15/03/2024
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yalangʻoch dahasi, 127 "A" uy, Tashkent.
15/03/2024
20/02/2023
Azərbaycan ilə Özbəkistan arasında mədəni əlaqələrin daha da genişləndirilməsi müzakirə edilib Özbəkistandakı Heydər Əliyev adına Azərbaycan Mədəniyyət Mərkəzinin direktoru Samir Abbasovla Özbəkistan Dövlət Sənət və Mədəniyyət İnstitutunun rektoru Eldar Şermanov arasında görüş keçirilib. AZƏRTAC xəbər verir ki, Özbəkistan Dövlət Sənət və Mədəniyyət İ...
20/08/2022
🏛✅ O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida Oliy va o'rta-maxsus ta’lim vazirligining "Xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan o'qishni ko'chirish bo'yicha ro'yxatdan o'tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish to'g'risida"gi 275-sonli buyrug'iga asosan, ijodiy imtihonlar bo'lib o'tmoqda.
📍 Institutda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, https://dsmi.uz/live sayti orqali istalgan joyda jonli kuzatib borishingiz mumkin.
❇️ Qoʻshimcha ma’lumotlarni institutning dsmi.uz veb-sayti hamda O'zdsmi rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.
20/08/2022
Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoniga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilish davomida institutning ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy va moliya-xo’jalik yo’nalishlarida yangi o’quv yiliga tayyorgarligi borasida fikr almashildi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi asosiy masalalardan biri yaqinlashib kelayotgan 31 yillik mustaqillik bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazish maqsadida joriy yilning 22-avgustdan 28-avgustgacha dolzarb haftalik e’lon qilindi. Shu maqsadda har bir kafedraga biriktirilgan yer maydonida obodonlashtirish ishlari tashkil qilinadi hamda yak***a “Eng yaxshi obodonlashtirilgan hudud” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblar aniqlanadi va institut rahbariyatining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.
O’quv-uslubiy yo’nalishdagi asosiy masalalardan biri yangi o’quv yili uchun dars jadvallarini tartibli shakllantirish va o’z vaqtida o’quv xonalari taqsimotini amalga oshirish vazifasi belgilandi. Hamda eng muhim vazifa sifatida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida mustaqillik darslarini yuqori darajada tashkil etishga barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek “Hemis” tizimida talabalarga oid ma’lumotlarni sifatli shakllantirish, o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ko’rib chiqish, talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalarining buyruqlarini o’z vaqtida chiqarish kabi muhim vazifalarni o’z vaqtida bajarish bo’yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Moliya-xo’jalik yo’nalishida esa avvalo talabalar turar joyining yangi o’quv yiliga shay holatda bo’lishi masalasi ham ko’rib chiqildi.
Hozirgi k***a talabalar turar joyiga bo’lgan ehtiyojni hisobga olib, talabalarni saralashda belgilangan mezonlarga qat’iy rioya qilish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, imkoniyat kelib chiqib talabalar turar joyi ololmagan talabalarga ijara uylarini topishda tizimli ko’maklashish, ijara pullarining 50 foizini to’lab berish tizimini yangi o’quv yilida ham davom ettirish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlandi. Bundan tashqari institut boshqaruv apparatining muhim bo’g’ini bo’lgan barcha tegishli bo’limlarga yillik ish rejalarni tayyorlash va tasdiqlash vazifasi qo’yildi. Erkin muloqot tarzida o’tgan yig’ilishda yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni bajarishda institutning har bir xodimi belgilangan vazifalarda ezgulik mujassam ekanligini his qilib, ishiga vijdonan yondashishi, institutning har bir qarich yerini ona vatanimiz O’zbekistonning bir parchasi sifatida e’zozlashi lozim ekanligi alohida ta’kidlandi.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Kutubxona-axborot faoliyati" fakulteti dekan о‘rinbosarlari Farxod Musurmankulov va Rayxonoy Uralovalar 3-kurs talabasi Yulduz Mirotovaning xonadoniga tashrif buyurib, talabamizning ota-onasini mustaqilligimizning 31 yilligi bilan qutlab, shunday farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun institut rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.
