03/10/2021
📮Dunyoning top o’ntaligiga kiruvchi nufuzli savdo kompaniyalari faoliyatining asosiy qismi veb-saytlar orqali amalga oshiriladi. Chunki, ular o’z sahifalarida kompaniya xizmatlari, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga taqdim etish hamda mijozlarni mahsulotlar haqida yil bo’yi, kecha-yu kunduz xabardor qilishlari mumkin. Bu bevosita ishning samaradorlik koeffitsiyentini oshiradi.
🔖 Bilamizki, bir vaqtlar ko’plab tashkilotlarning faoliyati haqida ommaga batafsil ma’lumotlarni yetkazish uchun turli reklama bannerlari yoki kataloglar tayyorlangan va uni xalqqa taqdim etish uchun ma’sullar tayinlangan. Endilikda bu kabi ishlarning barchasini birgina veb-saytda mujassamlashtirish imkoni mavjud. Bu esa ortiqcha harakat hamda xarajatning yo’qolishini anglatadi.
Kompaniya va tashkilotlar o’z veb-saytiga ega bo’lishining yana bir qulay tomoni shundaki, faoliyatga doir hujjatlar, topshiriqlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlar saytga joylashtirilsa, kompaniya rahbariyati va uning xodimlari kerakli ma’lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet orqali olishlari mumkin bo’ladi.
Ammo, shuni unutmasligimiz kerakki, saytning qanday ko’rinishga ega ekanligi ham juda muhim rol o’ynaydi. Saytning odatiy shablonlardan yiroqligi, ya’ni lending, tashrif sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, internet-do’konlar kabi eng asosiy funksiyalarni o’zida jamlagan shaklda emas, aksincha, nostandart yechimlarga ega eksklyuziv va mukammal veb-saytning mavjudligi kompaniya imidjini belgilaydi.
Veb-sayt bugungi k***agi samarali faoliyat uchun suv va havodek zarur bo'lib turgan bir paytda uni yaratadigan dasturchilarga ham ehtiyoj katta. Serdaromad kasbni egallash uchun avval uni yaxshilab o'rganish talab etiladi: ishonavering, SIZ dasturchilikni professional darajada "ICT academy" o'quv markazida o'rganishingiz mumkin!
📲 Murojaat uchun:
+998951430013
+998883338806
📩 T.me/ictacademyadmin