TITU Official 2022

TITU Official 2022

Share

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti - sifatli taʼlim, zamon bilan hamnafaslik va farovon hayot sari yoʼldir !

24/05/2025
Photos from TITU Official 2022's post 11/03/2025

🏢Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti katta o‘qituvchisi Nizamova Xilola Boxodir qizining “Comparative analysis of English and Russian compliments” nomli monografiyasi nashr qilindi.

✨Ushbu monografiya ingliz va rus tillaridagi komplimentlarning lingvopragmatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda komplimentlarning semantik, sintaktik va pragmatik jihatlari o‘rganiladi.

✨Monografiya tilshunoslik, pragmatika, madaniyatshunoslik va qiyosiy tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, shuningdek, lingvopragmatikaning amaliy jihatlariga qiziqqan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

Photos from TITU Official 2022's post 07/03/2025

Photos from TITU Official 2022's post 04/03/2025



🟤O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan “Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan” yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari Rektorlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

🟤Mazkur sport tadbiri “Vazir kubogi” nomi ostida o‘tkazilib, unda rektorlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hamkorlikni mustahkamlash maqsad qilingan. Musobaqa mini futbol, stol tennisi va shaxmat yo‘nalishlarida tashkil etildi.

🟤Musobaqada Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti rektori Shavkat Mavlanov faol ishtirok etdi. U stol tennisi musobaqasida qatnashib, o‘zining sportga bo‘lgan mehrini va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi.

12/02/2025

⏩Startap & IT loyihachilar bo’yicha⏪

 “Future programmer” TANLOVI!     
     
Tanlovning asosiy maqsadi:

Universitetda iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Qo’yiladigan talablar:
▶️Web sayt yaratish (erkin ijodiy ishlanma);
▶️Mobile ilova yaratish (ixtiyoriy sohada);
▶️Elektron kitob yaratish (e-book).

Muddati: 14-mart 2025-yil Batafsil: titu.uz rasmiy telegram kanalida

03/02/2025

’lon

TALABALAR VA PROFESSOR-O’QITUVCHILAR DIQQATIGA!!!

🏢Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti, “Iqtisodiyot” fakulteti tashabbusi bilan universitetimizda 15- fevral, soat 10:00 da Bepul Mock IELTS (paper-based) o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

🔹Mazkur imtixonda Tinglash, O’qish, Yozish va So’zlash (Listening, Reading, Writing & Speaking) komponenetlari bo’yicha o’z bilimingizni va til bilish darajangizni bilishni xohlasangiz bizga murojaat qiling (Telegram )

🔹Registratsiyadan o’tish uchun link orqali ro’yhatdan o’ting joylar chegaralanganligini eslatib o’tamiz (Murojaat uchun Telegram )

Tashkilotchilar:
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani Kucharov Jahongir
Eshchanova Go’zal va Nizamova Xilol

Photos from TITU Official 2022's post 13/12/2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi.
Quvonarlisi Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi sirtqi ta’lim 4-bosqich talabasi Munasipova Sevara Nuriddin qizi I.Karimov nomli stipendianti sohibasi bo‘ldi.
Stipendiant Munasipova Sevara Nuriddin qizi va ilmiy rahbari Prof. J.Kucharovni barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar nomidan tabriklaymiz!

Photos from TITU Official 2022's post 17/08/2024

🌟O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 24.07.2024 yildagi № 327619-sonli litsenziyasi asosida ochilgan ushbu muassasa “TOSHKENT IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI” Namangan manzili sifatida qabul jarayonlari davom etmoqda!

📜Litsenziya (№ 327619 24.07.2024 y.)

Murojaat uchun:

📞 +99897-822-00-51
📞 +99888-822-00-53
📞 +99897-822-00-52
📞 +99888-822-00-54

❗️Manzil: Namangan shahri, Oromgoh MFY, Shimoliy aylanma yo'li ko'chasi, 46-uy

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Website

https://t.me/titu_uz

Address


Tashkent
100097