Antikorrupsiya.uz

Antikorrupsiya.uz

Share

Korrupsiyaga qarshi kurash, uning oldini olish mavzusidagi ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ma'rifiy targ'bot

01/09/2022

Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami muborak bo'lsin aziz vatandoshlar!

Mustaqilligimiz mustahkamlanib boraversin!

26/08/2022

Tibbiy uskunalarni qimmat narxlarda sotib olib, budjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan tibbiyot muassasalarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy jazo choralari qoʻllanildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil iyul oyida Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha 10 ta tibbiyot muassasasi tomonidan 75 dona jami 7,8 mlrd soʻmlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi “D.М.” MCHJdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda budjet mablagʻlari hisobiga sotib olinganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan toʻplangan materiallar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.

Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan tibbiy uskunalarni asl narxidan 3 mlrd. 150,6 mln. soʻmga qimmat narxlarda sotib olinganligi holati boʻyicha 2021-yil 16-dekabr kuni “D.М.” MCHJ rahbari va Qashqadaryodagi 10 ta tibbiyot muassasasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

(Qashqadaryo viloyati 1-son asab ruhiy kasalliklar dispanseri, viloyat Perinatal markazi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo viloyat filiali, Nishon tuman Tibbiyot birlashmasi, Qashqadaryo viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya dispanseri, Qashqadaryo viloyat Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar urush va mehnat faxriylari uchun sanotoriyasi, Qashqadaryo viloyati 2-son asab ruhiy kasalliklar dispanseri, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filiali, Teri tanosil kasalliklari dispanseri)

Misol uchun, viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi “Ультразвуковая диагностическая система E-CUBE 8 с 4 датчиками” tibbiy uskunasini 500,0 mln.soʻmga (aslida 251,1 mln.soʻmlik) yoki 200 foizga (249,9 mln soʻm) ustama qoʻyilgan holda sotib olgan.

Shuningdek, viloyat Teri tanosil kasalliklari dispanseri tomonidan haqiqiy bahosi 386,6 mln.soʻmlik tibbiy uskunalarni 944,1 mln.soʻmga xarid qilganligi, ya’ni 557,5 mln.soʻmga yoki 244,2 foizga qimmat narxlarda sotib olinib, budjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi sudning hukmi bilan oʻz tasdigʻini topdi.

Umuman, yuqorida qayd etilgan 10 ta tibbiyot birlashmasida 7,8 mlrd. soʻmlik harid qilingan tibbiy uskunalar bozor bahosiga nisbatan 3 mlrd. 150,6 mln. soʻmga qimmat narxlarda xarid qilinib, budjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi tergov jarayonida aniqlanib, aybdor shaxslardan 3 mlrd. 150,6 mln. soʻm budjetga undirildi.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 10 ta tibbiyot muassasasining 11 nafar mansabdor shaxslari hamda “D.М.” MCHJ rahbari Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tumani sudining 2022-yil 4-avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan jinoiy jazo choralari belgilandi.

Shuningdek, ular 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

18/05/2022

Э Ъ Л О Н ! ! !

Тошкент шаҳар ички ишлар органларининг Тергов фаолияти йўналишидаги мавжуд бўш терговчи ва суриштирувчи (офицерлик) лавозимларига Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 ноябрдаги ПҚ-3413-сон қарори талабларига мувофиқ ички ишлар органларида хизматга ўташ истагини билдирган номзодлар учун танлов эълон қилинади.
Танловда иштирок этиш истагини билдирган олий юридик (ҳуқуқшунос) маълумотга эга бўлган шахслар ҳар куни соат 09:00дан 17:00гача Бош бошқарма Маънавий-маърифий ишлар ва кадрлар билан таъминлаш хизматига қуйидаги ҳужжатларнинг асли билан мурожаат этишлари мумкин;
1. Ўзбекистон Республикаси фуқароси паспорти;
2. Ҳарбий гувоҳнома (эркак номзодлар учун);
3. Олий таълим муассасасини якунлаганлигини тасдиқловчи ҳужжат (диплом).

Номзодларга қуйилган талаблар:
- Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлиши;
- олий юридик маълумотга эга бўлиши;
- ёши 30 дан ошмаган бўлиши (30 ёшдаги ҳам);
- эркак номзодлар бўйи 165 см ва ундан юқори бўлиши, аёл номзодлар бўйи 160 см ва ундан юқори бўлиши;
- эркак номзодлар Қуролли Кучлар сафида муддатли ҳарбий хизматни ёки сафарбарлик чақируви резервидаги ҳарбий хизматни ёхуд олий ўқув юртларида ҳарбий тайёргарликни ўтаган бўлиши.

Маълумот учун: тел: 71-206-45-44 (мурожаат қилиш вақти соат 09.00 дан 17.00 гача).

Манзил: Тошкент шаҳар, Миробод тумани, Сайид Барака кўчаси, 7-уй.

12/05/2022
09/05/2022

9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Bugungi yaxshi kunlarimiz uchun jon bergan bobolarimiz va buvilarimizni oxirati obod bo‘lsin. Hozirda yashayotganlarining umri uzoq va quvonchga to‘la bo‘lsin!

Davlatimizga bugungi k***a tinchlik va adolat qadriyatlariga dushman bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashda ham g‘alaba qilish nasib qilsin.

ТАНКА КАРАКАЛПАК КИНО 27/04/2022

Antikorrupsiya mavzusida kino.
"Tanka" Qoraqalpoqfilmdan shedevr kinoasar.

ТАНКА КАРАКАЛПАК КИНО ТАНКА КАРАКАЛПАК КИНО ОЗБЕК ТИЛИНДЕ #فيلم كاراكالباك FİLMİ KINO #КАРАКАЛПАКСКИЙ ФИЛЬМ FILM #ТАНКА #КАРАКАЛПАК #КИНО

Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi - Antikorrupsiya.uz 19/03/2022

Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi

.. viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi kadrlarning ishlash davomiyligi o‘rganilganda 39 ta tibbiyot muassasasidagi kadrlar bo‘limiga masʼul shaxslarning 22 nafari (67 %) lavozimga tayinlanganligiga 6 yildan oshgan bo‘lib, shundan 7 nafari 25-27 yil, 4 nafari 10-20 yil, 11 nafari esa 5-10 yildan buyon ayni bir rahbarlik lavozimida ishlab kelmoqda. Bunday holatni viloyat tibbiyot muassasalari boshliqlari kesimida ham ko‘rish mumkin. Yaʼni, ulardan 4 nafari 10-20 yilgacha bo‘lgan muddatda, 3 nafari 10 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatda tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan 2020-yilda 12 ta, 2021-yilda 16 ta holatda pora evaziga ishga qo‘yish uchun taʼmagirlik jinoyatlari sodir etilgan...

Batafsil:

Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi - Antikorrupsiya.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12 noyabrdagi PF-6110-son Farmonning 11-bandi muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash tizimida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish belgilangan. Mazkur loy...

“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi - Antikorrupsiya.uz 15/03/2022

“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

Batafsil:

“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi - Antikorrupsiya.uz “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologiya yodgorligi hududiga zarar yetkazilayotganligi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda o‘rganildi. Maʼlumot o‘rnida: IV-X...

OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI - Antikorrupsiya.uz 12/03/2022

OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI

Batafsil:

OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI - Antikorrupsiya.uz Rasmiy sahifalarimiz orqali “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida Murod Moʻminov profili ostida oʻzini barchaga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, aldov yoʻli bilan noqonuniy daromad qilayotgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar bergan edik. Mazkur shaxsga nisbata...

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address


Toshkent
Tashkent