Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi, Education, Тафаккур-68, Tashkent.

15/01/2026

⭕️ "VATAN HIMOYASI - MUQADDAS BURCH" TADBIRI JARAYONIDAN

❇️ 2026-yil 14-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.  

❇️ Tadbir akademik litsey YoCHT rahbari T.Abdullayev hamda koʻngilli yoshlar hamkorligida tashkil etildi.

❇️ Oʻquvchi-yoshlarga Vatanga boʻlgan muhabbatni, farzandlik burchni, sodiqlikni, kerak boʻlsa hayotini ham xavfga qoʻyib uni himoya qilish kerakligi haqidagi videoroliklar, slayd va fotolavhalar namoyish etildi.

❇️ Bunday tadbirlar oquvchi-yoshlar qalbiga Vatanga munosib xizmat qilish, uning sarhadlarini himoya qilish kabi insoniy fazilatlarni shakllanishiga xizmat qiladi.

https://t.me/tdpualuz

31/12/2025

❄️ TABRIKNOMA!

💎 Assalomu alaykum, Muhtaram(a) hamkasblar! Aziz o'quvchilar va ota-onalar!

💦 Bugungi quvonchli kunlarda siz azizlarni, kirib kelayotgan 2026-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman!

☃️ Aziz o'quvchilarim!

💦 Oldingizga qoʻygan ulkan maqsadlarga erishishingizda sizga doimo kuch-gʻayrat, omad va zafarlar tilayman.

❄️ Yangi o'quv yilida ham yuqori natijalarni qayd etishingizda akademik litsey rahbariyati, professor-oʻqituvchilari oʻzlarining bor bilim va salohiyatini safarbar etadi.

💧Hurmat bilan,
🔥Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litsey direktori FARIDA Abdurahimovna.

❄️ YANGI YILINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 24/12/2025

⏳ 2025-yil 24-dekabr kuni Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida o'tkazilgan "ZAKOVAT" to'garagining I mavsum YANGI YIL FINAL sonidan fotolavhalar.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 24/12/2025

⭕️ "AKADEMIK LITSEYDA XITOY TILI HAFTALIGI" TADBIRI JARAYONIDAN

🔴 2025-yil 24-dekabr kuni akademik liseyda o’tkazilayotgan xitoy tili haftaligining uchinchi kuni 108-208-guruh o’quvchilarining tashabbuslari bilan bo'lib o'tdi.

🏀 Tadbirda bir-biridan qiziqarli shartlar, interaktiv metodlardan foydalanildi.

🟢 O’quvchilar tomonidan Xitoy xalqining mashhur taomlaridan biri “饺子”(chuchvara) tayyorlash san’ati bilan yaqindan tanishishdi va amalda bajarib ko’rsatib berdi.

🟣 Xitoy davlati volontyori va boshqa o’qituvchilarning faol ishtiroki o’quvchilarga katta motivatsiya bag’ishladi.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 24/12/2025

⭕️ "AKADEMIK LITSEYDA XITOY TILI HAFTALIGI" TADBIRI JARAYONIDAN

⚡️ 2025-yil 22-dekabr kuni akademik liseyda o’tkazilayotgan xitoy tili haftaligining birinchi kuni 208-207-109-guruh o’quvchilarining tashabbuslari bilan bo'lib o'tdi.

☄️ Tadbirda bir-biridan qiziqarli shartlar, interaktiv metodlardan foydalanildi.

♻️ Bunda o’quvchilar bilan birga o’qituvchilar faol ishtirok etdi.

🪭 Shuningdek, Xitoy xalqi madaniyatiga oid “Choy damlash” marosimi hamda Xitoy xalqi madaniyatiga oid turli xil musobaqalari oʻtkazildi.

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 20/12/2025

⭕️ TOSHKENT SHAHRIDAGI AJOU UNIVERSITETI OCHIQ ESHIKLAR KUNIDA AKADEMIK LITSEY O’QUVCHILARI ISHTIROKI

🩸2025-yil 19-dekabr kuni bitiruvchi o’quvchilar uchun AJOU universitetida ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tdi.

🟣 Nizomiy nomidagi O'zMPU akademik litseyi o'qituvchisi E.Matkarimov hamda bir guruh o'quvchilar ham tadbirda ishtirok etdi.

💥 Akademik litsey o’quvchilari uchun universitet kempusi bo’ylab ekskursiya uyushtirildi.

🔴 Ekskursiya davomida universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, imtiyozlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

🔶 Universitetdagi har bir fakultet dekanlari o’z taqdimotlarini namoyish etdi.

🎙Tashrif so’nggida rahbariyat tomonidan konsert-shou tashkil etildi.

⏳Ayniqsa, koreys filologiyasi talabalari tomonidan o’tkazilgan fleshmob va qiziqarli viktorina bitiruvchilarga katta taassurot qoldirdi va qilingan sayohat mazmunli va samarali o’tdi.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 17/12/2025

⭕️ "AKADEMIK LITSEYDA AMALIYOTCHI TALABALAR TASHABBUSI" TADBIRI JARAYONIDAN

💦 2025-yil 17-dekabr kuni akademik liseyda Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tashabbusi bilan katta tanaffus daqiqalari qiziqarli o’tkazildi.

