘oyasi, amaliy-ijodiy asar yoki boshqa turdagi ishni tayyorlab, himoya qiladi;

▪️ ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi va himoya qiladi;

▪️ magistrlik dissertatsiyasining mavzusi, qisqacha annotatsiyasi va himoya kuni oliy ta’lim tashkiloti veb-saytida e’lon qilinadi.

📌 Shuningdek:

➖ magistraturada ta’lim jarayoni bakalavriat negizida, kadrlar buyurtmachilari ishtirokida va kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan aniq magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi;

➖ ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida magistrlarni maqsadli tayyorlash amalga oshiriladi;

➖ magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi ilmiy tadqiqot ishining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti, Fanlar akademiyasi yoki tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot yoxud ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin;

➖ oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuviga muvofiq magistrlik dissertatsiyalarini ikki nafar talaba hamkorligida, fanlararo bog‘liqlik asosida tayyorlashga ruxsat etiladi.

 Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bi...
18/09/2026



Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.

📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.

❌ Chegirma:
▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;
▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ;
▪️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
▪️xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida;
▪️ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

📝 Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.

📲 Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.

⏳Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.

Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

TDIU va Hilton Tashkent City o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti va besh y...
18/09/2026

TDIU va Hilton Tashkent City o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va besh yulduzli Hilton Tashkent City mehmonxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash va soha talablariga mos malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

Memorandum doirasida talabalarning Hilton Tashkent City mehmonxonasida amaliyot o‘tashi, mehmonxona mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb etish, mahorat darslari va treninglar tashkil etish hamda bitiruvchilar bandligiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. Mazkur hamkorlik ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirib, talabalar uchun xalqaro mehmonxona biznesining ilg‘or tajribasini bevosita o‘rganish imkoniyatlarini kengaytiradi.

     ’alabaTarixiy natija: TDIU talabasi boshchiligidagi O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada tarixiy g’ala...
17/09/2026

’alaba

Tarixiy natija: TDIU talabasi boshchiligidagi O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada tarixiy g’alabani qo‘lga kiritdi!

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 3-shaxmat paralimpiadasida O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi. Musobaqada 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etib, yurtimiz sharafini 3 ta tarkib munosib himoya qildi.

Mazkur tarixiy muvaffaqiyatda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Masofaviy va 2-oliy ta’lim fakulteti Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi, O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi bosh murabbiyi va sardori, Osiyo chempioni, Xalqaro FIDE Master Shermuhammadov Samandar Nurilla o‘g‘lining munosib hissasi bor. Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasi ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, yakunda 11 ochko bilan faxrli 3-o‘rinni egalladi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija O‘zbekiston parashaxmati tarixida Olimpiadadagi ilk g'olib sifatida qayd etildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va jamoasi nomidan Shermuhammadov Samandar Nurilla o‘g‘lini hamda O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi a’zolarini ushbu tarixiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu muvaffaqiyat universitetimizda nafaqat yetuk ilmiy va kasbiy salohiyatga ega kadrlar, balki xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan iqtidorli va muvaffaqiyatli sportchilar ham tahsil olayotganining yorqin ifodasidir.

TOMOSHA QILISH (https://youtu.be/JY5QiV9y40I?si=1qEzwkwzrJd1GjL-)

14/09/2026



Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar tomonidan oliy ta’lim sifatini ta’minlash, akkreditatsiya jarayonlarining zamonaviy yondashuvlari hamda xalqaro tajribaga oid taqdimotlar davom ettirilmoqda.

Address

100066, Toshkent Shahri, Islom Karimov Ko'chasi 49
Tashkent
100066

Telephone

+998712344626

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tashkent State university of economics posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Tashkent State university of economics:

Shortcuts

Share