19/08/2022
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Markaziy Osiyoda kam uchraydigan manzarali va dorivor o‘simlik — Lipa daraxti parvarish qilinadi. U qanday o‘simlik?
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 20 tupga yaqin Lipa daraxti o‘stiriladi, ushbu o‘simlik oliygohga o‘zgacha manzara baxsh etib turadi. Xo‘sh, Lipa qanday o‘simlik va uning qanday foydali xususiyatlari bor?
Lipa daraxti yog‘ochsimon o‘simliklar turkumiga mansub hisoblanadi. Uning daraxt va buta shaklidagi 45 ga yaqin turi mavjud. O‘zbekistonda ushbu o‘simlikning 9 ta turi o‘stiriladi. Lipaning uch turi — yirik, mayda va yuraksimon barglisi keng tarqalgan. Ushbu o‘simlik shimoliy yarim sharning mo‘’tadil va subtropik zonalarida keng tarqalgan. Ayniqsa, Lipa janubi-sharqiy Osiyoda ushbu o‘simlikning ko‘pgina turlarini uchratish mumkin. Masalan, faqat Xitoyning o‘zida Lipaning 15 xil mahalliy turi mavjud. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning mo‘’tadil zonalarida esa Lipa nisbatan kam tarqalgan.
Lipa o‘simligi issiq va yetarlicha namlikka ega bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Masalan, g‘arbiy Kavkazorti, Uzoq Sharqning janubi — Primorda; Shimoliy Osiyoda, G‘arbiy Sibirning janubi va Krasnoyarsk o‘lkasida ushbu o‘simlikning ko‘pgina turlarini uchratish mumkin. Lipa o‘simligi shahar va qishloqlarga o‘zgacha chiroy baxsh etishda keng qo‘llaniladi. Lipa turlicha sharoitlarga moslasha oladigan manzarali o‘simlik hisoblanadi. Uning daraxt va bo‘ta singari ko‘rinishlari mavjud. Lipa daraxti 25 metrgacha balandlikda o‘sishi mumkin. Lipa unumdor va sernam tuproqda yaxshi rivojlansa-da, unday sharoitda bo‘lmagan hududda ham yashab qolish qobiliyatiga ega.
Darhaqiqat, bu daraxt uzoq umr ko‘radi: uning hayoti o‘rtacha 300-400 yil, ba’zi turlari esa 1200 yil davom etadi. Butun umri davomida Lipa nafaqat o‘zining ajoyib go‘zalligi bilan ko‘zni quvontiradi, balki xalq tabobatida uzoq vaqtdan beri qo‘llanilgan dorivor xom-ashyo manbai bo‘lib xizmat qiladi. Lipa o‘rmonlarda, bog‘larda, shahar xiyobonlarida va bog‘larda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Yevropa mamlakatlarida mayda bargli lipa keng tarqalgan. Lipa daraxti yozda, gullash davrida go‘zal qiyofaga kiradi hamda xushbo‘y ifor taratadi. Lipa gullari tarkibida efir moyi, mum, shakar, glyukoza, vitaminlar, mikro va makro elementlar mavjud. Asalarilan undan nektar oladi. Shuningdek, u xalq tabobati va dorivor giyohlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
Suratlar mualliflari: O’zDSMI professori Ma’rufjon Yuldashev va Salmonxon Habibullayev
19/08/2022
🏛O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish tartibidagi nizomni tasdiqlash to'g'risidagi" qaroriga muvofiq O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish bo'yicha kelib tushgan arizalarga muvofiq suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
📍 Institutda suhbat jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, https://dsmi.uz/live sayti orqali istalgan joyda jonli kuzatib borishingiz mumkin.
❇️ Qoʻshimcha ma’lumotlar institutning dsmi.uz veb-sayti hamda O'zdsmi rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Website
Address
Toshkent Shahri, Mirzo Ulugʻbek Tumani, Yalangʻoch Dahasi, 127 "A" Uy
Tashkent