03/03/2022
Kredit foizlari va muddatlari haqida chuqurroq ma’lumot bering
Bugungi k***a AQSHda aholiga uy-joy sotib olish uchun beriladigan 30-yillik ipoteka kreditini yiliga 3-5 foiz atrofida olish mumkin.
Albatta buning uchun kredit olish talablariga javob berish kerak. Quyidagi link o’rtacha 30-yillik ipoteka krediti haqida tarixiy ma’lumotni grafik shaklida beradi:
https://fred.stlouisfed.org/series/MORTGAGE30US
Qisqaroq muddatga olinadigan 20-yillik yoki 15-yillik ipoteka krediti foizlari yanayam kamroq bo’ladi. Quyidagi grafik AQSHda beriladigan 15-yillik ipoteka kreditining o’rtacha foizi haqida tarixiy ma’lumotni ko’rsatadi:
https://fred.stlouisfed.org/series/MORTGAGE15US
Quyidagi jadval o’rtacha avtomobil kredit foizlarini ko’rsatadi. Ko’rib turganingizdek, kredit skori yuqori bo’lgan insonlar uchun beriladigan kredit foizi anchagina past. Bu kretitlar 5-, 6- va 7-yillik muddatga berilishi mumkin.
https://www.nerdwallet.com/article/loans/auto-loans/average-car-loan-interest-rates-by-credit-score