COLBA Maktabi

COLBA Maktabi Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktab
- Kimyo va biologiya
- Ingliz tili va IELTS
- 6-10-sinflar

📞 +998781137818

Colba maktabi umumiy qiymati 1 mlrd so'mlik Ta'lim granti e'lon qiladi!⚡️Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan ilk xususiy makt...
30/07/2024

Colba maktabi umumiy qiymati 1 mlrd so'mlik Ta'lim granti e'lon qiladi!

⚡️Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan ilk xususiy maktab- Colba maktabi tabiiy fanlarga qiziqishi bor yigit-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Grant e'lon qiladi.

Bundan ko'zlangan maqsad, jamiyatimizda iqtidori va qobiliyati yuqori bo'lgan o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, o'quvchilarni yuqori standartlarga muvofiq ta'lim olishga undashdan iborat.

🎉Unga ko'ra, Colba maktabida ayni paytda tahsil olayotgan va Colba maktabida o'qishni maqsad qilib qo'ygan yigit-qizlar Grant asosida o'qishlari mumkin bo'ladi.

Grant uchun nomzodlar maxsus ommaviy 2 bosqichli sinovdan o'tishlari kerak bo'ladi.

1- bosqichda o’quvchilar ma’lumotlarini ro’yxatdan o’tkazgandan so’ng, onlayn platforma orqali imtihon topshirishadi. 1-bosqichdan o’tgan o’quvchilar 2-bosqichda oflayn tarzda imtihon topshirib, suhbatdan o’tishadi.

🏆 Barcha sinovlardan o’tgan o’quvchilarning natijalariga qarab 10%, 20%, 25%, 40%, 50%, 60%, 75%, 80%, 90%, 100%lik grantlarni qo’lga kiritishlari mumkin.

(Colba maktabida ayni paytda tahsil olayotgan o'quvchilar ommaviy imtihonda qatnashmaydi. Grant uchun ulardan yakuniy imtihon natijasi bo'yicha ballari inobatga olinadi va shunga ichki tartibda grant taqdim etiladi.)

1-bosqichdagi imtihon matematika, ingliz tili, biologiya va kimyo fanlaridan tuzilgan test bo'yicha bo'lib o'tadi.

*Faqatgina 6-7-sinf o'quvchilari matematika va ingliz tilidan imtihon topshiradi.

📍Grant yutgan o'quvchilar uchun darslar oflayn formatda Toshkent shahridagi Colba maktabida bo'lib o'tadi.

🥳Siz ham bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Bu grantda taʼlim olishga loyiq ekanligingizni isbotlang va tibbiyot sohasi tomon qadam tashlang!

Colba grantida ishtirok etish uchun izohdagi havola orqali ro'yxatdan o'ting. 👇

Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 10-avgust sanasigacha davom etadi.

📞 Tel: +998781137818

Biologiya fanidan “Colba bilimdonlari” musobaqasi Colba maktabida 18-may sanasida biologiya fanidan “Colba bilimdonlari”...
23/05/2024

Biologiya fanidan “Colba bilimdonlari” musobaqasi

Colba maktabida 18-may sanasida biologiya fanidan “Colba bilimdonlari” jamoaviy musobaqasi bo’lib o’tdi. 💪

Ushbu musobaqada o’quvchilarimiz 5 ta: Tanishtiruv sharti, Krossword, Labirintdan chiqing, Zakovat savollari va Blitz savollar shartlari yuzasidan o’zaro bellashdilar.

🏆 Musobaqa so’ngida, barcha shartlarda yig’ilgan ballar to’plandi va 9-A sinf “Extensive biology”, 8-D sinf “Renessans” hamda 6-A sinf “Yosh biologlar” jamoalari g’olib deb topildi. G’olib bo’lgan jamoalar esa maxsus kubog bilan taqdirlandilar.

P.S. Musobaqa 6-7-sinflar o’rtasida alohida, 8-sinflar o’rtasida alohida va 9-10-sinflar o’rtasida alohida bo’lib o’tdi.

🎉 G’olib bo’lgan jamoalarni samimiy tabriklaymiz va boshqa jamoalarga kelasi musobaqalarda kubogni qaytarib olishlarini tilab qolamiz!

📞 +998781137818

Colba maktabi o’quvchilari uchun maxsus master-klass! 🎉Colba maktabida Ustoz Doniyor Nasriddinov ishtirokida “Xalqaro ol...
08/05/2024

Colba maktabi o’quvchilari uchun maxsus master-klass! 🎉

Colba maktabida Ustoz Doniyor Nasriddinov ishtirokida “Xalqaro olimpiadaga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak?” mavzusida master-klass bo’lib o’tadi.

