20/11/2021
Mebelchilar ta'lim oladigan maskan
Mana 2 oydirki mebel va yog'ochsozlik bo'yicha kurslar tashkil qilmoqdamiz, mebelchilarga ta'lim berishni, mebel sanoatini birgalikda rivojlantirishni oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.
Ushbu sohaga talab kattaligi sabab, kurslar ochilishi haqida e'lon qilganimizdan so'ng, ko'plab mebel sohasiga qiziquvchilar bizga aloqaga chiqishdi, ular tezroq ilm olishni, kurslar tezroq boshlanishini kutishmoqda.
Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda shuni ma'lum qilamizki, ba'zi kurslar shu yilning o'zida ochilishi rejalashtirilgan, qolganlari esa keyingi yilning boshlariga mo'ljallangan.
Kurs boshlangunga qadar siz azizlarga, darslarimiz bo'lib o'tadigan binoni (kollejni) ko'rsatmoqchimiz, ma'lumot uchun darslar asosan shu kollejda bo'lib o'tadi, manzil esa Olmazor tumani, A.Nabiyev ko'chasi qurilish kolleji (qora oyna kolleji)
Batafsil ma'lumot uchun:
📞: 55 500-66-64