💥Tadbirda bir-biridan qiziqarli shartlar “Mevali shashka”, “Harflardan so’z yasash”, “Tezkor savol-javob” kabi interaktiv metodlardan foydalanildi.

⚡️Bunda o’quvchilar bilan birga o’qituvchilar ham faol ishtirok etdi.

💐 G’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

🔥 Mazmunli va qiziqarli daqiqalar uchun amaliyotchilarga va ularning rahbariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 17/12/2025

⭕️ "KELAJAK SOATI" DARSI JARAYONIDAN

✅ Nizomiy nomidagi O‘zMPU akademik litseyida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soat”i rukni ostida “Ma’rifat soatlari” darslari o‘tkazilib kelinmoqda.

❇️ Jumladan, 2025-yil 15-dekabr kuni akademik litseyining barcha akadem guruhlarida “Kelajak soati” darslari mas’ul guruh rahbarlari ishtirokida olib borildi.

✅ “JADID BOBOLARIMIZ” mavzusi bo’yicha tayyorlangan materiallar barcha guruh rahbarlariga tarqatildi.

❇️ Berilgan mavzu mas’ullar tomonidan o’rganildi, tahlil qilindi, eng muhim ma’lumotlar daftarga qoralandi.

✅ Har bir guruh rahbari tomonidan “jadid”, “jadidchilik” va “xalq dushmani”, “josus” kabi tushunchalarnngi farqli tomonlari tahlil qilindi.

❇️ Jadid bobolarimiz tomonidan yozilgan o’z asarlarida davr muammolarini olib chiqqanligi, bu illatlar bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganligi kabi masalalar asar parchalari orqali gapirib o’tildi.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 13/12/2025

⭕️ “BARKAMOL AVLOD-2025” SHAHAR BOSQICHIDA AKADEMIK LITSEY O’QUVCHISI II O’RIN SOHIBI

🥎 2025-yil 12-dekabr kuni sportning “SHASHKA” turi bo’yicha Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalari o’rtasida “Barkamol avlod-2025” shahar birinchiligi bo’lib o’tdi.

🥏 Musobaqada Nizomiy nomidagi O’zMPU akademik litseyi 208-guruh o’quvchisi Abdurashidova Dilrabo o’z raqiblari bilan munosib kurashib, shahar bosqichida ham faxrli 2-orinni qo’lga kiritdi.

🏆 Barakallo Dilrabo! Ota-onangizga va ustozlaringizga katta rahmat!

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 13/12/2025

⭕️ "AKADEMIK LITSEYDA ARAB TILI HAFTALIGI" TADBIRI JARAYONIDAN

⚡️ 2025-yil 12-dekabr kuni akademik liseyda o’tkazilayotgan arab tili haftaligining to’rtinchi kuni 106-107-206-guruh o’quvchilarining tashabbuslari bilan bo'lib o'tdi.

☄️ Tadbirda bir-biridan qiziqarli shartlar, interaktiv metodlardan foydalanildi.

♻️ Bunda o’quvchilar bilan birga o’qituvchilar, amaliyotchi talabalar ham faol ishtirok etdi.

🏆 Shuningdek, hafta davomida eng faol ishtirok etgan bir guruh o’quvchi-yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

💐 Hafta davomida bir-biridan qiziqarli tadbirlarni o'tkazgan arab tili o'qituvchilari M.Abdullayeva hamda A.Dinqulovlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 13/12/2025

⭕️ "AKADEMIK LITSEYDA ARAB TILI HAFTALIGI" TADBIRI JARAYONIDAN

✅ 2025-yil 11-dekabr kuni Arab tili haftaligining uchinchi kuni 107-guruhlari o’quvchilarining tashabbuslari bilan bo'lib o'tdi.

❇️ Tadbir doirasida “Jumanji”, “So‘zni top”, “Raqamlar o‘yini” kabi qiziqarli shartlar o’quvchilar diqqat markazida bo’ldi.

✅ Ayniqsa, “Alifbo kartochkalari”, “Raqam kartalari”, “Rasm va taom nomlaridan foydalanish” kabi shartlar o‘quvchilarning ko‘rish, esh*tish va amaliy idrokini rivojlantirishga xizmat qildi.

❇️ Har bir interaktiv metodlardan g’olib bo'lgan o’quvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

https://t.me/tdpualuz

Photos from Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi's post 13/12/2025

⭕️ YUQORI TASHKILOT MUTAXASSISLARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI JARAYONIDAN

✅ 2025-yil 10-dekabr kuni Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyida “Erta nikohni oldini olish va Gender tengligi” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.

❇️ Tadbirda Yakkasaroy tumani 2-son FHDYo bo’limi mudiri Sh.X.Kamalova, “Madad” NNT rahbari G.U.Amerdinova, Adliya bosh mutaxassisi M.T.Nabiyev, “Buvijonlar maktabi” raisi A.K.Kamalovalar ishtirok etdi.

✅ Soha mutaxassislari yuqoridagi mavzu doirasida qiziqarli ma'lumotlarni ham statistik ham hayotiy misollar orqali o'quvchilarga tushuntirib o'tdi.

❇️ O'quvchi-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.

https://t.me/tdpualuz

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Culinary Team

Attire

Telephone

Address


Тафаккур-68
Tashkent