09/02/2023
Al-Azhar universiteti haqida
✨Misrning faxri, islom olamining ilmiy markazlaridan biri – bir ming ikki yuz ellik yilga yaqin tarixga ega bo‘lgan Al-Azhar majmuasi jahondagi ham diniy, ham dunyoviy yo‘nalishlar borasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasa hisoblanadi.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak dastlab, mazkur universitet 970 yilda Fotimiylar davrida Al-Azhar masjidi qoshidagi madrasa sifatida tashkil etilib, Payg‘ambar Muhammad (S.A.V.) qizlari Fotimai Zahro (R.A) sharafiga nomlangan.
📚XIX asrning so‘nggi choragida taʼlim muassasasida o‘quv dasturlari yangilanib, tashkiliy tuzilmalar va ichki tartib qoidalar shakllanishidek uzoq va og‘riqli jarayon boshlangan. Al-Azhar asta-sekin universitet unvonini qabul qilgan.
1961 yilda “Al-Azharni rivojlantirish to‘g‘risidagi qonun”ga muvofiq universitetda politexnika kabi dunyoviy fakultetlar ham ochilgan. O‘sha yili taʼlim muassasi qoshida ayollar va qizlar uchun kollej tashkil topgan. Ularga ayol o‘qituvchilar dars bergan.
✅Bugungi kunga kelib universitet arab mamlakatlari ichidagi eng katta va nufuzli taʼlim dargohiga aylangan, u o‘ziga xos Misr brendi hisoblanadi. Hatto, universitet nomi mamlakat konstitutsiyasida qayd etib o‘tilishi uning ahamiyatini ko‘rsatib turibdi. Universitetning dunyoda 3 millionga yaqin bitiruvchisi bor.
📞 +99894 6904444
📞 +99897 4864040