24/09/2022
Bugungi k***a chiroyli, sof, tushunarli, ta’sirli va yoqimli so‘zlash san’ati nafaqat radio yoki televideniye xodimlariga, balki o‘z sohamda muvaffaqiyatga erishaman, degan istalgan kasb-hunar egalari uchun zaruratga aylandi. Nima uchun? Chunki, barcha sohalar taraqqiy etib, raqobat kuchayib boryapti. Sizning taklif qilayotgan xizmat yoki mahsulotingiz har qancha sifatli va kerakli bo‘lmasin, agar siz u haqda atroflicha ma’lumot bera olmasangiz, ulovni boshqalar ilib ketadi. Reklama olamida bir ibora bor, «yaxshi reklama bilan istalgan mahsulotni sotish mumkin, hatto eng sifatsizini ham, ammo faqat bir marta». Demakki, bundan so‘z, nutq qudratli kuch ekanligini anglash qiyin emas. Nafaqat biznes, balki fan - ta’lim, tibbiyot, bunyodkorlik, savdo va hokazo barcha jabhalarda notiqlik shart va zarur jihatlardan biriga aylanib ulgurdi. Ishchi-xodimlarni boshqara bilish, ilmiy-ijodiy ishlarni taqdim eta olish, rahbar yoki hamkasblar bilan munosabat o‘rnatish, hatto oila a’zolari bilan muomala va yana ko‘plab ijtimoiy voqea-hodisalar ko‘ngildagidek bo‘lishida notiqlikning o‘rni beqiyos. Suhbatdoshning qalbiga yetib boradigan so‘zlarni topish, tushunarli gapirish, kerakli tashbehlardan o‘rinli foydalanish, jumlalarni to‘g‘ri tuzish, hatto nafasni keraklicha olish...bu ro‘yhatni uzoq davom ettirish mumkin. Bular nima? Bular sizning nutqingizni ravon qilishga xizmat qiladigan foydali ko‘nikmalardir. Bir qarashda oddiy, sodda bo‘lib ko‘rinsada, ularga katta mehnat va maxsus mashqlar yordamida erishiladi. Uzoq yillar sizni qiynagan masalaga o‘z ishining mohir ustasi, malakali suxandon, insonlar nutqini to‘g‘irlash va rivojlantirish bo‘yicha maxsus metodika muallifi, 20 yildan ortiq tajribaga ega mahoratli jurnalist, Audionoma asoschisi Najot Nur yechim t**a oladi.
Najot Nur! Bu ism so‘nggi yillarda qulog‘ingizga tez tez chalingan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Chunki uning ovozi radio, televideniye, internet tarmoqlari orqali nafaqat mamlakatimiz, balki uning sarhadlaridan tashqaridagi xonadonlarga ham kirib bordi. Bu soxir ovozni boshqa ovozlar bilan adashtirib yuborish mushkul. Tiniq, jarangdor, salmoqli, ta’sirchan, shirali. Siz ham u kabi bo‘la olasiz. Ochilmagan qirralaringizni muallifning ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan markazidagi onlayn yoki offlayn o‘qitish tizimi yordamida kashf qiling. Iroda, istak, mehnat, mashqlar orqali bor yo‘g‘i 21 k***a siz ham a’lo natijalarga erisha olasiz. Sinovdan o‘tgan, isbotlangan haqiqat bu. Chunki bugungi kungacha 1500 dan ortiq tinglovchilar Najot Nur bergan saboqlar orqali hayotlarida yangi sahifani ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Siz ham umringizni yangi sifat bosqichiga olib chiqishni reja qilgan bo‘lsangiz, avvalo albatta Najot Nur darslarini o‘zlashtiring. Chiroyli so‘zlashuv go‘zal hayotning boshlanishidir!