Jinoiy odil sudlov

Jinoiy odil sudlov TDYU "Jinoiy odil sudlov" fakulteti rasmiy sahifasi

Dekan: Dildora Kamalova
Dekan o'rinbosari: Davron Mamasobirov
Dekan o'rinbosari: Muzaffar Nodirov

13/09/2026
11/09/2026
📚  Payshanba — YOSHLAR kuni doirasida   1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil et...
10/09/2026

📚 Payshanba — YOSHLAR kuni doirasida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Payshanba — Yoshlar kuni" loyihasi doirasida Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabalari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

💡 Intellektual bellashuv davomida talabalar o‘zlarining bilim va dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

🤝 Qizg‘in va do‘stona muhitda o‘tgan bahslar talabalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, yangi do‘stlik rishtalarini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

🧠 BILIM, ZUKKOLIK VA JAMOAVIYLIK — BIR MAYDONDA!

TDYUda dekan o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqdaToshkent davlat yuridik ...
09/09/2026

TDYUda dekan o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘shab qolgan Jinoiy odil sudlov fakulteti Tadqiqot markazi rahbari hamda Ommaviy huquq fakulteti Akademik departamenti boshlig‘i lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Jarayonda nomzodlarning tegishli lavozimlarga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganish uchun qabul qilinadi.

Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni Nizomda belgilangan talablar asosida tekshiradi hamda nomzodlarning saylovda ishtirok etish uchun zarur shartlarga muvofiqligini aniqlaydi.
Hujjatlarni qabul qilish 15-sentabrga qadar davom etadi.

🎓 AZIZ YURTDOSHLAR!⚖️ Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi nomidan barchangizni O‘z...
01/09/2026

🎓 AZIZ YURTDOSHLAR!

⚖️ Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

✨ Mustaqillik — bu erkinlik, g‘urur va buyuk kelajak sari ishonchdir. Bugun yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi, ilmiy izlanishlari, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar — istiqlolimizning bebaho ne’matlaridandir.

🧑‍🎓 Aziz talabalar! Sizlar — Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, uning huquqiy va demokratik taraqqiyotining munosib davomchilarisiz. Bilim olish yo‘lidagi har bir qadamingiz, erishayotgan har bir yutug‘ingiz Vatanimiz kelajagiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz!

🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🎉 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent davlat yuridik universitetining 2026/2027-o‘qu...
28/08/2026

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent davlat yuridik universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun Universitet granti va Universitet stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi.

✨ Jinoiy odil sudlov fakultetining faxri bo‘lgan talabalarimiz:

🏆 Rahmonaliyeva Mohizoda Jahongirovna
1-bosqich talabasi — Universitet granti g‘olibi

🏆 Muhammadiyeva Ruhshona Muzaffar qizi
2-bosqich talabasi — Universitet stipendiyasi g‘olibi

✅ Ilmga bo‘lgan intilish, a’lo natijalar, ijodiy va jamoat ishlaridagi faollik — ushbu yuksak e’tirof sari bosilgan dadil qadamlar bo‘ldi.

💐 Ushbu munosib yutuqlar bilan Rahmonaliyeva Mohizoda Jahongirovna, uning tyutori Toyirov Nuriddin Doniyorbek o‘g‘li, shuningdek, Muhammadiyeva Ruhshona Muzaffar qizi hamda uning tyutorlari Otamurodov Shoxzodjon Komil o‘g‘li va Hojiyev Afzalshoh Mardonovichlarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

✨ Ilm yo‘lingiz yorug‘, zafarlaringiz bardavom bo‘lsin!

🇺🇿 “MUSTAQILLIK — MENING NAZARIMDA” FOTO VA VIDEOROLIKLAR TANLOVI📸“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kela...
16/08/2026

🇺🇿 “MUSTAQILLIK — MENING NAZARIMDA” FOTO VA VIDEOROLIKLAR TANLOVI

📸“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 3️⃣5️⃣ yilligiga bag‘ishlab Jinoiy odil sudlov fakulteti 2️⃣-bosqich talabalari o‘rtasida foto va videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

✨ Tanlovning asosiy maqsadi — mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanga daxldorlik va yurtimizning bugungi taraqqiyotini yoshlar nigohi orqali aks ettirish.

📸 FOTO YO‘NALISHI
— “Mustaqillik — mening nigohimda”
— “Yurtimning buguni”
— “Yangi O‘zbekiston — yangi avlod”
— “Vatan taraqqiyoti yoshlar nigohida”
🎥 VIDEOROLIK YO‘NALISHI
— “35 yil — 35 lahza”
— “Mustaqil O‘zbekiston — g‘ururim, iftixorim”
— “Yangi hayot va yangi kelajak”
— “Vatan uchun, xalq uchun, kelajak uchun”
📌 Tanlov shartlari:
✅ Ishtirokchilar o'z foto va video-roliklarini 🌐INSTAGRAM🌐 sahifasiga joylashtirishi;
✅ Mazkur postga Jinoiy Odil Sudlov Fakulteti akkauntini belgilashi;
✅ , hamda heshteglarini yozishlari lozim;
✅ Ijodiy ishlar faqatgina inson intellektual salohiyati va texnologik bilimlari orqali yaratilgan bo'lishi talab etiladi.
👎Sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan materiallar qabul qilinmaydi.

🗓 Ishlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 14-avgustdan 20-avgustga qadar davom etadi.

📝 Taqdim etilgan ijodiy ishlar Maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va baholanadi.
🏆 ENG YAXSHI IJODIY ISHLAR saralab olinib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
👨‍💻 Ijodiy ishlarning natijalari 1-sentabr — Mustaqillik kuni arafasida e'lon qilinadi.

🇺🇿 Bir Vatan. Bir xalq. Bir maqsad. Bir kelajak!

🏆 Sportning "Voleybol" turi bo‘yicha "Dekan kubogi" g‘oliblari aniqlandi!⚡️Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari o‘rta...
16/04/2024

🏆 Sportning "Voleybol" turi bo‘yicha "Dekan kubogi" g‘oliblari aniqlandi!

⚡️Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari o‘rtasida 2024-yilning 15-aprel kuni sportning "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

Yigitlar o‘rtasida:
🥇 Chempion jamoasi;
🥈 Qirollar jamoasi.

Qizlar o‘rtasida:
🥇 Besties jamoasi;
🥈 Legenda jamoasi;

🎁 G‘oliblar darajali diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆 “Dekan kubogi” g‘oliblari aniqlandi!⚡️Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari o‘rtasida sportning Mini futbol turi bo‘...
07/04/2024

🏆 “Dekan kubogi” g‘oliblari aniqlandi!

⚡️Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari o‘rtasida sportning Mini futbol turi bo‘yicha ikki kun davom etgan musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 3-kurs jamoasi talabalari (ЦСКА);
🥈 2-kurs jamoasi talabalari(Legendary);
🥉 1-kurs jamoasi talabalari (Bavaria).

🎁 G‘oliblar darajali diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Address

Sayilgoh 35
Tashkent
100047

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 08:30 - 17:00
Wednesday 08:30 - 17:00
Thursday 08:30 - 17:00
Friday 08:30 - 17:00

Telephone

+998712336636

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jinoiy odil sudlov posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category