09/07/2026
🇺🇿🇰🇿 “KazUzGeoNomads” xalqaro yozgi maktabi- bilim, tajriba va do‘stlik maydoni!
Geologiya fanlari universiteti talabalari O‘zbekiston va Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan birgalikda “KazUzGeoNomads” xalqaro yozgi maktabida faol ishtirok etdi.
📍 Dastur Qozog‘istonning S. Utebayev nomidagi Atyrau neft va gaz universiteti hamda D. Serikbayev nomidagi Sharqiy Qozog‘iston texnik universiteti bazalarida bo‘lib o‘tdi. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar, dala tadqiqotlari, korxonalarga tashriflar va xalqaro ekspertlar ma’ruzalarida qatnashib, qimmatli bilim va tajriba orttirdilar.
🤝 Ushbu loyiha xalqaro tajriba almashish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
✨ Yozgi maktab yakunlandi, ammo unda orttirilgan bilimlar, unutilmas taassurotlar va yangi do‘stliklar ishtirokchilar xotirasida uzoq saqlanib qoladi.
_________________________
🇺🇿🇰🇿 «KazUzGeoNomads»- международная летняя школа знаний, опыта и дружбы!
Студенты Университета геологических наук приняли активное участие в международной летней школе «KazUzGeoNomads» вместе со студентами ведущих вузов Узбекистана и Казахстана.
📍 Программа проходила на базе Атырауского университета нефти и газа имени С. Утебаева и Восточно-Казахстанского технического университета имени Д. Серикбаева. Участники посетили практические занятия, полевые исследования, производственные предприятия и лекции международных экспертов, получив ценные знания и практический опыт.
🤝 Проект стал важной площадкой для обмена международным опытом, развития профессиональных навыков и укрепления сотрудничества между вузами Узбекистана и Казахстана.
✨ Летняя школа завершилась, но полученные знания, яркие впечатления и новые знакомства надолго останутся в памяти участников.