Japan Digital University - Tashkent

Japan Digital University - Tashkent Japan Digital University - O’zbekistondagi ilk Yaponiya IT universiteti

🇯🇵 Yaponiyaning Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Japan Digital University’ga tashrif buyurdi🏢 B...
24/09/2026

🇯🇵 Yaponiyaning Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Japan Digital University’ga tashrif buyurdi

🏢 Bugun universitetimiz yana bir nufuzli xalqaro delegatsiyani kutib oldi. Japan Digital University’ga Yaponiyaning Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi (MIC) dan maxsus vakillar tashrif buyurishdi.

👥 Tashrif buyurgan martabali mehmonlar tarkibida vazirlikning umumiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Hideo Fuseda, boshqaruvchi yordamchisi Inaba Yuki hamda vazirlik vakili Yuriko Uehara xonimlar ishtirok etdilar.

🤝 Tashrif davomida mehmonlar JDU’dagi zamonaviy IT-ta’lim tizimi, talabalar uchun yaratilgan raqamli sharoitlar va o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, axborot texnologiyalari yo’nalishida yetuk kadrlarni tayyorlashda o’zaro tajriba almashish va talabalarimiz uchun Yaponiyada yangi imkoniyatlar yaratish kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

📈 Hideo Fuseda janoblari universitetning raqamli ta’lim sohasidagi yutuqlarini yuqori baholab, kelgusida bu kabi aloqalar O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi axborot texnologiyalari ko’prigini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi.

✨ Japan Digital University — kelajagingizni biz bilan quring!

⏳ Vaqt deyarli tugadi, ammo sizda so‘nggi imkoniyat bor!U yoqqa bordingiz, bu yoqqa bordingiz, ko‘plab variantlarni ko’r...
21/09/2026

⏳ Vaqt deyarli tugadi, ammo sizda so‘nggi imkoniyat bor!

U yoqqa bordingiz, bu yoqqa bordingiz, ko‘plab variantlarni ko’rib chiqdingiz... ammo hamon o‘zingizga to’laqonli mos keladigan ta’lim muassasasini t**a olmadingizmi?

🎯 Balki, endi ikkilanishlarni bir chetga surib, kelajak uchun jiddiy qaror qabul qilish vaqti kelgandir.

Japan Digital University’ga o’qishga kirish va Yaponiyada nufuzli karyera qurishni boshlash uchun sizda yana bittagina (va hal qiluvchi) imkoniyat mavjud.

⚡️ Fursatni boy bermang, ro’yxatdan o’tish uchun hoziroq pastdagi havolaga kiring:

Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026

➡️ HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN: www.jdu.uz

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🏓 JDUda stol tennisi bo‘yicha REKTOR KUBOGI!Sizda chaqqonlik, aniqlik va g’alaba ishtiyoqi bormi? Unda ushbu musobaqa ay...
14/09/2026

🏓 JDUda stol tennisi bo‘yicha REKTOR KUBOGI!

Sizda chaqqonlik, aniqlik va g’alaba ishtiyoqi bormi? Unda ushbu musobaqa aynan siz uchun!

🌏 Japan Digital University o’zining barcha talabalari va xodimlarini stol tennisi bo‘yicha o’tkaziladigan “Rektor kubogi”ga taklif etadi.

Musobaqada JDUning barcha talabalari va xodimlari ixtiyoriy ravishda o’z kuchlarini sinab ko’rishlari mumkin.

🏆 Kuchli uchlikni qayd etgan ishtirokchilarga universitetimizning maxsus esdalik sovg‘alari va sertifikatlari topshiriladi.

Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan 3 nafar talaba stol tennisi bo‘yicha keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi!

👉 Qatnashish istagida bo’lganlardan 104-xonaga kelib ro’yxatdan o’tishlari so’raladi.

📅 Sana: 19-sentabr, 2026-yil;
⏰ Boshlanish vaqti: 11:00;
📍 Joy: Japan Digital University sport zali.

🔴 Onlayn seminarga marhamat !🇯🇵 Japan Digital University Yaponiya kompaniyalarida IT sohasida o’z faoliyatini boshlamoqc...
08/09/2026

🔴 Onlayn seminarga marhamat !

🇯🇵 Japan Digital University Yaponiya kompaniyalarida IT sohasida o’z faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan abituriyentlarni navbatdagi onlayn seminarga chorlaydi.

💻 Seminar davomida siz universitet haqida ma’lumot olishingiz va o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin ! Suhbat telegram kanalimizda jonli suhbat tarzida bo’lib o’tadi.

✅ Seminarda ishtirok etadi:
👤 Sanjar Parpiyev – Qabul bo’limi rahbari;
👤 Komiljon Sheraliyev - Yapon tili bo’limi rahbari.

Onlayn seminar vaqti: 10/09/2026 payshanba
Soat: 16:00

🌏 O‘z kelajagingizni JDU bilan birga quring!

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🔥 Bugun Japan Digital University’ga qabul qilingan 1-kurslar uchun o’tkazilgan “Qabul marosimi”dan lavhalar...Tez orada ...
05/09/2026

🔥 Bugun Japan Digital University’ga qabul qilingan 1-kurslar uchun o’tkazilgan “Qabul marosimi”dan lavhalar...

Tez orada tadbirdan olingan eng sara lavhalarni ham ulashamiz.

