19/09/2026
🎤 “SAHNA SENIKI!” — ISTE’DODLAR SAHNAGA CHIQDI
🇺🇿 Yuqorida ta'kidlaganimizdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “SAHNA SENIKI!” nomli jonli ijrodagi qo‘shiqlar tanlovining ilk soni o‘tkazildi.
🎶 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini namoyon etish uchun imkoniyat yaratish hamda milliy qo‘shiqchilik san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat.
🎤 Tanlovda 100 dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etish istagini bildirgan bo‘lib, ilk sonda ularning 13 nafari sahnaga chiqib, o‘zlarining ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar.
✨ Ishtirokchilar tomonidan turli janr va yo‘nalishlardagi qo‘shiqlar jonli ijroda taqdim etilib, ularning sahna madaniyati, ijro mahorati, ovoz imkoniyatlari hamda musiqiy qobiliyatlari namoyon bo‘ldi.
👥 Tanlovda “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — O‘zbekiston xalq hofizi, professor Beknazar Dusmurodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Xurriyat Isroilova hamda o‘qituvchi Samandar Sobirov hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etdi.
🎼 Ular ishtirokchilarning chiqishlarini jonli ijro mahorati, talaffuz va intonatsiya, sahna madaniyati, shuningdek, tanlangan asarning ijro xususiyatlari asosida xolislik bilan baholab bordilar.
Tanlovning birinchi soni yakunlariga ko‘ra:
An'anaviy xonandalik ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi Diyorjon Isomiddinov
1-o'rin;
An'anaviy xonandalik ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi Bahora Jabborova
2-o'rin;
An'anaviy xonandalik ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi Asror Sotiboldiyev
3-o'rin egasiga aylanishdi hamda final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
✨ Har bir ijro o‘ziga xosligi, samimiyligi va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turdi. Yosh ijodkorlar uchun yaratilgan ushbu loyiha ularning sahna tajribasini oshirish va o‘z iste’dodlarini keng namoyish etishlari uchun muhim maydon bo‘ldi.
❗️Eslatib o'tamiz, tanlov davom etadi. Keyingi sonlarda Siz ham ishtirok eting!
🏆 Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
“SAHNA SENIKI!” — yosh iste’dodlar uchun yangi imkoniyatlar, yangi sahna va yangi marralar sari yo‘l!
🎤 Qadrli ijodkor yoshlar, sahna — sizniki!