22/10/2023
🏫🏫🏫
📝📝📝
Toshkent shahar Chilonzor tumani 173-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Ijodiy darslar" haftali doirasida tarix fani o'qituvchisi M.F.Meliyeva tomonidan "Tarix fanida o'quvchilar bilimini tezkor baholashda ekspress testlarning o'rni" mavzusida 9-"V" sinfida mashg'ulot tashkil qilindi. O'qituvchi "Pickers.com" sayti orqali o'quvchilarni tezkor baholash, "Bo'shliqlarni to'ldir " metodi bilan xronologiya bilan ishlash, "Gemeta" metodi orqali fanlararo integratsiya jarayonlarini dars mashg'ulotida ko'rsatib berdi.
Qiziqarli va foydali tashkil qilingan dars o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini shakllantish yo'lidagi vosita bo'ldi.