Faqat, faol bo’lsangizlar 😉

👋 Endi siz ham talabasiz! Bilamiz, o’qish tezroq boshlanishini va talabalik hayotiga qadam qo’yishni intiqlik bilan kuty...
04/09/2026

👋 Endi siz ham talabasiz!

Bilamiz, o’qish tezroq boshlanishini va talabalik hayotiga qadam qo’yishni intiqlik bilan kutyapsiz. Biz ham sizlar bilan tezroq yuz ko’rishishga shoshilyapmiz!

🎓 Shu sababli, 5-sentabr kuni Japan Digital University’ning 1-kursiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari uchun maxsus “Qabul marosimi” tashkil qilyapmiz.

“Marosimda Japan Digital University rahbariyati, Yaponiyaning yurtimizdagi elchixonasi, JETRO kompaniyasi va Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Ular oliygohdagi ta’lim jarayonlari qanday yo‘lga qo‘yilgani, o‘qitishdagi innovatsion yondashuvlar hamda kelgusida sizni kutayotgan yorqin imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtiradilar.”

📭 Hali hujjat topshirishga ulgurmagan bo’lsangiz, sizda hali ham imkon bor!

Hali ham talaba bo’lmagan bo’lsangiz hujjat topshirishga shoshiling!

Imtihon topshirish shartlari haqida batafsil bilish uchun: https://www.jdu.uz/dtm2026

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
01/09/2026

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

🔔 Diqqat, abituriyentlar va ota-onalar!Dam olish kunlarida ham savollaringizga javob berishga tayyormiz!Japan Digitql Un...
31/08/2026

🔔 Diqqat, abituriyentlar va ota-onalar!

Dam olish kunlarida ham savollaringizga javob berishga tayyormiz!

Japan Digitql University qabul jarayonlari hali ham qizg’in pallada ekanligini inobatga olib, qabul boʻlimimiz bayram kunlari ham o’z ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Mutaxassislarimiz barcha savollaringizga batafsil javob berishga va oʻqishga kirish jarayonlarini rasmiylashtirishdan xursand bo’lishadi.

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

🕯 31-avgust — Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuniBugun yurtimiz tarixidagi eng yodda qolarli, ayni paytda eng qaygʻuli ...
31/08/2026

🕯 31-avgust — Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

Bugun yurtimiz tarixidagi eng yodda qolarli, ayni paytda eng qaygʻuli sanalardan biri. Biz millatimizning asl farzandlari, yurt taraqqiyoti, ilm-ma’rifati va ozodligi yo’lida aziz jonini fido qilgan jadid bobolarimiz hamda barcha qatagʻon qurbonlarini yodga olamiz.

Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Usmon Nosir, Mahmudxo’ja Behbudiy kabi minglab ziyolilarimiz, el-yurt g’amini yegan insonlar shafqatsiz tuzumning qurboniga aylanishdi. Ularning eng katta “aybi” — millatni jaholat botqogʻidan qutqarish, xalqqa ilm ulashish va mustaqil davlat barpo etish orzusi edi.

Mustaqillik bayrami arafasida yurt ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan barcha vatandoshlarimizning ruhlari shod, oxiratlari obod bo’lishini Yaratgandan so’rab qolamiz. Bugungi dorilomon, tinch va osuda kunlarimizning qadriga yetaylik!

🇺🇿 Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

🎓 “O‘ychi o‘ylanguncha, aqlli abituriyent universitet tanlabdi!”Vaqt shiddat bilan o‘tib bormoqda. Ko‘pchilik allaqachon...
24/08/2026

🎓 “O‘ychi o‘ylanguncha, aqlli abituriyent universitet tanlabdi!”

Vaqt shiddat bilan o‘tib bormoqda. Ko‘pchilik allaqachon talaba degan nomga ega bo’lib, 5-sentabr kungi tantanali “Qabul marosimi”ga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Siz esa hali ham qaysi universitetni tanlashni bilmay ikkilanib o’tiribsizmi?

Agar siz kelajagingizni yuqori daromadli IT sohasi, xalqaro bozor va Yaponiya bilan bog’lamoqchi bo’lsangiz, Japan Digital University o‘zining so‘nggi qabul imkoniyatini e’lon qiladi!

⏳ Bu rostdan ham so‘nggi imkoniyat!
Asosiy imtihonlar ortda qoldi, qabul yopilishiga sanoqli kunlar va eng muhimi — barmoq bilan sanarli joylar qoldi.

Nega aynan JDU’ni tanlashadi?
🔹 Yapon tilini noldan mukammal darajagacha o’rganish.
🔹 Yaponiyaning ilg’or ta’lim tizimi asosida zamonaviy IT mutaxassis bo’lib yetishish.
🔹 O’qishni tamomlagach, Yaponiyaning yirik nufuzli kompaniyalarida to’g’ridan-to’g’ri ish boshlash imkoniyati.
🔹 Zamonaviy kampus va talabalarning unutilmas, qaynoq hayoti.

⚡️ O‘ylashga vaqt qolmadi! 5-sentabr kuni JDU hovlisida birinchi kurs talabasi sifatida turishni xohlasangiz, qabul yopilmasidan oldin harakatni boshlang!

👇 So’nggi o’rinlardan birini band qilish uchun hoziroq ro’yxatdan o’ting

Batafsil ma’lumot:
Telefon: 71-200-05-95
Telegram:

Address

Alixon To'ra Sag'uniy Ko'chasi, 44-uy
Tashkend

Telephone

+998712000595

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Japan Digital University - Tashkent posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Japan Digital University - Tashkent:

Shortcuts

Share