Malaka oshirish instituti

Malaka oshirish instituti JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH
VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITU

Sirdaryoda tinglovchilar ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildiSirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan ko‘chma ma...
24/09/2026

Sirdaryoda tinglovchilar ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi

Sirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan ko‘chma malaka oshirish kursi doirasida sentabr oyi tinglovchilari uchun sport musobaqalari o‘tkazildi.

Guliston shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabining sport maydonlarida tashkil etilgan musobaqalarda tinglovchilar futbol, voleybol hamda arqon tortish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Mazkur sport musobaqalari Institut sport targ‘ibotchisi A. Beknazarov hamda professor O. Jumanov tomonidan tashkil etildi.

Musobaqalar davomida tinglovchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Bunday sport tadbirlari tinglovchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

⚖️ “Huquqiy zakovat” — huquqiy bilim va zukkolik bellashuviO‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarb...
22/09/2026

⚖️ “Huquqiy zakovat” — huquqiy bilim va zukkolik bellashuvi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xodimlar va tinglovchilar o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.

📚 Bellashuv davomida ishtirokchilar huquqiy bilimlari, topqirligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazib, turli savol va topshiriqlar asosida o‘zaro bellashdilar.

Tadbir huquqiy bilim va madaniyatni oshirish, mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

“HUQUQIY ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI🏛 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini...
21/09/2026

“HUQUQIY ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI

🏛 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti xodimlari o‘rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Institut xodimlari orasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

📅 22-sentabr
⏰ 15:00
Bellashuv davomida xodimlarning huquqiy bilimlari, mantiqiy va tezkor fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

❗️Huquqiy bilim — huquqiy madaniyat va faol fuqarolik pozitsiyasining muhim asosidir!

BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni ko‘rib chiqildiO‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport...
18/09/2026

Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi mudiri J. Pulatov tayanch doktorant G. Valiyevaning psixologiya yo‘nalishida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Suhbat davomida tadqiqotning borishi, talab etiladigan hujjatlarning mavjudligi va yuritilishi ko‘rib chiqilib, ishlarni yanada tizimli olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📚 Ilmiy izlanishlarda izchillik — sifatli natijaning muhim omili.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindiTurkiyaning Kırıkkale universiteti Sport fanlari fakulteti Trenerlik ta’limi kafe...
18/09/2026

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Turkiyaning Kırıkkale universiteti Sport fanlari fakulteti Trenerlik ta’limi kafedrasi mudiri, professor doktor Pelin Aksen O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida institutdagi sport inshootlari va o‘quv xonalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, majlislar zalida uchrashuv va muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida ilmiy-tadqiqotlar olib borish, darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, tajriba almashish, shuningdek, ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ta’lim muassasalarining faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

🎓 Ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi!📢 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qa...
16/09/2026

🎓 Ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi!

📢 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2027-yil uchun doktorantura va tayanch doktoranturaga hujjatlar qabuli boshlandi.
📚 Doktorantura:
13.00.04 — Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
🎓 Tayanch doktorantura:
13.00.04 — Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi;
19.00.03 — Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (Sport psixologiyasi);
19.00.05 — Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Hujjatlar DARAJA.ILMIY.UZ (https://daraja.ilmiy.uz/) yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.

Arizalar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ilmiy izlanishlaringizni yangi bosqichdan boshlang!

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

🔬 Ilm-fan va innovatsiya — taraqqiyot sari muhim qadamOliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun  Ilmiy ish...
16/09/2026

🔬 Ilm-fan va innovatsiya — taraqqiyot sari muhim qadam

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, professor O. Hayitovning “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” moduli doirasida navbatdagi dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Dars davomida ilmiy faoliyatni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy tadqiqotlar va oliy ta’limdagi ilmiy salohiyatni oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

 | “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”Mualliflar: Jumanov O.S., Tolametov A.A. va Umirzakova O.E.O‘quv qo‘llanma...
16/09/2026

| “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”

Mualliflar: Jumanov O.S., Tolametov A.A. va Umirzakova O.E.
O‘quv qo‘llanmada jismoniy tarbiya darslari, sport turlarida hakamlik, musobaqalarni tashkil etish hamda darslarni tahlil qilishga oid muhim ma’lumotlar jamlangan.
📖 Endilikda ushbu qo‘llanma Institut elektron kutubxonasiga joylashtirildi.

👉 Kitobni ko‘rish (http://kitob.sportedu.uz/uz/Books/sportda-jismoniy-rivojlanganlik-darajasini-o-lchash)

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

🌐 FARGʻONA FILIALIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDAO‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi...
15/09/2026

🌐 FARGʻONA FILIALIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga braziliyalik Jiu-Jitsu murabbiyi Davison Almeida de Souza hamda jiu-jitsu mutaxassisi Abdulhafiz Ahmadaliyev tashrif buyurdi.
🤝 Tashrif davomida mehmonlar filialda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv auditoriyalari hamda sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
🥋 Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport, xususan, Jiu-Jitsu va grappling yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashish, ilmiy-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish, trener va mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

 👏Ko‘krak nishoni muborakInstitutning Nukus filiali "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kaf...
15/09/2026



👏Ko‘krak nishoni muborak

Institutning Nukus filiali "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Z.Klicheva, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida ishtirok etib, Xalq manfaatlari yolidagi xizmatlari uchun- BUYUK XIZMAT-OLIY SHARAF xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ustozni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Nukus filiali jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz va kelgusidagi ilmiy ishlarida omad tilaymiz.

MINSPORT INSTITUT matbuot xizmati:

Address

Shayxontohur Tumani, Ko‘kcha Darvoza Ko‘chasi, 27-uy
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 15:00

Telephone

+998712423087

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Malaka oshirish instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Malaka oshirish instituti:

Shortcuts

Share