11/02/2022
♻️ Bu formulani bilarmidingiz ?
9️⃣0️⃣ Birjada 90/90/90 deb atalgan formula bor. Bu degani 90% treyderlar 90 kun ichida 90% kapitalini yo'qotadi.
❓ Nega aynan shunday?
🔹 Chunki ko'pchilik odamlar treydingga internetdagi chiroyli, boylik va
hashamatli hayotni va'da qiluvchi reklamalar orqali kirib keladi.
🔹 Ular treyder bo'lish juda oson va bir ikki marta mashq qilish orqali hamma ham eplab ketadigan kasb deb o'ylashadi.
🔹 Lekin bu xomhayollarni bozor bir zumda yo'qqa chiqaradi. Haqiqiy treyder bo'lish uchun ko'p o'qish, analiz qilishni o'rganish, xato qilish va shu xatodan to'g'ri hulosa chiqarib strategiya tuzish, riskni boshqara olishni bilish kerak.
✅ Agarda siz ham shu formula haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz ➕ qoldiring.
11/02/2022
👁 Ko'zi ojiz treyder
🔹 Lora Sloeyt - 405 mln$ lik aksiyalar portfelini boshqargan, o'zining shaxsiy Sloate Weinsman & Co. investitsion fondiga ega, hamda Strong Value (xatto 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz davrida ham 13% daromadga chiqa olgan) investitsion fond boshqaruvchi bo'lgan ko'zi ojiz treyder ayol.
🔹 Lora Sloeyt 6 yoshida ko'z nuridan ayrilgan, lekin bu unga iqtisod va investitsiyalarga bo'lgan qiziqishini so'ndirmagan. U grafiklarni ko'ra olmasada hayolan miyasida bemalol aksiyalar qiymati va bozordagi narx o'zgarishlarini aniq analiz qila olgan.
🔹 Eng qizig'i Lora iqtisod magistrligi diplomini olgach Uoll Stritda ishlash orzusi bilan yirik investitsion kompaniyaga ishga kirish uchun suhbatga borganda uni ishga olmaslik sabab: "birinchidan sen - ayol kishisan, ikkinchidan - ko'zing ko'r va uchinchidan tajribang yo'q" deb aytishadi.
🔹 Lekin bunday qarshiliklar Loraga yetuk iqtisodchi va treyder bo'lishiga to'sqinlik qila olmaydi. U "Ko'zi ojizlik - bu to'siq emas balki sizga boshqa nostandart yechim izlab topish uchun turtki holos" deb aytadi.
🤔 Xo'sh siz qanday fikrdasiz ?
👇 Izohlarda yozib qoldiring.
09/02/2022
🤔 Siz bu haykal haqida bilarmidingiz ?
🐃 Deyarli hamma treyderlarga tanish bo'lgan Wall Stritdagi "Hujumdagi buqa" haykali 1989-yilda ilk bor Nyu York Fond Birjasi binosi yoniga o'rnatiladi.
▫️ Haykal 1987-yildagi 'birjadagi ulkan inqirozga qarshilik bildiruvchi va aksiyalar narxini yana ko'tarilishiga umid bag'ishlovchi' timsol sifatida maxsus, mashhur haykaltarosh Di Modika tarafidan yasalgan.
▫️ Hozirgi k***a bu haykal shaharning eng gavjum turistik nuqtalaridan hisoblanadi. Buqa bilan rasmga tushish uchun uzundan uzun navbat kutish kerak.
▫️ Chunki bu mashhur haykal ko'plab filmlar orqali nafaqat treyderlarga balki oddiy odamlarga ham tanilgan.
📸 Oramizda ham bu haykal bilan rasmga tushishni niyat qilgan treyderlar bormi?
07/02/2022
🚫Kambag'allik diplomsizlikdan emas.
Jeffrey Preston Bezos
📆 (1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan; tugʻilgan paytidagi ismi Jeffrey Preston Jorgensen), Amerikalik investor. Bezos Amazon.com, Inc.'ning asoschisi, CEO'si va prezidenti boʻlib, 2019-yil mart oyi tahliliga koʻra Forbesning Dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida $131 milliard boyligi bilan birinchi oʻrinda turadi.
🅰️ Jeff yaxshiroq nom topish ilinjida Oksford lug‘atini varaqlab chiqadi va «Amazonka» so‘ziga duch keladi. Bu dunyodagi eng katta daryo (Bezos ham o‘z do‘konini dunyoda eng kattasi bo‘lishini niyat qilgan), shuningdek, «A» harfidan boshlanadi (u vaqtlarda «Google» bo‘lmagan va foydalanuvchilar yangi saytlarni onlayn-kataloglar orqali qidirgan) — barchasi bitta suratda mujassam. «Amazon.com» 1994-yilning noyabrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tarmoqda 1995-yilda paydo bo‘ladi.
