Salam School

Salam School 𝗦𝗮𝗹𝗮𝗺 𝗦𝗰𝗵𝗼𝗼𝗹 — 𝘆𝘂𝗸𝘀𝗮𝗸 𝗯𝗶𝗹𝗶𝗺 𝘃𝗮 𝘆𝗲𝘁𝘂𝗸 𝗮𝘅𝗹𝗼𝗾 𝗺𝗮𝘀𝗸𝗮𝗻𝗶.

Javobingizni izohda yozib qolding!
22/04/2024

Javobingizni izohda yozib qolding!

27/12/2023

🏃 Sogʻlom hayot tarzini sportsiz tasavvur qilish qiyin.

⚽️ Ayniqsa, millionlar oʻyini boʻlgan futbol mard oʻgʻlonlarimizning eng sevimli sport turlaridan biridir.

🏆 "Salam School"ning bir guruh ana shunday futbolsevar oʻquvchilari bilan "Bunyodkor" stadioniga uyushtirilgan sayohat ham unutilmas lahzalarga boy boʻldi.

🎞 Marhamat, videolavhani oxirigacha tomosha qiling va siz ham oʻquvchilarimiz zavqiga sherik boʻling!

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

20/12/2023

📚 Dilbandlarimizga sifatli taʼlim-tarbiya berish esa hayotdagi eng muhim vazifalardandir!

👨‍🏫 "Salam School" jamoasi bu borada sizga eng yaxshi koʻmakchi boʻla oladi!

❓Qanday qilib, deysizmi? Ushbu videolavhani oxirigacha tomosha qiling va "Salam School" xalqaro maktabida bir emas, 2 nafar farzandi tahsil olayotgan jonkuyar onaning maktabimiz haqidagi samimiy taassurotlari bilan tanishing.

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

20/12/2023

📚 Ayniqsa, oltinga teng yoshlik davrida til oʻrganish kelajakda, albatta, oʻz samarasini berishi shubhasiz.

📌 BMTʼning rasmiy muloqot tillari qatoriga kiruvchi arab tili ham oʻrganish qiyin boʻlishiga qaramay, dunyo boʻyicha eng koʻp soʻzlashuvchisiga ega boʻlgan tillardan biridir.

👨‍🎓 "Salam School" maktabida ham arab tilini zoʻr qiziqish bilan oʻrganayotgan oʻquvchilar 4 oy davomida egallagan bilimlari va erishgan natijalarini namoyish etdilar.

🏢 Maktabning Yangihayot filialida Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga taklif etilgan ota-onalar esa farzandlari quvonchlariga sherik boʻldilar.

✨ Bayram soʻngida faol qatnashgan oʻquvchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

18/12/2023

📌 Yodingizda boʻlsa, "Salam School" maktabi oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" intellektual musobaqasi oʻtkazilganligi haqida xabar bergan edik.

📚 Oʻz zukkoliklari sabab saralash oʻyinlarida gʻolib boʻlgan 5-"A", 8-"B" va 9-"B" sinf oʻquvchilaridan tuzilgan jamoalar musobaqaning final bosqichida oʻzaro bellashdilar.

🏆 Qizgʻin bahs-munozaralarga boy oʻtgan oʻyinda 9-"B" sinf jamoasi eng yuqori natija koʻrsatib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi!

🎯 "Salam School" ustozlari barcha oʻquvchilarga ilm olish yoʻlida hech qachon tolmaslikni, hamisha gʻoliblar qatorida boʻlishlarini tilab qoladi!

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

16/12/2023

✨ Baxtni har kim har xil tushunadi. Lekin bolajonlar dunyosida siz-u bizga oddiy koʻringan narsalar ular uchun baxt hissini bera oladi. Aslida, har lahzadan zavq olishni bolalardan oʻrganish kerak...

🌈Xoʻsh, "Salam School"ning zukko oʻquvchilari uchun baxt nima ekani siz uchun ham qiziqmi? U holda videoni oxirigacha tomosha qiling va barchasiga oʻzingiz guvoh boʻling!

