06/05/2022
Hozirgi paytda qaysi kasblar mashhur🤔
Bu savol ko'pchilikni o'ylantirgan. Biz esa bu savolga javobni topdik😉
Hozirgi davrda talab qilinadigan aktual kasblar:
🖥DASTURLASH - kompyuter- uchun dastur tuzish jarayoni.Dasturchi- kompyuterda kórish va bajarish mumkin bólgan jarayonlarni nazorat qiluvchi hamda dasturlarni yaratuvchi shaxs. IT mutaxassisi qanchalik tajribali bo‘lsa, uning maoshi shunchalik baland bo‘ladi. Misol uchun, oddiy dasturchi 500-900 dollar va undan yuqori daromad olishi mumkin. Ammo u dasturlashda yetarlicha tajribaga ega bo‘lsa, maoshi oyiga 2000 dollarga yetishi mumkin.
💻Social Media Marketing(SMM)
SMM menejer - ijtimoiy platformalar orqali ommani jalb qilish bo`yicha mutaxassis bo`lib, qisqa vaqt ichida Facebook, Instagram, Odnoklassniki kabi mashhur ijtimoiy tarmoqlarda jonli trafikka ega bo`ladi. Uning oyligi 2 million so`mdan 3,5 milliongacha bo`lishi mumkin.
📊Marketolog - xaridorlarga mahsulot yoki xizmatlarni targ`ib qilish va taqdim etish, ularning o`zaro munosabatlarini boshqarish uchun tashkiliy funksiya va jarayonlar tadqiqotchisi.
Xalqaro darajadagi marketologlarning o`rtacha yillik daromadi 64,000$ - 135,000$ tashkil etadi. Mahalliy doirada talabga qarab 700$ dan 4000$ gacha oylik belgilanadi. Agar malakali va chet tilini biladigan marketolog bo`lsangiz, masofadan turib ham yaxshi daromad qilish mumkin.
🎨Grafik dizayner - shriftlarni, reklama modullarini ishlab chiqadi, rasmlar, kollajlarni qiladi va vitrinalarni yaratadi. Tabiiyki, dizaynerning kompyuter savodxonligi darajasi o`rtacha foydalanuvchi darajasidan ancha yuqori bo`lishi kerak. Grafik dizaynerning ish haqi uning iqtidori, malakasi, tajribasi va tanlangan yo`nalishiga bog`liq. Bir necha yillar davomida mutaxassisning daromadi 2-5 million so`m atrofida bo`ladi. ba`zilari esa tezda 15-20 millionlik oylik daromadga ega bo`ladi.
🖋Kopirayter - ijtimoiy tarmoqlarga matn yozuvchi shaxs. Bu kasbning asosiy vazifasi odamlarni jalb qiladigan bexato matn yozish. Kopirayterning maoshi matnga va undagi so`zlarning soniga bog`liq.
Doimo "qaynoq" yangiliklardan xabardor bo`lib turishni istaysizmi?
Unda bizdan uzoqlashmang