29/04/2022
⚡️Mehr-saxovat - burchimiz!
Muqaddas Ramazon oyi va Hayit bayrami arafasida 102-sonli muassasa tarbiyalanuvchilarining ko'ngillarini ko'tarish, ularga quvonch ulashish yo'lida monomarkaz jamoasi "Mehr-saxovat - burchimiz!" shiori ostida muhandis-ustalar Sag'dulla Sharipov va Arofat Lutfullayevalarning o'quvchilari bolalarga sartaroshlik xizmatlarini ko'rsatib, ustozlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Qolaversa, monomarkaz bosh oshpazi Anvar Umarov "Sandwich Club" fast-food taomi va "Shuba" salatini, bosh qandolatchi Nazokat Yaxyayeva esa "Damskaya palochka", "Tumorcha" va "Oy" pechenyelari hamda banan va shokoladli desert tayyorlashni mahorat darsi shaklida o'quvchilarga namoyish qildilar. Jarayon so'nggida mahorat darsida bevosita ishtirok etgan tarbiyalanuvchilarga ushbu taomlar va shirinliklar shu yerning o'zida tortiq etildi.
Ushbu xayriya tadbiri doirasida muassasa o'quvchilariga esdalik sovg'alari ulashildi. Maktab-internati ma'muriyati esa o'z minnatdorligini izhor etdi.