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

15/12/2023

🥀 Mehribon, kuchli, gʻamxoʻr va jonkuyar...
Men uchun har narsaga tayyor...
Baʼzida esa chaqmoqday jiddiy yoki doimo band, goho eʼtiborsiz...

❗️Eʼtibor bering! Bular oddiy jumlalar emas, balki farzandlarimiz qalbidan chiqayotgan samimiy soʻzlardir.

✅ Aziz onajonlar, "Salam School" ustozlar jamoasi dilbandingizni oʻz farzandidek yaxshi koʻradi. Ular uchun har qanday yordamga tayyor.

👩‍👧‍👦 Lekin farzandingiz hayotidagi sizning oʻrningizni hech kim bosolmaydi! Buni hech qachon unutmasligingizni istardik...

⏫ Yuqoridagi videoni oxirigacha koʻrgach esa, eng toʻgʻri xulosaga kelishingizga ishonamiz!

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

14/12/2023

✨ Videoda koʻrib turganingiz maktabimizning Sergeli tumanidagi filialidan lavhalar! Ayni paytda bu oʻquv dargohida ham darslar qizgʻin davom etmoqda.

📚 Ilmga chanqoq oʻquvchilarimiz barcha sharoitlarga ega zamonaviy, shinam va issiq xonalarda mehribon ustozlaridan bilim olishyapti.

👨‍👩‍👧‍👦 Aziz ota-onalar, sizning farzandingiz ham mana shunday sharoitlarda har tomonlama sifatli taʼlim-tarbiya olishini istasangiz, "Salam School"ni tanlang!

😊 "Salam School" — Yuksak bilim va yetuk axloq maskani.

🌐 Ro'yxatdan o'tish: salamschool.uz

Bogʻlanish uchun:
📞 55 500 36 00

12/12/2023

🎞 Videolavhada koʻrib turganingiz maktabimizning 1-"F" sinfida tahsil olayotgan zukko oʻquvchilardir!

🎓 Ular koʻzidagi quvonch va ilmga ishtiyoqning sababi esa, bu bolajonlar "Alifbe"ni tugatib, Savodxonlik bayramini nishonlamoqdalar.

🏆 Bilimlar olamiga qadam qoʻygan bu jajji oʻquvchilarga kelgusi oʻqishlarida ham omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

✨ Kelgusida ular ham xalqimiz va Vatanimizga munosib xizmat qiluvchi komil insonlar boʻlib voyaga yetishiga ishonamiz!

"Salam School" – yuksak bilim va yetuk axloq maskani!

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!⚖️ Aziz yurtdoshlar, "Salam School" jamoasi barchangizni asosiy qomusimiz, huquqlarimiz ...
07/12/2023

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!

⚖️ Aziz yurtdoshlar, "Salam School" jamoasi barchangizni asosiy qomusimiz, huquqlarimiz kafolati va taraqqiyot poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

🗓 Shu munosabat bilan 8-dekabr "Salam School" maktabida ham dam olish kuni ekanini maʼlum qilamiz.

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!⚖️ Aziz yurtdoshlar, "Salam School" jamoasi barchangizni asosiy qomusimiz, huquqlarimiz ...
07/12/2023

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!

⚖️ Aziz yurtdoshlar, "Salam School" jamoasi barchangizni asosiy qomusimiz, huquqlarimiz kafolati va taraqqiyot poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

🗓 Shu munosabat bilan 8-dekabr "Salam School" maktabida ham dam olish kuni ekanini maʼlum qilamiz.

Address

Shayxontohur Tumani, Gulobod Ko’chasi 26
Tashkent

Opening Hours

Monday 08:30 - 18:00
Tuesday 08:30 - 18:00
Wednesday 08:30 - 18:00
Thursday 08:30 - 18:00
Friday 08:30 - 18:00
Saturday 08:30 - 18:00

Telephone

+998555003600

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Salam School posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Salam School:

Shortcuts

Share

Category