FiskalYoshlari

FiskalYoshlari

Share

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO'MITASI HUZURIDAGI
FISKAL INSTITUT

03/06/2023

Talaba yoshlar uchun tabiat bag‘rida ko‘ngilli xordiq chiqarish imkoniyati.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir 2023-yilning 2-iyun kuni “Moviy gumbazlar” xiyobonida boshlanish arafasida!

Konsertga kirish bepul.

Sizlarni ham kutib qolamiz !

Photos from FiskalYoshlari's post 03/06/2023

🇺🇿 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🔺 Inson huquqlari - bola huquqlaridan boshlanadi. Davlatimiz - Jannatmakon Oʻzbekistonda bolalar, ularning qiziqishlari, huquq va manfaatlariga alohida eʼtibor qaratiladi. "Bola huquqlari" toʻgʻrisidagi konvensiya ratifikatsiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini taʼsis etilishi buning yaqqol namunasidir.

☑️ Fiskal institutda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🎉 Ushbu tadbirda institut xodimlarining farzandlari uchun psixologik treninglar, rasm chizish musobaqasi, sport estafetalari tashkil etildi. Bolajonlar bayramni yuqori kayfiyatda nishonladilar.

Photos from FiskalYoshlari's post 03/06/2023



Bilimni buyuk, o‘quvni ulug‘ bil,
Bu ikkisin tanlangan bandasini ulug‘laydi.
Zakovat qayerda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘ladi,
Bilim kimda bo‘lsa buyuklik oladi.

✍️ Yusuf Xos Hojib

☑️ Fiskal institut sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

✔️ Qiziqarli savollarga boy boʻlgan oʻyinda jamoalar oʻz intellektlarini namoyish etib, bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

🔹 Oʻyin natijalariga koʻra:

🥇 SST S 06-22 jamoasi 1-oʻrinni;
🥈 SST S 07-22 jamoasi 2-oʻrinni;
🥉 SST S 08-22 jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

🏆 Gʻolib jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

03/06/2023

☑️ Fiskal institutda tashkil etilgan "Toshkent xalqaro soliq haftaligi 2023"

Photos from FiskalYoshlari's post 03/06/2023

📄 "Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari"

✔️ Fiskal institutda 18-20 may kunlari bo‘lib o‘tgan "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida "Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

💠 Ushbu konferensiyada iqtisodiyot sohasiga oid qator masalalar ko‘rib o‘tildi. Jumladan:

🔵 Iqtisodiyotni raqamlashish sharoitida soliq ma'murchiligi: tendensiyalar, istiqbollar, rivojlanish ustuvorliklari;

🔵 Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari;

🔵 Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy sohalarni rivojlantirishda matematik uslublar va ma'lumotlar ilmi;

🔵 Raqamli texnologiyalar davrida gumanitar fanlar va chet tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari.

💫 Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida tashkil etilgan bo‘lib, bunda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari D.Sultonov, Soliq qo‘mitasi rais o‘rinbosari J.Abdiyev, Rossiya Federal soliq xizmati rais o‘rinbosari Y.Shepeleva hamda MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Photos from FiskalYoshlari's post 03/06/2023

🔥Xalqaro Tanlov - "TaxinTashkent 2023" g‘oliblari taqdirlandi!

✔️ Bir necha yildirki MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilib, an'anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagi bosqichi ham samarali o‘tkazildi. Toshkent sharhridagi Fiskal institutda "Xalqaro soliqqa tortish" yo‘nalishida o‘tkazilgan "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

💠 Kuni kecha "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida o‘tkazilgan tanlovning yarim final va final bosqichi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan yig‘ilgan talaba-yoshlar o‘zlarining soliq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

🔹 Tanlov yakuniga ko‘ra:

🥇 1-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi;
🥈 2-o‘rinni Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoa;
🥉 3-o‘rinni Fiskal institut hamda Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti jamoalari qo‘lga kiritdilar.

💠 Shuningdek, ingliz tilida bo‘lib o‘tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida Fiskal institut talabalari 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar, g‘oliblik esa Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.

Photos from FiskalYoshlari's post 30/05/2023

📌 "TaxinTashkent 2023" tanlovining 1/8 bosiqch o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘yin yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar:

🟣 Fiskal institut;
🟣 Toshkent iqtisodiyot universiteti;
🟣 Tojikiston davlat moliya va iqtisodiyot universiteti;
🟣 Sibir Federal universiteti;
🟣 Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti;
🟣 Moskva moliya-yuridik universiteti
🟣 Toshkent davlat yuridik universiteti;
🟣 Qozog‘iston milliy universiteti.

Photos from FiskalYoshlari's post 30/05/2023

✔️ "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasida "TaxinTashkent 2023" tanlovining ochilish marosimida Fiskal institut qo‘shma ta'lim dasturi hamkorlari - Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti "Soliq, audit va biznes analiz" fakulteti dekan o‘rinbosari V.Machexin so‘zga chiqib, yoshlarning kelgusi ishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoldi.

🔹 Shuningdek, universitet vakillari M.Pinskaya hamda L.Grundel tadbirda so‘z olib Moliya universiteti va Fiskal institut o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanib borishini ta'kidlab, tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.

Photos from FiskalYoshlari's post 26/05/2023

☑️ Fiskal institutda "Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi 2023" start oldi!

🇺🇿 Joriy yilning 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "TaxinTashkent 2023" tanlovida ishtirok etish uchun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalaridan mutaxassis va talabalar Fiskal institutga tashrif buyurdilar.

💠 Tanlovning ochilish marosimida Fiskal institut Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori K.Yusupov so‘zga chiqib tanlov haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdi. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi "Xalqaro soliq munosabatlari" boshqarmasi boshlig‘i U.Azizov tanlov ishtirokchilariga omad va zafarlar tilab qoldi.

💠 Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya ham tadbirda so‘zga chiqib xalqaro tanlovning uchinchi yil o‘tkazib kelinayotgani va yil sayin ishtirokchilar saviyasi ortib borayotganini faxr bilan so‘zlab tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address


100173, Toshkent, Uchtepa Tumani, Kichik Xalq Yo'li, 3-bino
Tashkent