26/10/2023
Uy qurishni tomdan boshlashni tavsiya qilish!
Kishi boshiga yalpi ichki daromadi O’zbekistondan 10 marta yuqori bo’lgan Janubiy Koreyani rivojlanishiga olib kelgan ta’lim (pullik kurslar) O’zbekistonni ham rivojlanishiga olib keladi.
Ma’lumki, rivojlanish bosqichma-bosqich bo’ladigan jarayondir. Qurilishda avval asos, keyin devorlar va oxirida uyning tom qismi qilinadi. Xuddi shunday dunyo mamlakatlari rivojlanishida ham avval ta’limga, ishlab chiqarish va sanoatga e’tibor qaratishgan. Keyinchalik, aholi farovonligini yuqori darajaga yetkazish bo’yicha ishlar amalga oshirilgan.
Yevropada inson huquqlari to’la ta’minlangandan keyin, hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari faoliyati rivojlangan. Yaponiya ta’limda dunyoning ilgor mamlakati sifatida o’quvchilarni maktabdagi tozalov ishlariga jalb qiladi. Janubiy Koreyada aholining bandlik darajasi haddan tashqari yuqori bo’lgani uchun “hech narsa qilmaslik” aksiyalari o’tkaziladi. Amerikada sanoat yuqori darajaga yetganidan keyin ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari faoliyati rivojlandi.
O’zbekiston bu kabi rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirmaydi. Iqtisodiyot rivojlanmani uchun 5 mlndan ortiq inson aholining kambag’al qatlamiga kiradi. Daromad manbalari yetishmagani sabab 2 mlnga yaqin inson chetelda ishlashga majbur bo’ladi. Ishsizlar soni 1,5 mlnni tashkil etmoqda. (ochiq ishonchli manbalar asosida hisoblandi).
Bizning holatda mushuklar va kuchuklarni himoya qilish uchun keng qamrovli tadbirlar o’tkazish mantiqsizlik. Hali rivojlanib ulgurmagan maktab ta’limida o’quvchilarga sinf xonasini tozalatish yoki o’qituvchilarni boshqa ishlarga jalb qilish tizimni qoloqlashtiradi xolos. Ko’pchilik ish topishda qiyinchilikka duch kelayotgan yurtimizda “bekorchilik” tadbirini o’tkazish insonlarning ustidan kulish bo’ladi. Yoki hali biznesini yaxshi yo’lga qo’ymagan tadbirkordan ishchilari uchun mukammal sharoit yaratishni talab qilish iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Hozirgi k***a ijobiy islohotlar natijasida xalqimiz farzandlar ta’limiga e’tibor qaratishni, ularni pullik kurslarga berishni boshladi. Ammo, bu ko’rsatkich Janubiy Korea bilan solishtirganda hayratlanarli darajada kichik hisoblanadi. Bir maqolada aytilishicha(https://kun.uz/36035723), 2009-yilda J.Koreyada boshlang’ich sinflarning 87% o’quvchilari pullik kurslarga borishgan. Bu keyinchalik qandaydir mummolarga sabab bo'lgan emish.Mustaqil tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yurtimizda bu ko'rsatkich 5-6% dan oshmaydi. Bu ko’rsatkich shahar joylarda, 1-4-sinflardan prezident maktablariga tayyorlanayotgan 4-sinflar hisobiga yuqoriroq, qishloq joylarda va 2-3 sinflarda esa ancha pastroqni tashkil qiladi.
Har yuzta koreysdan 87 tasi pullik kurslarda o’qisa, o’zbeklardan 8 tasi ham pullik kurslarda o’qimayapti. Natijada bitta koreysning o’rtacha yillik daromadi $33ming bo’lsa, bitta o’zbek $3 mingdan kam daromad qilmoqda. Demak, biz farovonlikni oshirish uchun pullik kurslarda o’qitish ko’rsatkichini yanada oshirishimiz kerak. Bu o’z navbatida maktab ta’limi sifatini oshirishga xizmat qiladi. O’quv markazlariga boradigan o’quvchilarni o’qitish maktab o’qituvchilari uchun osonroq bo’lishi va ular butun sinfni oldinga tortishini ko’p esh*tamiz.
Agar kimdir Koreys jamiyatining o’ziga xosligi tufayli kelib chiqqan muammolarini aytib, pullik kurslar jamiyatga muammo keltiradi desa, bu kulgili. Agar farzandlarni o’qitish tufayli kambag’al qatlam vujudga keldi desa, bu undan ham kulgili.
Biz mustahkam qadriyatlarga ega jamiyatmiz. Ilm-fanda tez yutuqlarga erisha olamiz. Bizning ajdodlarimiz dunyoning ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo’shgan daholardan bo’lgan. Agar bizning ota-onalar koreyslar singari har yuztasidan 80 tasi farzandini pullik kurslarda o’qitganida edi, bugungi kabi biz ish qidirib boshqa yurtlarga borish o’rnida, boshqa xalqlar bizning o’lkalarga ish qidirib kelishgan bo’lar edi. Zero, farzandlarni o'qitishdagi moliyaviy va boshqa qiyinchiliklar vaqtinchadir. Ammo, o'qitmaslik natijasida keladigan muammolar abadiy bo'ladi.
👉👉 T.ME/PMTESTS
26/10/2023
25/10/2023
25/10/2023
08/03/2022
08/03/2022