🔥 Suhbat davomida Ustoz o’z tajribasidan kelib chiqib, olimpiadaga tayyorgarlik jarayonida e’tibor berish kerak bo’lgan jihatlar va xalqaro olimpiadaga qanday qilib chiqish mumkinligi haqida kerakli tavsiyalar berib o’tadilar.

📅 Qachon: 15-may, chorshanba, soat 12:30
🙋‍♂️Kimlar uchun: Colba maktabi o’quvchilari uchun
📍Qayerda: Colba maktabi kovorking hududida

P. S. Master-klassga savollarni oldindan tayyorlab kelishingizni tavsiya qilamiz.

📞 +998781137818

🎉 Colba stipendiyasi bahorgi mavsumi g’oliblari bilan tanishing!Stipendiya tanlovining 4-mavsumi ham o’z nihoyasiga yeti...
03/05/2024

🎉 Colba stipendiyasi bahorgi mavsumi g’oliblari bilan tanishing!

Stipendiya tanlovining 4-mavsumi ham o’z nihoyasiga yetib, g’oliblar aniqlandi va har bir g’olibga diplom, esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.

⬆️ Ushbu karusel post orqali siz stipendiya g’oliblari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

O’quvchilarimizning bu yutuqlarida hissasi katta bo’lgan ustozlari va ota-onalariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Colba maktabiga tayyorlov kursi!✨ Colba maktabida kelasi o’quv yili imtihonlariga tayyorlov kursi uchun qabul yaqinlashm...
23/04/2024

Colba maktabiga tayyorlov kursi!

✨ Colba maktabida kelasi o’quv yili imtihonlariga tayyorlov kursi uchun qabul yaqinlashmoqda!

Kurs 2024-2025-o’quv yili imtihonlariga avvaldan tayyorgarlik ko’rib, undan yuqori baho olishni niyat qilgan o’quvchilar uchun mo’ljallangan.

😊 Farzandingizni Colba maktabi o’quvchilari safida ko’rishni istasangiz, imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun izohda “tayyorlov” so’zini yozib qoldiring!

Farzandingiz ta’limiga befarq bo’lmang, zero farzandga eng yaxshi sarmoya bu ta’limdir!

📞 +998781137818

🌿 Aprel Oyi - Tabiiy Fanlar OyligiBu oy Colba maktabida tabiiy fanlar, kimyo va biologiya fan oyligi! Shu munosabat bila...
20/04/2024

🌿 Aprel Oyi - Tabiiy Fanlar Oyligi

Bu oy Colba maktabida tabiiy fanlar, kimyo va biologiya fan oyligi! Shu munosabat bilan maktabimizning 7-A sinf o’quvchilari biologiya fanidan juda qiziqarli va ijodiy ochiq dars o’tkazdilar.

🌟 Sinf o’quvchilari “Asalarilar” va “Kapalaklar” guruhlariga bo’linib, biologiya fanidan o’zaro bellashdilar. O’quvchilarimizning ijodiy yondashuvlari bilan boyitilgan ushbu darsda har bir guruh o’zlarining ajoyib loyihalarini taqdim etdilar!

🦋 Bu ochiq dars o’quvchilarimizning tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishini yanada oshishiga va ularda yangi g’oyalar yaratishga turtki bo’ldi, degan umiddamiz.

📸 Yuqorida dars jarayonidan ba’zi lahzalarni siz bilan bo’lishamiz. Ko’rib, fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

27/03/2024

Tabiiy fanlarga qiziqishim yanada ortgan...

"Kelajak qahramonlari" rubrikamizning bu galgi ishtirokchisi - Xonzodabegim Aripova, 9-A sinf o'quvchisi.

😊 Xonzodabegim o'z oldiga shifokordek sharafli kasb egasi bo'lishni maqsad qilgan va shu sababdan ham, Colba maktabini tanlov qilgan.

🔥 Bu tirishqoq o'quvchimiz tabiiy fanlarga qiziqishi balandligi va ishtiyoq bilan ilm olishi sababli kimyo fanidan ikki marta "Colba stipendiyasi" sohibasi bo'lgan.

Ushbu lavhada Xonzodabegim Colba maktabiga kelish tarixi hamda maktab ta'limi va sharoitlari haqida o'zining hikoyasi bilan bo'lishdilar.

Colba - Qahramonlar tug'ilmaydi, ular tarbiyalanadi! ⚡️

📞 +998781137818

Address

1/128 Matlubat(Tinchlik Metro Bekati)
Tashkent
100049

Telephone

+998971280720

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when COLBA Maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category