💰 Jeff Bezosning boyligi 180 milliard dollar. Bu esa Qo'shma Shtatlardagi top 100 universitetlar endaumentining 40% ini tashkil qiladi. Bezos shunchalar boyki, u uchun 1.9 million dollar xuddi 1 dollardek gap.
❓ Jeff Bezos haqida yana qanday ma'lumotlarni bilasiz?
👇 Izohda qoldiring!
05/02/2022
ءبدالله, [05.02.2022 13:30]
[Переслано от ءبدالله]
🎥 Treyderlarga atalgan top 3 filmlar.
1️⃣ "Baxt izlab"
2006 - yilda ishlangan bu film haqiqiy voqealar asosida olingan. Yolg'iz ota o'g'lisi bilan barcha qiyinchiliklarni boshidan kechiradi va o'z brokerlik kampaniyasini ochib millionlar ishlab oladi.
2️⃣ "Tovlanmachi"
1999 - yilda ishlangan bo'lib, bu film ham haqiqiy voqealar asosida olingan. Banklarni bankrot bo'lishi va turli janjallarni o'zida namoyish etgan film.
3️⃣ "Qozonxona"
2000 - yilda ishlangan film. Umuman olganda film agressiv sovuqqon marketing, qo'ng'iroqlar va aksiyalar haqida.
4️⃣ "Uoll Strit: Pul uxlamaydi"
2010-yilda ishlangan film. Gordon Gekko qamoqdan chiqadi va yosh savdogarning boyib ketishiga yordam beradi. Kapitalizm tuzilishi haqidagi film.
5️⃣ "Uoll Strit bo'risi"
2013-yilda ishlangan bo'lib, 1987-yil Jordan Belfort muvaffaqiyatli investitsiya banki uchun brokerga aylanadi. Dow Jones to'satdan qulashi bilan bank yopiladi.
🔥Bu top filmlar treyderlarni e'tiborini chetda qoldirmaydi.
👀 Hoziroq ko'ring va kuchli treyderga aylaning.
03/02/2022
💡 Rossiyalik investorlar umumiy qiymati 16,5 trillion rubl (214 milliard dollar) bo‘lgan kripto-aktivlarga ega, deb yozadi Bloomberg Kreml va hukumat amaldorlarining hisob-kitoblariga tayanib.
🌐 Bu qiymat global kriptovalyuta bozori kapitallashuvining taxminan 12% va Rossiya fond indekslari kapitallashuvining 30% ni tashkil qiladi. Endi nima uchun Rossiya hukumati kriptovalyuta sektorini tartibga solishni maqsad qilgani va uni taqiqlamasligi aniq bo'ladi.
◻️ Baholash o'tgan oy eng yirik kriptovalyuta birjalari va boshqa manbalar foydalanuvchilarining IP manzillarini tahlil qilish orqali amalga oshirildi. Avvalroq Davlat Dumasining moliya bozori qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov rossiyaliklarga tegishli aktivlar qiymatini hisoblash haqida ma’lum qilgan va 5 trillion rubl miqdorini ko‘rsatgan edi.
✅ TripleA Singapur pul o'tkazmalari xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya Federatsiyasining 17 million fuqarosi kriptovalyutalarga ega, bu mamlakat umumiy aholisining 12 foizini tashkil qiladi. Raqamli aktiv egalarining yoshi asosan 25-44 yoshni tashkil qiladi. Shuningdek, kriptovalyuta sohasida 500 000 dan ortiq rossiyalik muhandis va dasturchilar ishlayotgani qayd etilgan.
🇷🇺 Rossiya investorlari uchun kriptovalyutalarning umumiy qiymati treyderlar kripto birjalari bilan ishlashda VPN-lardan tez-tez foydalanishlari sababli ancha yuqori bo'lishi mumkin.
01/02/2022
💎 Sizga bunday imkoniyat berilishini istarmidingiz?
🌕 1983-yilda treyderlar Richard Dennis va Uilyam Ekxart o'rtasida - "Har qanday odam ham treydingda muvaffaqiyatga erisha oladimi yoki buning uchun maxsus qobiliyatga ega bo'lishi kerakmi?" - degan masalada tortishuv bo'ladi va ular garov o'ynashadi.
🌕 Garovga ko'ra - treyder Richard Dennis treydingan umuman xabari bo'lmagan 13 ta har xil toifadagi insonlarni ikki hafta mobaynida o'zining savdo strategiyasi bo'yicha o'qitadi. Bu strategiya "Toshbaqalar strategiyasi" deb tanilgan edi.
🌕 Ikki haftalik o'qish jarayoni tugagach u har bir o'quvchisiga o'zining hisobidan 1mln$ dan savdo qilish uchun beradi. Agar o'quvchilar foydaga kirishsa foydadan 85% i R. Dennisga tegishli bo'lishi kerak bo'lgan, qolgan 15% esa bo'lajak treyderga!
🌕 Natijada bir oylik savdo jarayonlaridan so'ng Richard Dennis garovda yutib chiqadi. Chunki uning 13 ta o'quvchisidan 10 tasi 100% natija ko'rsatib 175mln$ daromadga chiqishadi.
