09/07/2026
🏅 11-sinf bitiruvchisi oltin medal bilan taqdirlandi!
“Ziyo-zukko umumta’lim maktabi” NTMning 11-“A” sinf bitiruvchisi Abdullayeva Lobar Nigmatullayevna a’lo baholari, bilimga bo‘lgan yuksak intilishi, namunali xulqi hamda ta’lim davomida erishgan yuksak yutuqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan oltin medal bilan taqdirlandi.
Lobarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lida yanada ulkan zafarlar, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!