21/09/2026
🎓 O'zbekiston24: Xorijda o‘qish uchun ta’lim granti yutgan diplomat qiz
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti Gulshan Ismandiyarova “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot24” dasturida xorijda ta’lim olish imkonini beruvchi grantni qo‘lga kiritgani, ilmiy va kasbiy maqsadlari haqida so‘zlab berdi.
Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Gulshan Ismandiyarovaning muvaffaqiyati — yosh qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va katta maqsadlar sari intilishning yorqin namunasidir.