12/08/2024
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun kirish imtihoni sanasi aniq bo'ldi
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihoni 2024-yilning 20-avgust kuni soat 8.00 da O‘zMU Matematika fakulteti binosida bo‘lib o‘tadi.
Tayyorgarlik uchun savollar:
1. Yurisprudensiya: biznes huquqi (o‘zbek tili)
2. Yurisprudensiya: biznes huquqi (rus tili)
3. Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha)
4. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
5. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
6. Gidrologiya
7. Gidrometeorologiya
8. Meteorologiya va iqlimshunoslik
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
09/06/2024
🏛 Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida Talabalar o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha "Rektor kubogi" 2-tur bahslari bo'lib o'tdi fakultetimiz sharafini himoya qilayotgan yigitlarimiz bu turda ham g'alaba qozonib guruhda 6 ochko to'plagan holda keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal etishdi. Yigitlarimizga keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz
Jurnalistika 1:6 Gidrometeorologiya
09/06/2024
Gidrometeorologiya fakulteti “Chorbog’” o’quv amaliyot bazasida talabalar o’rtasida
⚽️ Sportning futbol turi bo’yicha natijalar:
🥇1-o’rin “Gidrometeorologiya” yo’nalishi;
🥈2-o’rin “Meteorologiya va iqlimshunoslik” yo’nalishi;
🥉3-o’rin “Gidrologiya” yo’nalishi.
♟️Sportning Shaxmat turi bo’yicha umumiy natijalar:
🥇1-o’rin Xolpo’latov Yashnar
🥈2-o’rin Qambarov Shoxrux
🥉3-o’rin Eraliyev Davron
🧩 Sportning Shashka turi bo’yicha umumiy natijalar:
🥇1-o’rin Tursunqulova Sevinch
🥈2-o’rin Ne’matov Olmos
🥉3-o’rin O’ktamov Oybek
07/05/2024
O‘zMUda san’at festivali o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy imkoniyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish maqsadida, an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “O‘zliging namoyon qil!” nomli san’at festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda barcha fakultetlardan 100 nafarga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Qatnashuvchilar musiqa, qo‘shiqchilik, raqs, teatr va aktyorlik mahorati, parodiya san’ati, milliy liboslar ko‘rgazmasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.
Rektor boshchiligidagi universitet rahbariyati ham mazkur festivalda mehmon bo‘ldi. Iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqs-parodiyalar, namoyish etilgan sahna tomoshalari, ko‘rgazmalar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
14/03/2024
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
📢📢📢📢📢 🟩🟩🟩
🌍💧22-MART - BUTUNJAHON SUV KUNIGA BAG’ISHLANGAN “SUV VA IQLIM O’ZGARISHI” MAVZUSIDAGI QUYIDAGI ONLAYN TANLOVLARNI E’LON QILAMIZ:
🌊 💧 “Suv-bu hayot!” mavzusidagi posterlar tanlovi;
🌊 “Iqlim o’zgarishining O’zbekiston suv resurslariga ta’siri” mavzusidagi maqolalar tanlovi;
🌊 “Suv va iqlim o’zgarishi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi.
Qabul qilish muddati: 15-martgacha.
Qabul qiluvchi:
14/03/2024
Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida tarixiy maʼlumotlar (1-qism)
Boʻr davri (135-65 mln yil ilgari) - Yer sayyorasi boʻyicha havo harorati hozirgidan 6-7 ° C yuqori boʻlgan.
Paleogen davri (65-22 mln yil ilgari) va neogen (22.5-1.2 mln yil ilgari) - harorat doimiy ravishda kamayib borgan.
Pleystotsen davri (qariyb 700 ming yil ilgari) - davr boshida yuqori kengliklarda oʻrtacha yillik haroratning 10-15 °C gacha pasayishi roʻy bergan.
Muzlik davri - global harorat 5°C ga pasaygan va muzliklar qoplami Yevropa hamda Shim. Amerika hududlariga ancha chuqur kirib borgan.
Shu singari yangiliklar, tarixiy faktlar haqida quyidagi telegram kanaldan o'qishingiz mumkin
Doʻstlaringizga ham ulashing👇👇
Bizning kanal:📝
13/03/2024
Pamir tog'laridagi muzlik va qorlardan ko'rinish
10/03/2024
Joriy yilning 16-18-mart kunlari "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
👉 👈
01/03/2024
🔹Bugun Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida hamda bahorning ilk kuni munosabati bilan “Yoshlar festivali" o'tkazilmoqda.
🔹Mazkur festival doirasida “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi, “Gulxan atrofida" mushoira kechasi hamda ijodkorlar tanlovi, noodatiy musobaqa – “Shashlik day” musobaqasi tashkil etildi.
🔹 Unda Gidrometeorologiya fakulteti jamoasi ham ishtirok etdi va “Shashlik day” musobaqasida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritishdi🎉🎉
🔹Ushbu muvoffaqqiyat bilan fakultet sha’nini himoya qilgani uchun Gidrologiya yo’nalishi talabasi Sattorov Eldorga fakultet nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
23/02/2024
ЎзМУ мустақил тадқиқотчиси Хакимова Зилола Фазлиддиновнанинг география фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертация иши ҳимояси бу́либ у́тди.
22/02/2024
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Batafsil:👉
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони