Rayyan.uz

Rayyan.uz

Share

- Boshlangich fonetika kurslari;
- Tezlashtirilgan + zamonaviy arab tili kurslari;
- 2 yil ichida ce

26/02/2023

Bolajonlar uchun Rus tili guruhlari

🔥 Rayyan o'quv markazida maktabga tayyorlov va rus tili "Почемучка" guruhlari uchun qabul boshlandi. Darslarda farzandingizning o'qish, yozish qobilyatlari to'liqligicha rivojlantiriladi.

Farzandingiz maktabga o'qish va yozishni o'rganib do'stlari orasida ajralib turishini xohlasangiz hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Darslar Seshanba va Payshanba kunlari soat 17:00 da bo'lib o'tadi

☎️ Murojaat uchun: +998998297725

14/02/2023

Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni

🚀 14-fevral Xalqaro kitob sovg'a qilish kuni munosabati bilan yaqinlaringizga kitob ulashishni unutmang. Albatta dunyodagi eng yaxshi sovg'a bu - kitobdir.

Biz sizga Arab tilini boshlang'icha darajada o'rganish uchun bir nechta kitoblarni tavsiya qilamiz:
- Mabdaul qiroat
- Bayna yadayk
- Madina (arabic reader book)

Yaqinlaringizga bayram munosabati bilan yuqoridagi kitoblardan birini sovg'a qilishni unutmang!

Photos from Rayyan.uz's post 09/02/2023

Ingliz tilini filmlar bilan o'rganing

🔥 Har tilda o'ziga yarasha gapirish uslubi, qisqartmalari va ohangi mavjud. Bu narsalarni esa siz aynan o'sha tildagi filmlarni tomosha qilib o'rganib olishingiz mumkin.

👆 Yuqorida sizga ingliz tilini o'rganishda yordam beradigan bir nechta filmlar ro'yxatini taqdim etdik.

Xo'sh siz til o'rganish uchun qaysi filmlarni tavsiya qilasiz?

03/02/2023

So'z turkumlari 3 ga bo'linadi

💡 Arab tilida so'z turkumlari o'zbek tili kabi 3 turga bo'linadi: ism, fe'l va harf. Keling endi bularga birma-bir to'xtalib chiqamiz.

Ism - insonlar, hayvonlar, o'simliklar va jismlarga ishora qilgan so'zlarga ism deyiladi.

🚶 Fe'l - 3 zamonnig biriga (o'tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon) ishora qilgan har qanday so'zlarga fe'l deyiladi.

Harf - biror ma'noni yolg'iz o'zi ifodala olmaydigan, faqatgina boshqa bir so'z bilan birga kelgandagina biror ma'noga ishora qiluvchi so'zlarga harf deyiladi.

26/01/2023

So'z yodlashda qiynalasizmi?

💡 Yangi til o'rganayotganda eng muhim omil bu albatta ko'proq so'zlarni yodlash hisoblanadi. Quyida so'z yodlash uchun eng zo'r usullarni yozib qoldiramiz:

1. Tasavvur qilish usuli
2. T.O.G usuli
3. Takrorlash usuli
4. So'zlarni muhokama qilish
5. Pomidor usuli
6. Mnemonika usuli
7. Stiker bilan yodlash

Xo'sh, siz so'z yodlashda qanday usullardan foydalanasiz?

📝 Kurslarga ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: +998998297725

23/01/2023

CEFR sanalari ma'lum

🚀 CEFR imtihonlari sanalari rasman DTM saytda eʼlon qilindi. E'longa ko'ra imtihonlar:

- 12-Fevral
- 9-Aprel
- 11- Iyun oyi kunlari bo'lib o'tadi.

➡️ Xujjat topshirish uchun yo'riqnoma telegram kanalimizda

CEFR imtihonlarida sizga omad tilaymiz!

16/01/2023

Arab tilida so'zlar 2 turga bo'linadi

💡 Rus tilida so'zlar "Мужской" va "Женский" род'larga bo'linishi yaxshi bilasiz albatta? Arab tilida ham so'z shu kabi 2 turga bo'linadi.

Mua'nnas so'zlar ayol jinsiga oid so'zlar hisoblanadi va Muzakkar so'zlar esa erkak jinsiga oid so'zlar hisoblanadi.

👨 Muzakkar so'zlariga misol كتاب-kitob, قلم-qalam
👩 Mua'nnas so'zlariga misol مدرسة-maktab, نافذة-deraza

Ayol kishini yoki ismini bildiruvchi so'zlar:
Qiz - بِنْتٌ ona - أُمٌّ

Tananing juft a'zosini bildiruvchi so'zlar:
quloq - أُذُنٌ qo’l - يَدٌ

Xalqlar, davlatlar, shaharlarning nomlari:
Livan - لُبْنَانٌ Liviya - لِيبيَا

Yaratilishiga ko'ra yakka bo'lgan narsalarning nomlari:
quyosh - شَمْسٌ olov - نَارٌ

27/12/2022

Qishki ta'til kunlarini e'lon qilamiz

📆 Markazimizda qishki ta'til kunlari 31-dekabrdan 2-yanvarga qadar davom etadi.

So'ngi o'qish kuni 30-dekabr kuni bo'ladi va darslar 3-yanvardan boshlab davom etadi.

23/12/2022

Dunyodagi eng chiroyli til qaysi?

🔥 Insonlar turlicha va albatta ularning fikrlari va dunyoqarashlari ham. Eng chiroyli til borasida ham insonlarda turlicha qarashlar mavjud.

Kimdirlar eng ko'p insonlar gaplashadigan Ingliz tilini eng chiroyli desa, yana bir guruh o'z jo'shqinligi bilan insonlarni jalb qiladigan Fransuz tilini eng chiroyli deydi.

💡 Bizning fikrimizcha eng chiroyli til Arab tili, xo'sh sizningcha qanday?

19/12/2022

Kechikganimiz uchun uzr

👆 Payg'ambarimiz s.a.v dedilar “Arab tilini uch sababga ko‘ra seving: Bu Qur’on tili, jannat tili va mening ona tilimdir”.

📆 18-dekabr "Xalqaro arab tili kuni" muborak bo'lsin!

16/12/2022

Rayyan jamoasiga qo'shiling!

👇 Rayyan o'quv markazi va bolalar bog'chasi uchun xodimlar kerak. Jamoamizga qo'shilish uchun quyidagilar talab qilinadi

Ingliz tili ustozlik talablari:

- 2/3 yillik tajriba
- Kreativ metodlar
- Xushmuomalalik
- Chiroyli qadriyatli
- IELTS sertifikatga ega

Administrator uchun talablar:

- 2-3 yillik tajribali
- Chiroyli qadriyatli
- Oliy yoki o'rta ma'lumot
- Microsoft ofis dasturlarida ishlay olish
- Xushmuomalalik

Ish vaqti (8:00 / 18:00 )
Oylik maosh: 3 000 000 +
Manzil: Qoraqamish dahasi
Umid ko’chasi 4/1
Murojaat uchun :97 462 66 06

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Website

Address


Tashkent