TATU Akademik litsey

TATU Akademik litsey Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey

HISOBOTO‘tkazilgan sana: 2026-yil 21-sentabrTashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyiQatnashchilar:...
21/09/2026

HISOBOT
O‘tkazilgan sana: 2026-yil 21-sentabr
Tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi
Qatnashchilar: 103-guruh o‘quvchilari
Mavzu: "Mavjud bo‘lmagan hayvon" psixodiagnostik metodikasi hamda muammoli vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish
1. Kirish
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyining 103-guruh o‘quvchilari o‘rtasida o‘quvchilarning ijodiy va analitik fikrlashini rivojlantirish, shuningdek, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy-psixologik mashg‘ulot o‘tkazildi.
2. Mashg‘ulotning borishi va qo‘llanilgan metodikalar
1. "Mavjud bo‘lmagan hayvon" (Proyektiv metodika)
Mashg‘ulotning birinchi qismida o‘quvchilarga xayoliy, tabiatda uchramaydigan va ilgari hech kim o‘ylab topmagan hayvon rasmini chizish hamda unga nom berish vazifasi yuklatildi.
Maqsadi: O‘quvchilarning ichki kechinmalari, tasavvuri, o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda yashirin ruhiy holatlarini aniqlash.
Natija: O‘quvchilar yuqori qiziqish va aktivlik ko‘rsatib, o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishdi. Har bir chizilgan rasm orqali ularning shaxsiy xususiyatlari, muloqotga ochiqligi va emotsional holati bo‘yicha dastlabki xulosalar qilindi.
2. Muammoli vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalari (Interaktiv keyslar)
Mashg‘ulotning ikkinchi qismida o‘quvchilarga kundalik hayot va o‘qish jarayonida uchraydigan ziddiyatli va muammoli situatsiyalar aks etgan keyslar taqdim etildi.
Maqsadi: Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni shakllantirish, emotsional intellektni oshirish hamda stressli holatlarda to‘g‘ri chiqish yo‘llarini o‘rgatish.
Natija: 103-guruh o‘quvchilari guruhlarga bo‘lingan holda berilgan muammolarni muhokama qilishdi, turli xil yechimlarni taklif etib, muloqot va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etishdi.
3. Xulosa va takliflar
O‘tkazilgan mashg‘ulot kutilgan natijalarni berdi. 103-guruh o‘quvchilari o‘zlarining ruhiy holatlarini tushunish, o‘z-o‘zini anglash va har qanday muammoli vaziyatda og‘ir-bosiqlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Psixolog D.Sagdullayeva,
N.Xujamova

05/09/2026
03/09/2026
🌟 SAT — 1600/1600 🌟🏆 PERFECT SCORE 🏆👏 MAXIMAL NATIJA 👏Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari x...
16/05/2026

🌟 SAT — 1600/1600 🌟
🏆 PERFECT SCORE 🏆
👏 MAXIMAL NATIJA 👏

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yana yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Xususan, litseyning iqtidorli o‘quvchisi Maxkamova Madina SAT imtihonida maksimal — 1600 ball natija qayd etib, katta muvaffaqiyatga erishdi va rekord natijani yangiladi. 🌟

Bu yutuq o‘quvchining bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati hamda ustozlar va ota-onalarining qo‘llab-quvvatlovi samarasi hisoblanadi.

Maxkamova Madinani ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz! 👏👏👏👏

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurib, “Tu...
26/03/2026

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat satira teatriga tashrif buyurib, “Tundagi o‘g‘rilik” nomli spektaklni tomosha qildilar.
Spektakl davomida yoritilgan insoniy fazilatlar va hayotiy saboqlar o‘quvchilar uchun muhim ma’naviy ozuqa bo‘ldi. Teatr san’ati orqali ular nafaqat hordiq chiqardilar, balki estetik didlarini boyitib, hayotga bo‘lgan qarashlarini yanada kengaytirdilar.
Shu bilan birga, ushbu ajoyib
spektaklni yuksak mahorat bilan sahnalashtirgan aktyorlarga hamda teatr rahbari Mirzobek Xolmedovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning fidokorona mehnati va san’atga bo‘lgan muhabbati tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Assalomu alaykum, hurmatli ayol ustozlar!  Bahorning ilk bayrami 8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qa...
09/03/2026

Assalomu alaykum, hurmatli ayol ustozlar! Bahorning ilk bayrami 8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.⚘️⚘️⚘️

Ayol — mehr va sadoqat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatimizning go‘zalligi va barakasi hisoblanadi. Siz aziz ustozlar nafaqat yoshlarimizga bilim berib, ularni kelajak sari yetaklayotgan fidoyi pedagoglarsiz, balki mehribon ona, oqila opa-singil va jamiyatimizning eng faol vakillaridirsiz.⚘️⚘️⚘️

Akademik litseyimiz hayotida ham sizlarning mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz alohida o‘rin tutadi. Yosh avlodni tarbiyalashdagi ulkan hissangiz, fidokorona mehnatingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.⚘️⚘️⚘️⚘️⚘️

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hayotingiz doimo quvonch, mehr va bahoriy kayfiyat bilan to‘lib-toshin. Go‘zalligingiz, mehringiz va donoligingiz hech qachon kamaymasin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtarama ayollar!

Akademik litseyda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ust...
09/03/2026

Akademik litseyda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ustoz ayollar, litseyda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda o‘quvchi qizlar e’tirof etilib, ularga samimiy tabriklar bildirildi.
Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va kuy-qo‘shiqlar namoyish etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Shuningdek, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati va yoshlar tarbiyasidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashib, xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimizAkademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga...
09/03/2026

Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimiz
Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, piyodalar xavfsizligi, transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yo‘llarda yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar.
Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda yo‘l harakati xavfsizligi har bir fuqaroning hayoti va salomatligi uchun muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. 🚦

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when TATU Akademik litsey posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share