🌕 O'quvchilar bir oy davomida maksimum 12 ta savdo bitimidan ko'p bitim tuzmasliklari kerak bo'lgan. Lekin ular qanday instrumentda savdo qilishlarini o'zlari tanlashlari mumkin edi.
🌕 Tajribadan ilhomlangan R. Dennis va U. Ekxart keyinchalik yana shu usul bilan 10 ta o'quvchini yetishtirib chiqarganlar.
Ularning eng yosh o'quvchisi Kurtis Feys 2007-yilda shu tajriba haqida "Toshbaqalar yo'li" nomli kitobini chiqaradi.
🌕 Agar sizga ham shunday imkoniyat berilsa, ya'ni bir muddatli o'quv kursi va 1500$ depozit, siz undan qanday foydalangan bo'lardingiz ?
👉 Shu kabi depozitlar sizni qiziqtirgan bo'lsa ➕ qoldiring
28/01/2022
‼️ Siz uchun kerakli bo'lgan ma'lumot!
Chek-list sizga ishingiz unumdorligini va sifatini oshirishga yordam beradi
✅ Albatta chek-list individual tarzda tuziladi (treyderning darajasiga qarab albatta)
👉 Ushbu muammo sizda ham bormi? Unda sizni CTI Investga taklif qilamiz
26/01/2022
Hech narsa siz o'ylaganchalik oson emas 🔥
Har doim ham hamma rejalarimiz biz kutgandek oson amalga oshmaydi 😑
Buning uchun albatta mehnat va sabr toqat zarur
Ayniqsa TREYDERLIK kasbida 📊
24/01/2022
Bular sizga sir emas albatta 👇🏻
📲Biz raqamli texnologiyalar davrida, dunyoni tanib bo'lmaydigan darajada o'zgarayotgan zamonda yashayapmiz.
⠀
📆Bugungi k***a, butun dunyo dahshatli epidemiya bilan kurashayotgan bir paytda ,raqamli texnologiyalar har qachongidan ham dolzarb bo'lib bormoqda. Xususan, texnologiyalar bizga aloqada bo'lishga, so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishga va hatto uydan chiqmasdan pul ishlashga yordam beradi.
⠀
📊 Treyding - karantin davrida eng muhim sohalardan biri hisoblanadi , chunki u nafaqat masofadan turib ishlash va o'rganish imkoniyatini beradi, balki odamlar bilan bo’lgan aloqani cheklaydi va virus bilan kasallanish xavfini kamaytiradi.
⠀
Vahimaga berilmang, karantin paytidagi vaqtingizni unumli o’tkazing!🙌🏻
28/12/2021
💸 Ko'proq foyda olishingiz uchun
🧠 Har bir treyder uchun belgilarni bozorda shakllanishini bilib olish muhimdir. Belgilar treyderning tendensiyalarini aniqlash va kelajakdagi natijalarini bashorat qilishda muhimroqdir.
🔺Ularni orasida albatta Uchburchakli belgilar muhim ahamiyatga ega, chunki ular aksiya yoki narx ko'tarilayotgan bozorning davomiyligini ko'rsatishga yordam beradi
Uchburchakli belgilarning 3 turi mavjud
-Ko'tarilish
-Tushish
-Simetrik
▫️Ko'tarilgan uchburchak - bu narx ko'tarilishi kutilayotgan aksiya bozori
▫️Tushayotgan uchburchak - Pastga tushishni kutadigan bozor shakllanishi
❓Simetrik uchburchak haqidagi ma'lumotlar esa Cti investning "Trade sohasiga kirish" kitobida
Kitob haqida ma'lumot olish uchun izohlarda ➕ qoldiring.
24/12/2021
Bularni bilarmidingiz 🧐
Agarda siz Forexda savdo qiladigan bo'lsangiz bularni bilish sizga faqat foyda ☑️
🔹Ijtimoiy jarayon (misol uchun pandemiya, forex bozorida neft narxini keskin tushishiga olib keldi)
🔹Iqtisodiy statistika
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) eng ko'rinarli iqtisodiy statistik bo'lishi mumkin, chunki bu mamlakatning iqtisodiy ko'rsatkichlari va quvvatining asosidir.
🔹Siyosiy yangiliklar
Forex savdogarlari milliy hukumatlarning iqtisodiy siyosatidagi o'zgarishlarni kutish uchun doimiy ravishda siyosiy yangiliklar va voqealarni kuzatib boradilar. Bularga davlat xarajatlaridagi o'zgarishlar va muayyan tarmoqlar yoki tarmoqlarga nisbatan tartibga solishni o'zgartirish kiradi
Trading bo'yicha bilimlaringizni “Cti.Invest” kurslarida yanada oshirib mutaxasis bo'lishingiz mumkin !
Kurslar haqida ma'lumot olish uchun izohlarda ➕ qoldiring