PDP University

PDP University

Share

🏢 University specialized on IT education

☎️ 78-777-77-47

Photos from PDP University's post 20/02/2026

PDP Unversity bilan yangi imkoniyatlar!

Kuni kecha Student Exchange dasturi doirasida Qozog‘istonning nufuzli Nazarboyev universitetida bir semestr davomida tahsil olgan talabalarimiz universitet rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, quyidagi yo‘nalishlarda taqdimot o‘tkazdilar:

🔹 Innovatsion boshqaruv: Ta’lim jarayonini tashkil etishdagi zamonaviy usullar;
🔹 Talabalar hayoti: Universitetdagi ijtimoiy muhit va faollik;
🔹 Raqamlashtirish: Ta’limni avtomatlashtirish bo‘yicha yangi takliflar.

Ushbu xalqaro tajriba oliygohimizda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro standartlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🚀

19/02/2026

🌙 Ramazon oyining muborak boshlanishi bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!

🤲 Bu oy mehr-muruvvat va saxovat oyidir. Ushbu oyda qiladigan ezgu amallaringiz, duolaringiz qabul bo‘lsin va qalbingizga yorug‘lik, ruhingizga tinchlik kirib kelsin.

✨PDP EcoSystem nomidan barchangizga sog‘lik, baxt va barakali Ramazon tilaymiz!

06/02/2026

⚡️PDP University talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi!

Universitetimizning “Axborot va raqamli texnologiyalar” fakulteti 3-bosqich talabasi Salimbay Yelimuratov Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

Salimbay Yelimuratovni yutug’i bilan tabriklaymiz va ilmiy hamda professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Photos from PDP University's post 04/02/2026

🎓 Tezis va ilmiy maqola — bu shunchaki topshiriq emas, karyerangiz tomon tashlangan katta qadam

Grantlar, magistratura, doktorantura va kuchli akademik portfolio aynan shu yerda boshlanadi.

Agar ilmiy yo‘nalishda o‘smoqchi bo‘lsangiz, bu mavzu siz uchun muhim.

🚀 Tez orada bu mavzuda online master-klass ham bo‘ladi.
Kuzatib boring!

24/01/2026

📚 Ta’lim — kelajakning eng katta kuchi.

Bugun — Xalqaro ta’lim kuni, bilim va taraqqiyot qadriyatlari e’tirof etiladigan sana.

Ta’lim insonni o‘zgartiradi, inson esa jamiyatni o‘zgartiradi.

Biz esa har bir talabaning salohiyatini ochish va ularni kelajakka tayyorlash yo‘lida ishlashda davom etamiz.

PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!

14/01/2026

🇺🇿 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

PDP University jamoasi nomidan yurtimiz tinchligi, xavfsizligi va barqaror kelajagi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha himoyachilarni ushbu sharafli bayram bilan samimiy tabriklaymiz.

Sizning fidoyiligingiz, jasoratingiz va mas’uliyatingiz — kelajak avlod uchun mustahkam poydevordir.
Barchangizga sog‘lik, kuch-quvvat va doimo yuksak g‘alabalar tilaymiz!

Bayramingiz muborak! 🇺🇿💪

26/12/2025

🚀 “InnovAItion Hack-2025”

28–29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “InnovAItion Hack-2025” tanlovida PDP University talabasi Diyorbek Oralbayev “Vitality” jamoasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘alaba qozonishdi.

Ikki kunlik hakaton davomida ishtirokchilar sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar ustida ishlab, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishdi. Yakunda Diyorbek Oralbayev jamoasi 45 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi.

👏 G‘oliblarimizni tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilaymiz!

Photos from PDP University's post 27/11/2025

🎉 PDP University Students’ Union – yangi tarkib bilan!

Bugun PDP University’da talabalarning ovozi, tashabbusi va faolligini birlashtiradigan Students’ Union’ning yangi rahbariyati shakllantirildi.

📘 Students’ Union tarkibi:

Xabibullo Xamidov — President
Sobirjon Abdurasulov — Vice President
Ozodbek Lapasov — Head of Sports
Ilhomjon Begboyev — Head of Finance
Ro‘zimuhammad Artikov — Head of Education
Dilnoza Ashurova — Head of Events
Shohjahon Tuychiyev — Assistant

🌟 Yangi tarkibni samimiy tabriklaymiz!

PDP University hayotida yangi g‘oyalar, yangi loyihalar va talabalik muhitini yanada boyitadigan tashabbuslar aynan shu jamoa bilan amalga oshiriladi.

Photos from PDP University's post 26/11/2025

Kuni kecha, 24-noyabr kuni PDP University hamda KPI.com va Zaytra.ai rahbariyatlari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va IT-biznes integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha quyidagi muhim kelishuvlarga erishdilar:

🎓 Talabalar amaliyoti. Zaytra.ai kompaniyasida amaliyot o‘tayotgan talabalarimiz bilan ishlashning yangi bosqichlari belgilab olindi.

🎙 Guest Lecture. Tez kunlarda KPI.com rahbari Muzaffar Karabayev ishtirokida talabalar uchun maxsus “Mehmon ma’ruzasi” tashkil etiladi.

📚 Ekspertlar darsi. Universitetimizda o‘tkaziladigan ma’ruzalarda KPI.com’ning yetakchi mutaxassislari spiker sifatida qatnashadilar.

💻 Real loyihalar. Universitet laboratoriyasida amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun kelgusi oylarda real loyihalar ustida ishlash imkonini beruvchi maxsus dastur ishga tushiriladi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga kelishib oldilar va rasmiy Memorandum imzolandi.

25/11/2025

🎓 Farzandingizning ta’lim jarayonidan xabardor bo‘lish endi yanada oson!

PDP University taqdim etayotgan orqali siz farzandingizning ta’limdagi muvaffaqiyatlari va faoliyatini real vaqt rejimida kuzatib borishingiz mumkin.

📌 Bot orqali siz quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin:

• Farzandingizning davomatini;
• Bilim darajasi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari;
• Baholar va imtihon natijalari.

❗️Siz botdan to‘liq foydalanishingiz uchun telefon raqamingizni bizga quyidagilar orqali yuborishingiz mumkin:





☎️ | +998 78 777 74 75

- farzandingizning har bir yutug‘idan xabardor bo‘ling!

✅PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!

Photos from PDP University's post 24/11/2025

📌 PDP Universitetida ustozlar bilan navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ta’lim sifati, kuratorlik tizimi, talabalarning dars jarayonidagi ishtiroki va ichki tartib-intizom masalalari bo‘yicha muhim taklif va fikrlar muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, ta’lim jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator yechimlar ishlab chiqildi.

PDP University — raqamli ta’lim va zamonaviy kelajak sari ishonchli qadam!

18/11/2025

🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Davlat Bayrog‘i kuni muborak!

Bugun biz Vatanimizning sha’ni, g‘ururi va mustaqilligini ifoda etuvchi muqaddas ramzimiz — bayrog‘imizni nishonlaymiz.

Bayrog‘imiz baland, yuragimizda Vatan sevgisi mustahkam bo‘lsin!

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Улица Янги Сергели, 12/1
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 00:00 - 23:59
Tuesday 00:00 - 23:59
Wednesday 00:00 - 23:59
Thursday 00:00 - 23:59
Friday 00:00 - 23:59
Saturday 00:00 - 23:59