20/09/2026
20-sentyabr — Butunjahon tozalik kuni
Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasining 2023-yil 8-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan Butunjahon tozalik kuni sifatida e’lon qilingan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab atrof-muhitni asrash va chiqindilarni mas’uliyatli boshqarish muhimligini eslatib turadi.
Butunjahon tozalik kuni odamlarni hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni kamaytirish, ularni saralash va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi.
Ekologik madaniyatni shakllantirish esa bolalikdan boshlanadi. Shu bois ta’lim jarayonida o‘quvchilarda tozalik, tabiatga ehtiyotkor munosabat va ekologik mas’uliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi barchani atrof-muhit tozaligiga o‘z hissasini qo‘shishga va tabiatni asrashga chorlaydi.
Zero, toza atrof-muhit — sog‘lom hayot va barqaror kelajak garovidir.