05/02/2022
TOPIK imtihoni birinchi bor 1997-yilda o’tkazilgan va imtihonni 2 274 kishi topshirgan. Boshida bu imtihon yiliga bir marotaba o’tkazilgan. 1997-1998-yillarda TOPIK imtihoni Koreya izlanishlar fondi (KRF) tomonidan boshqarilgan. 1999-2010 yillar oralig’ida esa KICE tashkiloti qo’l ostida bo’lgan.
2007-yilda Koreya hukumati Xitoyning koreys millatiga tegishli chet elliklar uchun Biznes TOPIK (B-TOPIK) imtihonlarini tashkil etishni buyurgan. Bu imtihondan o’tish uchun ular 400 balldan eng kamida 200 ball to’plashlari kerak bo’lgan.
Avvallari TOPIK imtihoni 4 bosqichdan iborat bo’lgan. Bu bosqichlar – so’z boyligi (어휘), grammatika (문법), yozish (쓰기) va esh*tish (듣기). Har bir bosqichda 100 ballgacha berilib, jami 4 ta bosqich 400ballik tizimni tashkil etgan.
TOPIKni o’zi ham ikki turga bo’lingan – Standart TOPIK (S-TOPIK) va Business TOPIK (B-TOPIK). Imtihon 3 xil daraja uchun alohida imtihonlar qilgan. Bular – boshlang’ich (초급, 1-2), o’rta (중급, 3-4) va yuqori (고급, 5-6) darajalarni o’z ichiga olgan.
2012-yilda TOPIK imtihoni qatnashchilari soni 150 000 ta bo’lgan va o’sha yilgacha jami 1 million kishidan ortiq inson ushbu imtihonni topshirishgan.